3-Topshiriq 5-Mavzu: «O`zbekiston madaniyati tarixi»ga oid o`rta asrlar davri madaniyati.


Download 24.72 Kb.
Sana01.06.2020
Hajmi24.72 Kb.
#112661
Bog'liq
3-topwiriq madaniyat


3-Topshiriq

5-Mavzu: «O`zbekiston madaniyati tarixi»ga oid o`rta asrlar davri madaniyati. (Milodiy V – IX asrgacha)

Reja:

1. «O`zbekiston xalqlari madaniyati tarixi»ga oid o`rta asrlar davri madaniyati.

2.«O`rta asrlar o`zbek davlatchiligi: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot»

3.Qadimgi xalqlar madaniy darajasining rivojlanishida qadimgi yozuvlarning ahamiyati.



«O‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixi»ga oid o‘rta asrlar davri madaniyati” mavzusini о‘tishda dastlab о‘lkamiz hududida shaharsozlik madaniyatining shakllanishi xususida sо‘z yuritiladi.

Bronza davrida aholining o‘troq dehqonchilikka о‘tishi va keng vohalar bо‘ylab yoyilishi, hunarmandchilik ishlab chiqarishining rivojlanishi bilan bog‘liq, iqtisodiy va madaniy aloqalar, savdo-sotiqning taraqqiy etishi hamda tabiiy-geografik va harbiy-strategik shart-sharoitlar natijasi о‘laroq, mustahkam manzilgohlar о‘rni va atroflarida (masalan, Sopollitepa, Afrosiyob, Jarqо‘ton, Nomozgoh, Qiziltepa, Yerqo‘rg‘on, Uzunqir) dastlabki shahar madaniyati shakllanib rivojlanganligi haqida xulosa chiqariladi.

Ilk shaharlar paydo bo‘lishi esa dastlabki davlatchilik shakllanishida eng muhim va asosiy omil bo‘lib, bu ikkala jarayon uzviy holda kelganligiga talabalar diqqati qaratiladi.

O‘zbekiston xududidagi dastlabki davlat uyushmalari haqidagi yozma manbalar zardushtiylikning muqaddas diniy kitobi «Avesto», ahamoniylar davri mixxat yozuvlari, yunon-rim tarixchilarining asarlari hisoblanadi.

«Avesto»da Markaziy Osiyo, Ozarboyjon va Eron hududlarida yashagan xalqlarning qadimgi davrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam haqidagi tasavvurlari, urf-odatlari, manaviy madaniyati о‘z aksini topgan. Dastlab «Avesto» 21 ta kitobdan iborat bolgan.Bizgacha «Avesto»ning Yasna («Qurbonlik keltirish»), Visprat («Xamma hukmronlar»), Yasht («Qadrlash»), Videvat («Devlarga qarshi qonun») qismlari saqlanib qolgan.

«Avesto» O‘rta Osiyoda miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda harbiy-demokratik tuzilishga ega bolgan davlatlar, xususan, Xorazm, Sо‘g‘diyona, Baqtriya davlatlari haqida ma’lumot beradi.

Umuman, «Avesto» qadim о‘lkamizda buyuk davlat, buyuk ma’naviyat va madaniyat bо‘lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy manba ekanligi, uning 2700 yilligi 2001 yili mamlakagimizda keng nishonlantanligiga ypg‘y berib о‘tish lozim.

O‘rta Osiyoning katta qismi (Farg‘ona vodiysi va Toshkent vohasidan tashqari) miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Eron ahamoniylari tasarrufida bolgan Ahamoniylar davlati sarhadlari Misrdan to Shimoli-G‘arbiy Hindistongacha cho‘zilib, turli xalqlar va elatlarni bosib olib birlashtirish yо‘li bilan tashkil topgan edi. Markaziy Osiyo xalqlari ahamoniylarning madaniy yodgorliklarini bunyod etishda muhim xissa qо‘shganlar.Bu davr san’ati ayrim xususiyatlarining ma’lum qismini mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan mashhur Amudaryo xazinasidagi buyumlar ochib beradi. Shu davrdagi Naqshi Rustam, Behistun tasvir yozuvlarinish paydobolishiham Eron va Markaziy Osiyo xalqlari san’ati bilan bog‘lik namunalarning vujudga kelishiga sababchi bо‘lgan. Mazkur davrda о‘lkamiz aholisi ilk marta zarb qilingan tanga pullar bilan tanishdilar va muomala qildilar. Miloddan avvalgi 329 yilda makedoniyalik Iskandar boshchiligida Yunon-Makedon qо‘shinlari yurtimizga bostirib keladi. U faqat miloddan avvalgi 327 yildagina og‘ir janglardan keyin Baqtriya, Sо‘g‘diyona, Marg‘iyona va boshqa hududlarni egallay oldi.

Markaziy Osiyo xalqlari bosqinchilarga qarshi uch yil davomida mardonavor kurash olib bordilar. Ular yunonlar о‘ylaganidek, «varvarlar» va madaniyatdan orqada qolgan emas, balki о‘z davrining yuksak harbiy san’ati va madaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo janubiy viloyatlarining ellinistik davlatlar tarkibiga kirishi о‘sha davrda bu xududlarning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muxim о‘zgarishlarga olib keldi.

Bu yerga Ellin (Ellada) madaniyati kirib keldi.Bu о‘zgarishlar shaxarsozlik, me’morchilik va amaliy san’atda о‘z ifodasini topdi.Yunon yozuvi tarqaladi.Ayniqsa, miloddan avvalgi 250 yilda Markaziy Osiyoning katta qismida mustaqil Yunon- Baqtriya podsholigining vujudga kelishi bu jarayonni kuchaytirdi. Natijada mahalliy va yunon madaniyatlari an’analari o‘zaro omuxta bo‘la bordi. Arxeologik topilma yodgorliklar bu ma’lumotlarni tasdiqlamoqda.

Mahalliy ustalar va rassomlar yasagan kulolchilik buyumlarida, tanga va taqinchoqlarda, turli ko‘rinishdagi haykallarda ham ellinistik an’analar alomatlari mavjud bo‘lgan. Sо‘ngra miloddan avvalgi III asrdan-milodniy IV asrlarigacha Markaziy Osiyoda mavjudbo‘lganQang‘, Farg‘ona (Davan), Kushon davlatlarining tashkil topishini va rivojlanishini bayon qilar ekan, Kushonlar saltanati mamlakatimiz davlatchiligi tarixida yangi davr ekanligiga alohida urg‘u beradi.]Milodning boshlarida O‘rta Osiyo qudratli Kushon imperiyasi tarkibiga kiradi. Kanishka (78-123 yillar) xukmronlik qilgan davrda Kushon qudratli davlatga aylanib, Rim, Xitoy kabi buyuk davlatlar bilan bir qatorda turadi.Kushonlar podsholigida xо‘jalik, savdo va xunarmandchilikning rivojlanishi, sug‘orish inshootlarining kengayishi xaqida to‘xtalib о‘tilgach, uning xalqaro savdo aloqalari xarakteriga talabalar diqqatini tortish maqsadida quyidagi masala ustida fikr yuritish taklif qilinadi: «Arxeologik qazilmalar natijasida olimlar Hindiston, Xitoy, Rim imperiyasida tayyorlangan xar xil buyumlar, boshqa mamlakatda zarb qilingan tanga pullar topganlar. Bu tonilmalarga asoslanib qanday xulosa chiqrish mumkin?»

Ularning xulosalari tinglangach, kushonlar davrida xо‘jalikning rivojlanishi xaqidagi masalani yakunlab, Buyuk Ipak yulining sharqiy qismi kushonlar qо‘lida bо‘lganligi, bu esa tashqi savdoning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi qayd etiladi.

Kushonlar davridagi din masalasini yoritishda, Kushon davlati hukm surgan I-IV asrlarda о‘lkamizda zardushtiylik dini bilan bir qatorda, budda dini xam xududimiz janubida tarqalganligi aytiladi. Budda ibodatxonalari va u bilan bog‘liq san’at asarlari namunalari Surxondaryoning Ko‘xna Termiz, Dalvarzintepa, Xolchayon, Ayritom, Zartepa, Fayoztepa, Qoratepa, Kampirtepa kabi yodgorliklaridan topilgan. Bu davrga mansub ko‘pgina yodgorliklar Xorazmda ham (Tuproqqal’a, Govurqal’a, Ayozqal’a, Anqaql’a) topilib, tadqiq qilingan. Shuni ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyoning asosiy hududlarida zardushtiylik va buddaviylik ustunlik qilishiga qaramasdan, ular bilan bir qatorda yunon dinlari, moniylik ham yoyilgan edi.

Kanishka tomonidan о‘sha davrda barcha dinlarga erkinlik berilishi bilan birga, buddizmga keng to‘lamda xomiylik qilingan.

Kushon madaniyati to‘g‘risida talabalarda to‘liq tasavvur hosilbo‘lishiuchun yuqorida zikr qilingan yodgorliklardan topilgan tasviriy san’at namunalarining ayrimlarini olimlarimiz tomonidan nashr etilgan kitoblardagi rasmlardan foydalanib, sharxlab tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, yurtimiz qadimgi haykaltaroshligining ajoyib namunalaridan biri Termiz yaqinidagi Ayritomdan topilgan piramon, ya’ni ibodatxonaning yuqori qismiga yopishtirilgan xaykal xoshiyasi xisoblanadi. U mahalliy oxakgoshdan yasalganbo‘lib, unda qо‘shnay, arfa, ud, xind nog‘orasini chalayotgan uch ayol sozanda, qо‘llarida gulchambar, meva va idishlar to‘garib kslayoggan qiz-yigitlarning tasviri ishlangan. Xalqimizning qadimgi zamonlardagi san’ati namunasi sifatida Xolchayon to‘g‘risida qisqacha gapirib о‘tish mumkin. Denov shahri yaqinidagi Xolchayonda ochilgan saroy xaykal va devoriy rasmlar bilan bezatilgan.

U yerdan haykaltaroshlik san’atidagi barcha talab va qonuniyatlarga javob bera oladigan darajada ishlangai bir turkum haykallar topilgan. Bu yerdagi xaykallar diniy mazmunga egabo‘lib bilan birga, ularda dunyoviy tasvirlar xam bor. Chunonchi, xarbiy kishining bosh qiyofasi tasvirlangan xaykalni olaylik. Bu xaykalda bosh skeletining tuzilishi, yuz kiyofasidagi peshona, burun, kо‘z, lab kabi a’zolarning shakllari meyoriga yetkazilgan xolda katta mahorat bilan ishlanganligi yaqqol kо‘zga tashlanadi.

Devoriy tasvir va haykaltaroshlik namunalarida uzoq tarix qvridagi bobokalonlarimiz e’tiqodi, dini, mehnat va hayot tarzi aks etadi.

Odamlar dunyoqarashining rang-barang ifodasi namoyon bо‘lgan, inson bosh qismining barcha anatomik tuzilishlariga tо‘liq javob bera oladigan bunday san’at asarlari sirasiga Fayoztepa va Kampirtepadan topilgan Budda, Dalvarzintepadagi boshiga toj kiygan Kushon shahzodasi, Devvoto boshi kabi haykal namunalarini kiritish mumkin.

Shu о‘rinda talabalarga shunday savol beriladi: arxeologik qazilmalar natijasida topilgan haykallar, devoriy rasmlar о‘sha xalqlarning diniy e’tiqoddidan tashqari yana nimalar haqida ma’lumot beradi? Talabalarning javoblari umumlashtirilib, Markaziy Osiyo xalqlarining Kushonlar podsholari davridagi san’ati yuksakbolgan, degan xulosaga olib kelinadi va uning eng muhim xususiyatlaridan biri haykaltaroshlik va rangtasviriing me’morchilik bilan uyg‘unlashuvida namoyon bo‘lganligi qayd etiladi.

San’at asarlari bunday mukammal bо‘lganligini Xorazm davlatining milodning 305 yiligacha poytaxti bо‘lgan Tuproqqala yodgorligi misolida ham gapirib berish lozim. Tuproqqalning asosiy boyligi unda ochilgan devoriy rasmlar va haykallardir. Rassomlar rang-barang bо‘yoqlardan foydalanib, ssrmazmun rasmlar chizgan bо‘lishsa, xaykaltaroshlar odamlar va haykallarning jonli tasvirlarini yaratganlar. Haykallar asosan loydan, qisman ganchdan tayyorlangan.Katta haykallar, barelyeflar qurilish arxitekturasi bilan uyg‘unlashtirilgan, devor rasmlari bilan hamohang mazmunga ega.Haykallarning umumiy soni 138 ta.

Qadimgi xalqlar madaniy darajasini ko‘rsatuvchi belgilardan biri yozuv hisoblanishi, arxeologik qazilmalar tufayli turli yozuv namunalari mamlakatimiz xududida topilayotganligi qayd qilib о‘tiladi/ Bular Oromiy, Xorazm, Sо‘g‘d, Kushon-Baqtriya, Kxaroshtxi, Yunon yozuvlaridir.

Eng kdsimgi yozuv miloddan avvalgi IV-III asrlarga tegishli bo‘lib u Amudaryo xazinasi buyumlaridan bо‘lgan gemma (muxr)da bitilgan oromiy yozuvidir. Oromiy yozuvi asosida Sо‘g‘d, Xorazm yozuvlari vujudga kelgan va rivojlangan. Teri va taxtaga bitilgan xorazmiylar yozuvi namunasi ilk bor Tuproqqal’adan, hind alifbosiga asoslangan kxaroshtxi yozuvi kо‘xna Termizdan topilgan. 22 harfdan iborat Yunon-Baqtriya yozuvining namunalari Qoratepa, to‘xna Termiz va Ayritomdan topilib, bunda xarflar burchakli, tо‘rtburchakli va aylana shaklda bо‘lgan.

O‘qituvchi yozuvlar haqidagi hikoyasini tugatib, uning turlichaligi O‘rta Osiyo xalqlari tillarining xilma-xilligi nishonasi ekanligini uqtirib о‘tadi. Shundan sо‘ng Buyuk ipak уо‘li tiklanishi va rivojlanish bosqichlari bilan tanishtiriladi. Sharq va G‘arb xalqlari о‘rtasida tarixiy-madaniy aloqalar va savdo munosabatlari taraqqiyotida Buyuk ipak уо‘li muhim o‘rin tutdi. Miloddan avvalgi II asrda vujudga kelib, 16 asrgacha harakatdabo‘lgan bu yo‘l 12 ming km. bo‘lib, Xitoydan O‘rta Yer dengizining shimoliy qirg‘oqlariga qadar chо‘zilgan. Buyuk ipak уоН tashkil topmasdan oldin O‘rta osiyo va qadimgi sharq hududida savdo va madaniy ayirboshlash uchun turli-tuman уо‘llar bо‘lgan.

Eron ahamoniylar saltanati davrida uning hududibo‘lib“Shoh уо‘li” о‘tgan. Undan ham ilgariroq O‘rta va yaqin Sharqda Badaxshon lojuvardi “la’l-tosh”ga bо‘lgan ehtiyojining ortishi natijasida “Lojuvard yо‘li” paydo bо‘lgan.

Xitoydan O‘rta Osiyoga olib keluvchi уо‘1ni birinchi kashfiyotchisi ham imperiyasining elchisi Chjan Syan edi.

Bu уо‘1 fanga “Ipak уо‘li” nomi bilan 1877 yilda nemis olimi Rixdgofen tomonidan kiritilgan.Ilgari u “G‘arbiy meridional уо‘1” deb atalgan.Bu уо‘1da tarixiy rivojlanishi bir tekisda ketmagan.Masalan, mо‘g‘ullar istilosi davrida harakatdan tо‘xtagach, bu yо‘lni Amir Temur qayta tiklagan.

XVI asrga kelib Buyuk geografik kashfiyotlar davrida asosiy savdo уо‘1i dengizga ko‘chganidan sо‘ng Buyuk ipak yо‘lining mavqei pasayib, bu уо‘1 bo‘ylab harakat to‘xtadi.

Buyuk ipak yо‘lining ahamiyati haqida gapirganda uning faqatgina Xitoyni O‘rta Osiyo orqali Sharqiy O‘rta yer dengizi mamlakatlari bilan bog‘langanligi hamda undan noyob va qimmatbaho mollar olib о‘tilganligi bilan cheklanmaslik lozim. Bu уо‘1 xalqlarni va ular madaniyatini о‘zaro bog‘lagan, ularning bir - birlariga yaqinlashuviga imkon yaratgan.

O‘zbekiston hududi Buyuk ipak уо‘li chorrahasida turadi. Bu уо‘1 tufayli Markaziy Osiyo xalqlari Sharq va G‘arb mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bo‘lish barobarida G‘arb mamlakati xalqlari ham bizlarning ilg‘or madaniyatimizni о‘zlari uchun kashf qildilar. Shu sababli Buyuk ipak уо‘li tarixini va madaniyatini о‘rganishga bо‘lgan qiziqish keyingi yillarda butun dunyo miqyosida keng avj oldi.1987 yilda YUNESKO “Buyuk ipak уо‘li -muloqot уо‘li” dasturini qabul qildi.

1998 yili Boku shahrida bu уо‘1ni Yevropadan Yaponiyagacha qaytib tiklash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanbo‘libо‘tdi. TRASEKA deb nom olgan bu qurilishda O‘zbekiston faol ishtirok etmoqda.

Mavzuning mazmunini yoritishda Eftaliylar davlati, Turk xokonligi, Arab xalifaligining tashkil topishi, rivojlanishi hamda yurtimizning arablar tomonidan istilo qilinishiga bag‘ishlangan masalalarga ham e’tibor qaratish zarur. Eftaliylar davri madaniyatiga oid savolni о‘rganish davomida O‘zbekiston xalqlarining V-VI asrlardagi hayoti, moddiy madaniyat va san’atda oldin о‘tgan davr bilan uzviylik saqlanib qolganligini to‘rsatish zarur.

Madaniyat xaqidagi savolni yoritish о‘rganilayotgan davrning yozuvi bilan tanishtirishdan boshlanadi. Shu narsa ta’kidlanadiki, bu davrda Xorazm, Sо‘g‘d hamda Baqtriya yozuvi asosida paydobo‘lgan25 harfdan iborat eftallar yozuvi tarqalgan edi.

Malumki, eftallar siyosiy jihatdan to‘p xalqlarni birlashtirganligi sababli turli e’tiqoddadagi aholi yonma-yon yashagan. Zardushtiylik va budda (shomon) kabi dinlarga e’tiqod qiluvchilar bilan birga, shaharlarda nestorian-xristian va yahudiy jamoalari ham mavjud bо‘lgan. Ayrim viloyatlarda esa Moniy va Mazdak talimotlari tarqala boshlagan edi.

Bu davrda kо‘chmanchilarning tazyiqi ostida ойод xayotning madaniy an’analari dasht udumlari bilan omuxtalashib, ilk о‘rtaasrlarga xos madaniyat shakllana boshladi. Bu о‘zgarishlar binokorlik, me’morchilik va tasviriy san’atning ayrim jabhalarida to‘proq namoyon bo‘ldi. Ushbu davrda о‘lkamizning dehqonchilik vohalarida baland tagkursi ustiga bino qilingan to‘plab istehkomli qasrlar va feodal qо‘rg‘onlari qad ko‘tardi.

V-VI asrlarda diniy e’tiqod va tasavvurlari bilan uzviy bog‘liq bо‘lgan tasviriy san’at -koroplastika-ma’budalarning sopol haykalchalarini yasash keng yoyildi. Bu davrga oid sopol haykalchalar juda to‘pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi.

Eftaliylar davri tarixiga oid moddiy madaniyat yodgorliklari Buxoro viloyatidagi Poykand, Varaxsha shahar xarobalaridan, Surxondaryo viloyagining Angor tumanida joylashgan Bolaliktepa ko‘rg‘onidan, Xorazmning qadimiy Kat (Beruniy yaqinida) shahridagi Fir- qal’adan topilgan.

Shuni ta’kidlash joizki, VI-VII asrlarda O‘zbekiston xududida tasviriy san’at yuksak cto‘qqiga ko‘tarildi. Bularning namunalaridan biri sifatida Bolaliktepa va Varaxsha rang-tasvir san’ati haqida so‘zlab o‘tish o‘rinli. Bolaliktepa yodgorligidan topilgap xashamatli saroyga о‘xshash bino devorlarining ttrtala tomoni xam turli kо‘rinishdagi rangdor tasvirlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, odamlarning о‘tirgan xolatdagi kо‘rinisЫari aks ettirilgan. Gilamchalarga о‘xshash tо‘shamalar ustida sharqona tiz cto‘kib, chordona qurib, yonboshlagan holda juft-juft bо‘lib о‘tirgan erkak va ayollarning obrazlari diqqatga sazovor.

Erkaklar egnidagi kamzulga о‘xshash kiyimlar uzun, yoqasi uchburchak shaklda keng qaytarmali kо‘rinishga ega. Bellarida ingichka tasma va unga о‘tkazilgan xanjar tasvirlari aniq kо‘rinib turibdi.

Ayollarning liboslari esa о‘ta rang-barang. Quloq, bo‘yinva barmoqlariga serbezak taqincholdar taqilgan. Kо‘zgu ushlab turgan bu ayollar chiroyi sharqona ko‘rinishga yanada joziba kiritgan.

Bolaliktepa rangtasvir san’atida odamlarning kayfiyati, o‘zaromunosabatlari, xarakterlari rassom tomonidan о‘ta ustalik bilan tasvirlangan.Orqa tomondan esa qomati deyarli to‘liq tasvirlangan xizmatkorlar yelnig‘ich ushlab turishibdi.Odamlarning qо‘llarida qadahlarning tasvirlanishi, bir-birlariga bо‘layotgan samimiy iltifotlar tо‘ydagi bazmi jamshidni ifodalaydi. Devorlarda xammasi bо‘lib 47 kishining rasmi tasvirlangan.

Varaxshadan xam devorlari suratlar bilan bezatilgan xashamatli saroy qoldiqlari topilgan.Devoriy rasmlarning birida fil mingan o‘rta yoshli kishi obrazi bir oyog‘i uzangida, bir oyog‘i esa bukilgan holda tasvirlangan.Bundan tashqari, rasmda arslonga о‘xshash xaybatli xayvonni filga xamla qilgan xolatidagi tasviri ham aks ettirilgan.

Umuman, Varaxsha saroyi me’morchilik, xaykaltaroshlik va rassomchilikning ajoyib namunasi xisoblanadi. Turk xoqonligi, ya’ni arablar istilosigacha bо‘lgan davrdagi madaniy xayot xaqida gapirilganda, yurtimizda me’morchilik, xat-savod, diniy e’tiqlar, tasviriy san’at ravnaq topganligi ta’kidlanadi.Shuningdek, san’atning musiqa, raqs, qо‘shqchilik, qiziqchilik, dorbozlik kabi soxalari xam kamol topganligi Xitoy manbalarida qayd etilganligiga tо‘xtalibо‘tgiladi.

Ilk bor Yevrosiyo saltanatini barpo etgan turk xoqonlari xukmronlik qilgan davrda turkiy xalqlariing siyosiy va madaniy merosi Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Yevropa tarixiga jiddiy ta’sir kо‘rsatganligi ta’kidlanadi. Ayniqsa, u Markaziy Osiyo aholisining yuqori darajadagi dehonchilik madaniyati bilan uyg‘unlashib Turon о‘lkasining ilk о‘rtaasr madaniyatini qiyomiga yetkazgani aytiladi.

Buning ayrim namunalaridan biri sifatida Afrosiyobda kovlab ochilgan mashhur devoriy rasmlardan kо‘rsatilib, mazmunini quyidagicha izohlash mumkin:

Devoriy rasmda qandaydir tantanali holat tasvir etilgan.Oldinda oq fil ustida taxtiravonda malika, fil sag‘risida joriya taxtiravonni tutib bormoqda. Fil ortidan qorabayir, tо‘riq va saman mingan uchta ayol, ulardan birinchisining bilagidan pastrog‘igacha sо‘g‘dcha «malikaning yangasi» degan sо‘zlar yozilgan. Ayollarni tuya mingan ikki nafarqkurollangan erak kuzatib bormoqda. Ular boshlarini peshanabog‘ bilan bog‘lab olganlar, qо‘llarida esa mutabarlik ramzi sifatida gurzi bor. Erkaklardan birining yoshi kattaroq bо‘lib, soch va soqollariga oq oralagan, ikkinchisi esa yoshroqdir. Ikkala erkak xam uzun dich bilich bilan qurollangan.Ularning belbog‘larigta katta xanjar ilingan.Dastalarida yovvoyi qushlar boshining tasviri solingan. Yuqoriroqda ot yetaklagan kishi hamda to‘rtta oqqush haydab borayottan о^тиш^ surati chizilgan. Ularning og‘zi va burunlari oq mato bilan bog‘langan. Devorning markazida boshq rasmlardan ikki barobar kattalashtirilgan otliqlar qurshovidagi suvoriy tasviri chizilgan.Xonaning g‘apbiy devorida shohona liboslarda, qimmatbaho tuxfalar to‘targan 3 kishi tasvirlangan.Devorda 16 qator sо‘g‘d yozuvi bitilgan.Unda hozirgi Surxondaryo viloyatida joylashgan Chog‘aniyon davlati elchisiniig Samarqand hokimiga topshirgan xati bayon etiladi.

Talabalar diqqatini rasmning qanchalik mahorat bilan chizilganligiga qaratish kerak.Unda har bir detalning aniq chiqishiga katta e’tibor bsrilgan.

Turk xoqonligida oromiy, sо‘g‘d, xorazm yozuvi bilan bir qatorda «Turk-run yozuvi», «Urxun-Enasoy yozuvi», «Ko‘k turk yozuvi» kabi yozuvlar qо‘llanilgan. Turk xoqonligi haqida bitiktoshlar, ayniqsa, qimmatli ma’lumotlar bsrishi aytib оШ8&.

Arab xalifaligi VIII asr boshlarida Movarounnahrni zabt etishga munaffaq bo‘ladi.Arablar mahalliy din namoyandalarini quvg‘in qilib, sо‘g‘d yozuvida bitilgan kitoblarni hamda sanamlarni gulxanda yoqib, уо‘q kilib tashlaydilar.

Bosib olingan yerlarda islom dini yoyilib, mahalliy xalqlarning ijgimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayoti arab xalifaligining tartib - qoidalariga buysundirildi.

Movarounaxrda arab tilining davlat va fan sifatida joriy etilishi bilan uni о‘zlashtirishga ko‘p intilish ortdi. Natijada arab tili va yozuvini ona tilidek bilib olgan bilimdonlar paydo bo‘ladi. Markaziy Osiyolik olimlar о‘sha davrda о‘z asarlarini arab tilida yozganlar.

Bu davrda Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch, Xiva kabi shaharlar madaniyat markazlari sifatida mashhur bo‘lgan.Bu yerlarda savdo-sotiq, ijtimoiy-siyosiy xayot bilan bir qatorda, madaniy aloqalar, bilim о‘choqlari rivoj topdi. Bunday iqdisodiy- madaniy markazlar ulkan musulmon Sharqining turli о‘lkalarini, Fapb va Sharq, Shimol va Janub mamlakatlarini bog‘lab turuvchi qadimgi «Ipak уо‘li» an’analarini davom ettirgan holda aloqa о‘choqlari sifatida dovrug‘ taratdi. Mahalliy olimlar о‘zga mamlakatlarga borib ilm olish, xam-kasblari bilan yaqindan muloqot qilish imkoniyatiga egabo‘lgan.

Bu davrda Markaziy Osiyodan ulkan olimlar yetishib chiqdiki, ular o‘z ijodlari, sarlari bilan о‘z xalqlarini dunyoga mashxur qildilar.

Adabiyotlar:

1..MurodovA. O‘rta Osiyo xattotlik san’ati tarixidan. T., Fan, 1993.

2.Xо‘jamovM., R.Mulladjanova., M.Lapasov. Tarixiy о‘lkashunoslik va turizm.T., Mumtoz sо‘z, 2014.
Download 24.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling