3-topshiriq bajardi: Qurbonov Bahrom Tekshirdi: Raxmonberdiyeva Gulzira Toshkent-2022 Topshiriq 3
Download 498.25 Kb.
|
Ijodiy ta\'lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar: Dizayn fikrlash
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGI YALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Fan:Ijodiy ta’lim 3-TOPSHIRIQ Bajardi: Qurbonov Bahrom Tekshirdi: Raxmonberdiyeva Gulzira Toshkent-2022 Topshiriq 3 Kasb ta`limi yo`nalishi talabalarini kreativligini rivojlantirishda “Dizayn-fikrlash” Texnologiyasining o`rni va ro`li. “YAngilik, YOqimlilik, YAratuvchanlik” kreativ metodi va qo’llanilishi. “Oddiy. Murakkab. Noreal” kreativ metodi va qo’llanilishi “Aqliy xarita ” kreativ metodi va qo’llanilishi. “Kyubing (ingliz tilidan Cube - kub)” va qo’llanilishi. Javoblar: Dizayn fikrlash - bu yechimga yo'naltirilgan jarayon. Ushbu yo'nalish orqali u mavjud tuzilmalar va jarayonlarga qarshi chiqadi va har qanday sharoitda inson ehtiyojlarini chinakamiga hal qilishga intiladi. Fikrlash dizayni (inglizchadan. “design thinking”) - bu foydalanuvchilar manfaatlariga mos keladigan murakkab muammolar yechimlarini topishga yordam beradigan uslub. Dizayn fikrlashning vazifasi mavjud stereotiplar va muammolarni hal qilishning standart usullaridan (“thinking outside the box” – “qutidan tashqarida o‘ylash”) o‘tib ketishdir. Fikrlash dizayni - usuli olti bosqichdan iborat: Har bir bosqich ikki qismdan iborat: divergent (lat. divergere – tarqalish) – bitta muammoning ko‘plab yechimlarini izlash va konvergent (lat. sonvergere – to‘planish) – vazifani hal qilish bo‘yicha yo‘riqnomadan aniq foydalanish. 1-bosqich – empatiya. Insonga yo‘naltirilgan dizayn-jarayoni markazi. Empatiya – o‘zini boshqa odamning o‘rniga qo‘yib ko‘rish va uning hissiyotlari, xohish-istaklari, g‘oyalari va harakatlarini tushunishga harakat qilish. Masalan, mahsulot yoki loyiha kim uchun mo‘ljallangan ekanini tushunmasdan uni amalga oshirib bo‘lmaydi. Dizayner o‘zining emas, boshqa kishilarning muammolarini hal qiladi. Yaxshi dizayn yaratish uchun, nima aynan uning uchun muhimligini tushunish maqsadida inson bilan birga qayg‘urish lozim. Ishonch ohangidagi suhbat dizaynerga odamlar bilan o‘zaro aloqa qilishning to‘g‘ri yo‘llarini va innovasion yechimlarni osonroq topishga yordam beradi. Odamlarga va turli vaziyatlarga yangicha nigoh bilan qarashga empatiya yordam beradi. 2-bosqich – fokuslashtirish. To‘g‘ri yechim topishning yagona usuli – muammoni to‘g‘ri tushunishdir. Biznes jarayonida fokuslashtirish juda muhim rol o‘ynaydi, chunki odamlar hayoti haqida to‘plangan axborotlardan kelib chiqib, hal qilish lozim bo‘lgan muammoning yorqin ifodasini olishga imkon beradi. Fokuslashtirishning mazmuni – muammo bilan bog‘liq bo‘lgan savolni to‘g‘ri ifodalashdir, keyinchalik bu vazifaga aylanishi lozim. Bunda qo‘yilgan savol umumiy muammoni yoritib berishi emas, aynan mijozning muammosini hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Agar empatiya bosqichida mijoz-firma indiviudal tarzda ishlashga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu bosqich jamoaviy ishlashni talab etadi. 3-bosqich - g‘oyalar ishlab chiqish. Yaxshi g‘oya emas, keng imkoniyatlar muhim. Gʻoyalar ishlab chiqish bu – g‘oyalar va yechimlar ishda asosiy e’tibor qaratish lozim rejim. Fikrlash jarayoni borasida bu bosqich turli xildagi konsepsiyalar va muammoning yechimi sifatida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan natijalarga tarmoqlashish sifatida ko‘rinishga ega bo‘ladi. Yetarli miqdorda g‘oyalar yaratilgach, qidiruv maydonini toraytirish, oqilona g‘oyalar izlash va eng yaxshi g‘oyalar tanlashga o‘tish mumkin. 4-bosqich – g‘oyani tanlash. To real voqelikka duch kelmaguncha barcha g‘oyalar ajoyib bo‘lib ko‘rinaveradi. Rivoj topadigan g‘oyalarni aniqlash uchun ularni “elak”dan o‘tkazish zarur. Gʻoyalarni qanday tanlash kerak? tanlov mezonini ifodalash (eng taassurotli, eng kutilmagan, oqilona). Agar mezonlar soni bir nechta bo‘lsa, har bir mezon o‘z vazniga ega bo‘lishi lozim. Mezonlar g‘oyalar ishlab chiqish jarayonida to‘plangan innovasion salohiyatni yo‘qotmaslikkan imkon beradi. ovoz berish (ovoz berish xavfi shundan iborat bo‘lishi mumkinki, agar 6 kishi – “rozi” va 4 kishi – “qarshi” bo‘lsa, shartga rioya qilingan bo‘ladi, lekin jamoaning qariyb yarmi ishtiyoqi juda sust bo‘ladi). prototip yaratish. Prototiplar g‘oyalarning ish qobiliyatini baholashga imkon beradi. 5-bosqich – prototiplash. Oddiy prototip ko‘p narsa haqida gapirib beradi. Prototiplash – to‘g‘ri yechim topish uchun yordam beradigan iterasion maketlar yaratish. Ilk bosqichda prototiplar maksimal darajada oddiy bo‘lishi lozim. Test o‘tkazilishi va g‘oya tasdiqlanishi bilan prototiplar murakkablashadi va qimmatlashadi. Nimani va qanday test qilish – prototip yaratish oldidan javob berish lozim bo‘lgan ikkita savol. Bu prototip yaratish va test o‘tkazishni aniq bosqichlarga ajratishga yordam beradi. 6-bosqich - test o‘tkazish. Yechim haqida va foydalanuvchi haqida ko‘proq bilib oling. Test o‘tkazish – yaratilga prototiplar haqida teskari aloqa olishdir. Bu foydalanuvchini tushunishga va uning ustida ishlanayotgan muammoga chuqur kirib borishiga yordam beradi. Zamonaviy boshqaruv tizimi har bir rahbardan fikrlash – dizayniga ega bo‘lishni talab etadi. “Dizayn fikrlash” metodi. Oliy ta’lim muassasasi pedagog kadrlarini intellektual ijodkorligini rivojlantirish bilan birga ularning pedagogic faoliyatini kreativ olib borishda dizayn-fikrlash texnologiyasidan foydalanish ta’lim sifatini yanada oshirish ga xizmat qiladi. Dizayn-fikrlash (ing. Design - thinking) texnologiyasi – tahlilga emas, balki ijodiy yondashuvga asoslangan bo‘lib, muhandislik, pedagogic va boshqa sohalarda qo‘llaniladi. Metodning maqsadi: qadamba - qadam amalga oshiriladigan usul bo‘lib oddiydan murakkabga qarab boradi. Bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. 1-bosqich: empatiya – tinglovchi mavjud muammoga maksimal - ko‘milishi: muammoni o‘rganishi, uni har tomonlama tahlil qilishi va tushunib olishi kerak. 2-bosqich: fokuslash – barcha yig‘ilgan bilimlar masalani yechish uchun konkretlashtiriladi, analitik fikrlash va asosiy masalalarni topishga o‘rgatadi. 3-bosqich: g‘oya – muammo ѐki masalaning yechimini topish uchun kerakli bo‘lgan ko‘pgina g‘oyalar shakllantiriladi, ular asosida prototiplar yaratiladi va sinaladi. Turli variantlar ichidan eng foydalisi, kamharajatlisi tanlab olinadi. Bu g‘oyani taklif qilgan o‘quvchi uni himoya qila olishi kerak. 4-bosqich: prototip – muammo yechimini topishga yordam beradigan g‘oyaning prototipini, modelini yoki maketini yasash. 5-bosqich: test – prototipni amaliѐtda sinab ko‘rish. Prototiplarni testdan o‘tkazish bir necha marotaba, iterativ va real sharoitlarda amalga oshirilishi mumkin. Shaxsining pedagogik qobiliyati va kasbiy jihatdan shakllanishi muammolari bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik-psixologik tadqiqotlarda “professionalizm” tushunchasi “shaxsning kasb mahorati” sifatida o‘rganiladi. Uning tarkibiga pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida shakllangan muhim kasbiy sifatlar hamda shaxsiy kasbiy salohiyatni tashkil etgan pedagogik qobiliyat va mahorat, intellektual, motivatsion, kommunikativlik, kreativlik-ijodiy, perseptiv hamda shaxs dinamizmi ya’ni emotsional-irodaviy irodaviy ta’sir o‘tkazish va mantiqiy ishontira olish) qobiliyatlar kompleksi kiradi. Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-muhitga o'zaro ta’sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.
Download 498.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling