Mavzu: aqsh aholisini ijtimiy himoya qilish tizimi
Download 0.84 Mb.
|
hkxPwbckfK8G08LYouZF0So8bxGsVCCH
- Bu sahifa navigatsiya:
- AQSHda
- AQShda ijtimoiy ta’minot tizimi.
Mavzu:AQSH aholisini ijtimiy himoya qilish tizimiReja:
Ijtimoiy ish turlarini guruhlarga bo‘lish universal hodisa emas va u turli mamlakatlarda turli xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. AQSHda ijtimoiy ishning turlarini guruhlarga bo‘lish uchun shu ish yo‘naltirilgan obyekt asos vazifasini bajaradi AQSHda:
Har bir mamlakatdagi davlatning ijtimoiy ko‘mak berish tizimi shu yerdagi tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqib shakllantirilgan bo‘lib, bajarilayotgan vazifalarning o‘xshashligi va bir xilliligiga qaramasdan ulardagi yondashuvlar, uslublar va tashkiliy shakllarda tafovut mavjud. Bu tafovutlar ijtimoiy ishdagi Yevropa va Amerika modellarini qiyoslaganda ko‘zga ayniqsa yaqqol tashlanadi. Yevropa qit’asida ijtimoiy ta’minot tizimining rivojlanishi uzoqroq tarixga ega. U jamoalar o‘rtasidagi (jamoalararo) aloqalar uzilishiga bog’liq tarzda shakllandi. Yevropaning ko‘pchilik mamlakatlarida ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ta’minot dasturlarini amalga oshirish, turli ijtimoiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan rasmiy tuzilmalarning yaratilishida davlat tashabbuskor bo‘ldi. Amerikaga ko‘chib borganlar uchun xos belgi esa o‘zining kuchiga, shaxsiy tashabbusga va davlat tuzilmalarining ta’sirini maksimal darajada kamaytirishga intilish bo‘ldi. AQSHdagi aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining xarakterli xususiyati va Yevropa modellaridan asosiy farqi uning nomarkazlashtirilganidadir. U federal qonunchilik, yoki shtat qonunchiligi, yoki bo‘lmasa federal davlat organlari va shtatlarning boshqaruv organlari tomonidan tartibga solinadigan turli ijtimoiy dasturlardan iborat. Bundan tashqari, alohida dasturlar mahalliy hokimiyatlar tomonidan ham qabul qilinadi. Bunday yondashuv muayyan mintaqada ijtimoiy ko‘makka bo‘lgan ehtiyojni yetarlicha to‘la va tezkor aniqlash imkonini beradi. AQSHdagi ijtimoiy ta’minot davlat tizimi ikki shaklga asoslanadi: ijtimoiy sug’urta va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ko‘mak, ular o‘zaro moliyalashtirish manbalari bilan farqlanadi. Ijtimoiy sug’urta bo‘yicha to‘lovlar mehnatkashlardan ham, tadbirkorlardan ham olinadigan ijtimoiy sug’urta solig’i shakllantiradigan sug’urta jamg’armalari hisobiga amalga oshiriladi. Davlat tomonidan beriladigan ko‘mak federal byudjet mablag’lari, shtatlar byudjeti yoki mahalliy hokimiyat organlari byudjetlari mablag’i hisobidan amalga oshiriladi. AQSHning ijtimoiy sug’urta haqidagi (1935 yil) qonuniga ko‘ra ijtimoiy sug’urtaning ikki turi: qarilik nafaqasi va ishsizlarga to‘lanadigan yordam puli belgilangan. qonunda kambag’allarning ba’zi toifalari, birinchi navbatda nogironlar va yetimlarga yordam berish ham ko‘zda tutilgan. Vaqt o‘tib borishi bilan ijtimoiy sug’urtaning yangi shakllarini tadbiq etish ko‘zda tutilgan ko‘plab tuzatishlar kiritib borildi: boquvchisini yo‘qotganda beriladigan nafaqa; ishlab chiqarishda shikastlanish bilan bog’liq bo‘lmagan mehnat qobiliyatini yo‘qotish tufayli beriladigan nafaqa; 65 va undan katta yoshlilarga beriladigan tibbiy sug’urta huquqi va boshqalar. 1935 yilda qabul qilingan qonun va uning qo‘shimchalarida ko‘zda tutiladigan ijtimoiy sug’urtaning barcha turlarini Umumiy federal dastur nomi bilan atash qabul qilingan. Umumiy federal dastur doirasidagi barcha pensiya va nafaqalar ijtimoiy sug’urta solig’i hisobiga moliyalashtiriladi. Mehnatkashlar uchun soliq stavkasi ish haqiga nisbatan foiz hisobida, tadbirkorlarga nisbatan esa to‘langan ish haqiga nisbatan foiz hisobida belgilanadi. AQSH shtatlari darajasida ishlab chiqarishda shikastlanish yoki kasbiy xastaliklar uchun mo‘ljallangan sug’urta dasturlari mavjud. qonun tomonidan ishchiga ishlab chiqarishda yetkazilgan shikast uchun mas’uliyat tadbirkorlar zimmasiga yuklangan, to‘lanadigan badalning darajasi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik uchun beriladigan to‘lovlarning davomiyligi yoki ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida halok bo‘lganlar oilasiga beriladigan to‘lovlar miqdori belgilab qo‘yilgan. To‘lovlar darajasi oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi va uning umumiy hajmiga nisbatan 2/3 ni tashkil qilishi mumkin. Pul to‘lovlarining asosiy qismi xususiy sug’urta kompaniyalari tomonidan to‘lanadi, chunki tadbirkorlarning ko‘pchiligi ana shunday holatlardan sug’urta qilingan bo‘ladi. Ba’zi shtatlarda tadbirkorlardan olinadigan soliq hisobiga maxsus sug’urta jamg’armalari tashkil etilgan bo‘lib, shtatlarning hokimiyatlari ishlab chiqarishda yuz bergan shikastlar uchun sug’urta mablag’larini ana shu jamg’armalar hisobidan amalga oshirishadi. Ijtimoiy muhofazaning Amerika davlat tizimidagi yana bir tarkibiy qism kambag’allarga beriladigan ko‘makdir. Bu tizim 60-yillardan boshlab keng rivoj topdi. Ijtimoiy sug’urtadan farqli o‘laroq, ijtimoiy ko‘mak tizimida yordam olish uchun oldindan maxsus to‘lanadigan badallar talab qilinmaydi. Uni olish uchun asosiy mezon - muhtojlik. Ko‘mak berish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar: kafolatlangan daromadni ta’minlash, yordamga muhtoj bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash, oziq-ovqat, turar joy va tibbiy yordam ko‘rsatish. Bolali oilalarga yordam dasturi kam daromad oladigan, oila boshlig’i, eridan ajralgan yoki yolg’iz beva bo‘lgan ko‘p bolali oilalarga yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi. Bir qator shtatlarda mazkur dastur bo‘yicha nafaqalar boshlig’i ishsiz bo‘lgan oilalarga ham beriladi Mehnatkashlarning katta qismi uchun xususiy nafaqalar muhim ahamiyatga ega. Jamg’armalarning sezilarli o‘sishiga qaramasdan xususiy nafaqa tizimi davlat tizimiga qaraganda uch marta kamroq shaxslarni qamrab oladi. Gap shundaki, davlat pensiyalari miqdorini hisoblaganda ish joyidan qat’iy nazar, umumiy staj hisobga olinadi, xususiy nafaqaga ega bo‘lish uchun esa ishchi yoki xizmatchi bitta firmada odatda, kamida 10 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lishi lozim. “Korporatsiya” maxsus federal agentligi xususiy pensiyalarning kafolati sifatida amaldagi pensiya jamg’armalarining to‘lov qobiliyatini kuzatib boradi va kompaniyalar bankrotlikka uchragani taqdirda, ularning qatnashchilariga beriladigan to‘lov miqdori va tartibini belgilaydi. AQShda ijtimoiy ta’minot tizimi.
Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling