3-topshiriq. Savollarga javob berish Tarbiya turlarini izohlang
Download 27.67 Kb.
|
3-TOPSHIRIQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolik tarbiyasi
- Ahloqiy tarbiya
3-TOPSHIRIQ. Savollarga javob berish 1.Tarbiya turlarini izohlang. 2.Ibn Sinoning bola tarbiyasi haqidagi fikrlaridan keltiring. 3.Milliy tarbiyada oilaning o’rni qanday ? 1 savolga javob - ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish; - ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; - aqliy qobiliyatlar va iste’dodlarni rivojlantirish; - bilishga oid qiziqishlarni rivojlantirish - bilishga oid faollikni shakllantirish - bilim olishga dalillashni shakllantirish va h.k. Jismoniy tarbiya – sog‘liqni mustahkamlash va to‘g‘ri jismoniy rivojlanishga erishishga qaratilgan tarbiya Uning vazifalari: sog‘liqni mustahkamlash, to‘g‘ri jismoniy rivojlanish aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshirishi tabiiy harakatga keltiruvchi sifatlarni rivojlantirish va takomillashtirish gigienik odatlarni shakllantirish ma’naviy sifatlarni tarbiyalash (jasurlik, tirishqoqlik, qat’iylik, intizomlilik va boshqalar) sog‘lom turmush tarziga qo‘shilish jismoniy tarbiya, sport bilan doimiy va muntazam shug‘ullanishga ehtiyojni shakllantirish va h.k. Fuqarolik tarbiyasi – o‘zida global muammolarga, ijtimoiy guruhlarga, alohida shahslarga, ularning faoliyatiga, jamotchilik hayoti va ongiga umuminsoniy qadriyat munosabatlarining tizimini namoyon etadi. Uning vazifalari: inson va fuqaroni tarbiyalash fuqarolik dunyoqarashi va siyosiy ihtiyorni shakllantirish fuqarolik ongining vujudga kelishi, o‘z qarashlarida sobit qolish qobiliyati vatanparvarlik, baynalminalchilik kabi oliy tartibning hissiyotlarini shakllantirish va boshqalar.Vatanga muhabbat hissini, uni himoya qilishga tayyorlik hissini rivojlantirish, qadrdon yurt, uning tabiati, an’analari, urf-odatlari va h.k.ga muhabbat hissini shakllantirish. Ahloqiy tarbiya – harakterning ahloqiy sifatlari, ko‘nikmalar va hulq-atvorning shakllanish jarayoni. Ahloqiy tarbiya mulohaza, hissiyotlar va ye’tiqodlar, jamiyatning tegishli me’yorlariga mos keladigan ko‘nikmalar va hulq-atvorning ahloqiy tushunchalarini shakllantirish kabi vazifalarni hal qiladi. Ahloqiy tarbiyaning asosiga jamiyatning rivojlanish jarayonida insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan umuminsoniy qadriyatlar, o‘tkinchi bo‘lmagan me’yorlar qatori jamiyat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida paydo bo‘lgan yangi qoidalar va me’yorlar yotadi. O‘tkinchi bo‘lmagan ahloqiy sifatlar- halollik. adolat, burch, tartiblilik, mas’ullik, or-nomus, vijdon, qadr-qimmat, insonparvarlik, beg‘arazlik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat va boshqalar.
Download 27.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling