Vakolatli organlar tomonidan turistlarning nazorati va jamoat xavfsizligi


Download 19.55 Kb.
bet3/3
Sana16.04.2023
Hajmi19.55 Kb.
#1358781
1   2   3
Bog'liq
1 мавзу

Birinchidan, turfirma mehmonxonalarda mijozlarning mol-mulki qanday asralishini oldindan tekshirib ko‘rishi kerak. Turist pul, qimmatbaho buyumlar, videokamera, hujjatlarini mehmonxonada qoldirmasligi lozim. qimmatbaho buyumlarni maxsus seyflarda saqlagan ma’qul. Ayrim ekspertlarning fikricha, eng kam o‘g‘rilik kichkina mehmonxonalarda sodir bo‘ladi.
Seyflar va kalitlarga alohida to‘xtalamiz. Ma’lumotlarga qaraganda, Singapurda turistlar bilan ba’zan shunday bir «tomosha» o‘ynaladi: turist oxirgi kuni yoniga seyf kalitini qo‘yib porte bilan hisob-kitob qiladi. Lekin kalitni topshirishga ulgurmay u g‘oyib bo‘ladi. hech qanday janjal-to‘polon yordam bermaydi, chunki chet ellik samolyotga shoshayotganini mehmonxonadagilar yaxshi bilishadi va turistdan yo‘qolgan kalit uchun sakson-yuz dollar talab qilishadi. SHu bois turoperatorlar turistlarga kalitni portening qo‘liga shaxsan topshirishni tavsiya etadilar.
Ikkinchidan, har bir mamlakatda ko‘cha jinoyatchiligining muayyan turi ko‘proq uchraydi. Masalan, Polshada kissavurlardan ehtiyot bo‘lish kerak. Ekspertlar bu erda katta pul bilan ko‘chaga chiqmaslikni maslahat beradilar. Praga bo‘ylab yo‘lko‘rsatgichlarda xavfsizlik maqsadida ko‘chada rus tilida baland gaplashmaslik tavsiya etiladi, chunki MDhdan kelgan turistni istalgan joyda (hatto besh yulduzli mehmonxona oldida ham) va kunning istalgan vaqtida talab ketishlari mumkin. Ispaniyada qo‘ldan sumkani yulib qochishlari mumkin. SHu bois turist sumkada muhim narsalarni va katta pulni saqlamagani ma’qul.
Birlashgan Arab Amirliklarida turistning haqidan urib qolishlari yoki sifatsiz mol sotishlari mumkin, lekin hech kim uning cho‘ntagiga tushmaydi, chunki mahalliy qonunlarga ko‘ra o‘g‘ri qattiq jazoga, hatto o‘lim jazosiga tortilishi mumkin. Kiprda ham kissavurlik kam tarqalgan. Avstriyada kissavurlar faqat Venadagi temir yo‘l vokzalida uchraydi. SHveysariyada kissavurlar asosan yirik xalqaro ko‘rgazmalar o‘tkazilayotgan kunlarda ko‘rgazma markazlarida ishlaydi. Ispaniya, Italiya, Taylan va Filippinda kissavurlar ayniqsa ko‘p uchraydi. Ispaniya va Italiyada, bundan tashqari, mashina o‘g‘rilari ham ko‘p uchraydi. Ekspertlarning ma’lumotlariga qaraganda, turistik mavsum davomida Londonda kissavurlar turistlardan 6 million funtga yaqin, Parijda – 40 million frankka yaqin pulni o‘g‘irlaydilar.
Turistlarga kissavurlik xavf solmaydigan mamlakatlar barmoq bilan sanarli, ular orasida Finlyandiyani alohida qayd etish mumkin.
Uchinchidan, valyutani qaerda va qanday ayirboshlash lozimligini oldindan nazarda tutish lozim, chunki bu sohada jinoiy unsurlar ham faoliyat ko‘rsatadi. Ularning to‘riga tushib qolmaslik uchun tegishli mamlakatdagi banklar va valyuta ayirboshlash shoxobchalarining ish tartibini bilish lozim. Turistlarni valyuta ayirboshlash paytida chuv tushiradigan eng tajribali firibgarlar Polshada, SHarqiy Evropa mamlakatlarida va Italiyada ko‘p uchraydi.

Download 19.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling