3-to’plam 29 may 2022
Download 357.62 Kb. Pdf ko'rish
|
35-19-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHOKAMA VA NATIJALAR
www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 Sahifa: 49 muhim vazifani qo’ydi. Bu esa hozirgi vaqtda maktabgacha ta’lim tizimida davr talabiga javob beradigan mutaxassislarni nazariy bilimlar bilan bir qatorda jahon andozalariga mos holatda tayyorlash, ularning malakasini oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. SHu bilan birga maktabgacha ta’limni isloh qilishning asosiy shartlaridan biri - buyuk ma’naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o’zida mo’jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar avlodini yetishtirishni talab etadi. Hozirgi davrning bu talabi – matabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarini axloqan va ma’nan yetuk, komil insonlar qilib tarbiyalash vazifalarini bajarishni talab etadi. MTT rahbarlari va pedagog kadrlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri – erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasidir. Boshqacha aytganda, o’z xaq-huquqlarini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlarini anglagan, atrofda sodir bo’layotgan voqea va hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashgan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un xolda quradigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash lozim. Shu jihatdan olganda, barkamol insonni tarbiyalash avvalo, pedagoglardan ulkan mahorat va mas’uliyatni talab qiladi. Ustozlik mahorati va tarbiyachilik san’atining tayyor andozasi yoki qolipi mavjud emas. Ushbu san’atni egallash uchun insondan katta kuch, ijodkorlik va ko’p yillik tajriba talab etiladi. O’zbekistonda maktabgacha ta’limni isloh qilishning asosiy omillaridan biri komil inson tarbiyasida “shaxs manfaatlari va ta’lim ustuvorligi” masalalari borasida bir qator olimlar izlanish olib bormoqdalar. Bular R.H. Djuraev, J.G’. Yo’ldoshev, S.Turg’unov, R.Safarova, M. Yuldashev, SH.A. Abdullaeva, Y. M. Asadovlardir. MUHOKAMA VA NATIJALAR O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bo’yicha keng miqyosdagi ishlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda mamlakatimiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilmiy va pedagogik tarkib tubdan o’zgardi, zamonaviy o’quv-dasturiy asosga, moddiy-texnik bazaga ega bo’lgan ta’lim maskanlari sifatida samarali faoliyat ko’rsatmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling