3-topshiriq. Boshlang’ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni ming ichida raqamlash bo’yicha bir soatlik dars ishlanmasini tayyorlash
Download 139 Kb.
|
3-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch kompetensiyalar
- Metod
- Darsning borishi: I Tashkiliy qism.
- III .Yangi mavzu bayoni
3-topshiriq. Boshlang’ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni ming ichida raqamlash bo’yicha bir soatlik dars ishlanmasini tayyorlash. (3-sinf matematika darsligi asosida). Sana_________ Mavzu: To‘rt xonali sonni xona birliklari yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash Ta’limiy: O’quvchilarga To‘rt xonali sonni xona birliklari yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash ,1000 ichida sonlarni xonadan o’tib qo’shish usullari haqida bilim berish. Tarbiyaviy : O'quvchilarning matematikaga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularda bu fan orqali atrofdagi har birnarsani qadrlash, unga mehr bilan yondoshish hamda darsda ahillik, birodarlik bilan ishlash kabi xislatlarni tarbiyalash Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish. Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar: O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish; Metod: suhbat, tushuntirish, ”Savol-javob”metodi Shakl: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun. Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.multmediya darslari Nazorat: Og'zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o'z-o'zini nazorat qilish. Baholash: O'quvchilar bilimi 5 ballik reyting tizimida baholanadi. Darsning maqsadi:1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, To‘rt xonali sonni xona birliklari yig‘indisiko‘rinishida tasvirlash 1000 ichida xonadan o’tib qo’shish usullari haqida o`rgatib borish. 2) O`quvchilarga dars orqali har bir matematik muammoni ahillik, birodarlik, hamjihatlik bilan bajarishga rioya qilish zarurligini uqtirish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi:Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish b) ma’naviyat daqiqasi II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’tgan mavzuni mustahkamlab yangi mavzu bilan bog’lanadi. 10000 ICHIDA RAQAMLASH. ARIFMETIK AMALLAR. KATTALIKLAR.To‘rt xonali sonlarni raqamlash mustahkamlanadi. O’quvchilar bilan savol-javoblar orqali o’tgan mavzu takrorlanadi va yangi mavzuga o’tiladi. III .Yangi mavzu bayoni 6928 sonida 6 ta minglik, 9ta yuzlik, 2 ta o’nlik, 8 ta birlik bor. 5692 sonida 5 ta minglik, 6 ta yuzlik, 9ta o’nlik, 2 ta birlik bor. 3506 sonida 3 ta minglik, 5 ta yuzlik, 6 ta birlik bor. 9280 sonida 9 ta minglik, 2 ta yuzlik,8 ta o’nlik bor. 2045 sonida 2 ta minglik, 4 ta o’nlik, 5 ta birlik bor. 5700 sonida 5 ta minglik, 7 ta yuzlik bor. 6008 sonida 6 ta minglik, 8 ta birlik bor. 4540=4000+500+40. 5604=500+600+4. 9300=9000+300. 3502=3000+500+2. 6531=6000+500+30+1. 5000+50=5050 6000+400+1=6401 8000+4=8004 9000+300=9300 2000+800+90=2890 Download 139 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling