Mavzu: aqsh aholisini ijtimiy himoya qilish tizimi
Download 0.84 Mb.
|
hkxPwbckfK8G08LYouZF0So8bxGsVCCH
AQSHda pensiya ta’minoti
1857-yilda “American Express” kompaniyasi tomonidan ilk marotaba xususiy pensiya rejasi tuziladi. Unga ko‘ra kompaniyada 20 yillik mehnat stajiga ega boigan, 60 yoshli ishchilarga ish faoliyatini to‘xtatganlik yuzasidan toiovlar toianilishi ma’lum qilinadi. Birmchi o‘qituvchilar uchun pensiya sxemasi Nyu York shahri (1894-yil)da va Nyu Djersi shtati (1896-yil)da joriy etilgan. 1898-yilda Ogayo shtatida AQSh tarixidagi ilk bora ko'rlami pensiya bilan ta’minlash qonun loyihasi qabul qilinadi. 1911-yilda Massachusetsda, 1914-yilda Arizonada shtatlar doirasida badal to’lovlariga asoslangan, barcha davlat idoralari ishchilarini qamrab olgan birinchi pensiya tizimi joriy qilindi. 1920-yilda federal ishchilari uchun grajdan ishchilari va nogironlarni pensiya bilan ta’minlovchi Fond tashkil etildi. 1934-yilda prezident Ruzvelt tomonidan temir yo‘1 ishchilari uchun pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi. 1930-yildagi moliyaviy inqiroz 1935-yilda prezident F.D.Ruzvelt tomonidan imzolangan “Ijtimoiy sug'urta ta’minoti to‘g‘risida”gi Farmon qabulini tezlashtirdi. Joriy etilishining asosiy vazifasi sifatida pensiya toiovlarini to’lash yo’lga qo'yilgan. Farmonning muhim jihati quyidagi dasturlaming qabul qilinishi bo’ldi: ijtimoiy himoya dasturlarini saqlash uchun shtatlarga dotatsiyalar ajratish; pensiya yoshidagi aholi qatlami uchun to’lovlami amalga oshirishni federal dasturi. Ikkinchi dastur hozirda AQShdagi ijtimoiy sug‘urta dasturiga asos bo’ldi. 1937-yildan AQShdagi ijtimoiy sug‘urta dasturi moliyalashtirishmng qayta taqsimlash prinsipiga o‘tdi va ishchilar uchun oylikdan ushlab qolish 1 foizga teng bo’lgan. Ish beruvchilar uchun esa ishchilar soni 8 nafardan oshgan taqdirda 2 foizga teng bo’lgan, Hozirgi kunda umumiy 17 - V ushlab qolish holati 15,3 foizi mehnatga haq to’lash fondini tashkil etib, uning og‘irlik yuki ish beruvchi va ishchilar oilasida teng taqsimlangan. 1940-yilda boshlab qarilik, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha oylik pensiya to‘lovlari joriy etildi. 1977-yilda dastur inqirozga yuz tutadi, shu sababli ish haqidan ushlab qolish stavkasi 6 foizdan hozirgi 7.65foizga (ish beruvchi va yollanma ishchi uchun alohida) yetdi. 1983-yildan boshlab pensiya yoshining uzaytirilishi kuzatildi va u erkak va ayollar uchun 67 yoshga teng bo’ldi. 1937-yilda AQShda ilk byudjetdan tashqari “Qariyalar va ular qaramog‘idagilar uchun Trast fondi” tashkil etildi. Trast fondlarida kiritilgan to’lovlar hisobi, ularning indeksatsiyasi va to‘lov jarayonlari amalga oshiriladi. Trast fondlari davlat o‘z ijtimoiy siyosatini olib boruvchi mexanizm hisoblanadi. 2000-yilga qadar G‘aznachilikda to‘rtta maxsus hisoblar mavjud bo’lgan: qarilik va boquvchisini yo‘qotganlik bo'yicha Sug'urta fondi (SPKS), nogironlami sug‘urtalash (IS), umumiy tibbiy sug‘urtalash (MedS) va nogironlarni tibbiy sug‘urtalash (MedlS). Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling