Muammo
|
Statistika
|
Xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari
|
«S» va «X» ko‘chalarida giyohvandlik vositalari sotiladi
|
Politsiya ma’lumoti: yanvar oyida giyohvandlik vositalari bilan savdo qiluvchi 14 kishi ushlangan, ulardan 0,4 kg qoradori olib qo‘yilgan
|
Turistlar bu yo‘nalishda harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, yakka tartibda bu erga borishni tavsiya etmaslik
|
«V» mehmonxonasida buyum o‘g‘irligi sodir bo‘lib turadi
|
o‘tgan yili 7 nafar chet ellik politsiya mehmonxonada chamadoni va puli o‘g‘irlangani haqida murojaat etgan
|
Boshqa mehmonxonani tanlash yoki buyumlarning qo‘riqlanishini ta’minlash
|
«CH» parkidagi attraksionlarda baxtsiz hodisalar sodir bo‘lgan
|
Avariya natijasida uch kishi vafot etgan, olti kishi tan jarohati olgan
|
Attraksionlar texnik ko‘rikdan o‘tkazilgani va xavfsizlik sertifikatiga ega ekanligiga ishonch hosil qilish
|
Sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan zaharlanish
|
o‘tgan turda bozordan va ko‘chadan oziq-ovqat mahsulotlari sotib olgan 5 turist zaharlangan
|
Oziq-ovqat mahsulotlarini firma do‘konlaridan yoki sifat sertifikati bor joylardan sotib olish
|
Turistlar kechqurun shahar tashqarisidan shaharga kela olmaydilar
|
SHahardan tashqariga qatnaydigan avtobuslar qatnovi vaqti 7.00 dan 19.00 gacha
|
SHahardan tashqariga faqat mana shu vaqt oralig‘ida chiqilishi yoki taksi, alohida transport buyurtma qilish kerak
|
Noyabr-fevral oralig‘ida gripp epidemiyasi
|
Bu davrda sayohat qilgan 4 turist gripp bilan kasallangan
|
Emlanish majburiyatini yuklash, o‘zi bilan dori-darmonlar olish
|
«E», «G», «F» ko‘chalarida jinoyatlar (mushtlashuvlar, o‘q otishishlar) bo‘lgan
|
«G» ko‘chasida sayr qilib yurgan turist do‘pposlangan
|
Bu ko‘chalardan yurmaslik, turistlarni xavf haqida ogohlantirish
|
Turfirmalar jinoyatchilik dunyoning barcha mamlakatlarida mavjudligini, safar paytida jinoiy unsurlar bilan to‘qnash kelishga hamisha tayyor turish lozimligini turistlarga tushuntirishi kerak. har bir shaharning o‘z xavf-xatar zonasi bo‘ladi: Parijda – metro hamda Luvrda Mona Liza qarshisidagi olomon, Londonda – metro va Trafalgar maydoni, Barselonada – Kafedral sobor yaqinidagi maydonda joylashgan savdo rastalari, Dehlida – «Red Fort» va h.k. Bu munosabat bilan quyidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilish lozim: