3 Tovarning nafliligi va qadr-qimmat to'g'risidagi nazariyaning mohiyati maqsadi va vazifalari
Download 0.79 Mb.
|
Tovarning naflligi va qadr-qimmati to’g’risidagi nazariya
Naflilik — moddiy va maʼnaviy neʼmatlar, tovarlarning oʻz xususiyatlariga koʻra, ehtiyojlarni qondirish xossasi; tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilishdan har bir shaxs ola-digan muayyan qoniqish. Iqtisodiy nazariyaning asosiy tushunchalaridan biri. N. darajasi — subyektiv tushuncha, u shaxsning manfaati, u yoki bu neʼmatga intilishiga bogʻliq. Neʼmatlarning inson uchun muhimligi va ahamiyati ularning inson uchun nafliligiga — ular qondiradigan ehtiyojlarning ehtiyojlar tartibidagi oʻrniga, darajasi va ahamiyatiga bogʻliq. Har qanday neʼmatlarning N. darajasi uning tabiiy xossalariga, sifatiga bogʻliq. Mahsulot nafliligi oʻsishi uchun uning tabiiy va sunʼiy yaratilgan xossalari sifatini yaxshilash lozim. Masalan, buyumning sifati yaxshilanib xizmat qilish muddati 2-marta ortsa, uning nafliligi 2-marta ortib, oldingisiga nisbatan 2-marta koʻproq ehtiyojni qondiradi. Shuning uchun ham iqtisodiy oʻsishning muhim omili mahsulot sifati va uning N. darajasini oshirishdir. Ayrim tovarlardan qoniqish yakka qoniqishdir, ammo tovarlarni isteʼmol etishda umumiy qoniqish ham paydo boʻladi. Umumiy N. — isteʼmol qilinadigan boyliklarning barcha tarkibiy qismlari boʻyicha nafliligidir. Umumiy N. tovarlar guruhiga daxldor va kishilar talabini tez oʻzgartiradi. Umuman, tovarlar xilma-xil boʻlganda N. pasayishga moyil boʻladi. Tovarlarning naf keltirish xususiyati — isteʼmol etish jarayonida isteʼmolchida qoniqish hosil eta olishi, yaʼni xaridorning individual didiga qarab ehtiyojni qondira olishidir. Tovarning naf keltirishi qanchalik yuqori boʻlsa, shunchalik narxning qiymatdan uzilishi ham yuz beradi. Ammo bunday hol kam uchraydi, chunki tovarlar gʻoyat koʻp boʻlganidan ayrim tovarlar nafliligi oʻta yuqori boʻlmaydi, oʻrinbosar tovarlardagi N. uni tutib turadi.
Narxning tovar nafliligiga monand oshib borishi cheksiz emas. Chunki naf keltirish meʼyorining ham eng oxirgi chegarasi boʻladi. Shu chegaradan oʻtgach, tovarning nafligi pasaya boradi. Shundan soʻng, xarid etilgan va isteʼmol qilingan tovar nafligi pasayadi. Chunki, xarid narxining cheklanganligi tufayli xaridor oʻz qoʻlidagi puliga yuksak qoniqish hosil qiladigan tovarlarni oladi. Bu N.ning yuqori nuqtasi (maksimizatsiyasi) deyiladi. Bozor sharoitida isteʼmol tanlovining asosiy chegaralari tovarning narxi va isteʼmolchining daromadi hisoblanadi. Shu sababli, nafaqat tovarning nafliligi, balki N.ning mazkur tovar narxi bilan nisbati ham ahamiyatga ega. Bunday nisbat chamalangan (hisobga olingan) meʼyoriy N. deyiladi. Jamiyat rivojlanishida moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning N. juda muhim masala boʻlganidan iqtisodiy tafakkur tarixida obyektiv va subyektiv nuqtai nazarlarda turadigan bir qancha N. nazariyalari paydo boʻldi. N. muammosiga siyosiy iqtisoddagi avstriya maktabi vakillari E. Byom-Baverk, F. Vizer, K. Menger, shuningdek, G.Gossen va boshqa katta eʼtibor berganlar. Ularning fikricha, kishilar neʼmatlarni N.ga ega boʻlgani uchungina qadrlaydilar, isteʼmolchi nazarida qadrli boʻlgan narsagina qadr-qimmatga egadir. Kishilar muayyan tovarlarni qadrlaganlarida uning faqat obyektiv N.ni yoki subyektiv N.ni (uni isteʼmol etishdan olinadigan qoniqishni, nafni) hisobga olish bilan cheklanmasdan, uning mehnat natijasi ekanligi, ijtimoiy mehnatning mujassam ekanligini, yaʼni muayyan ijtimoiy qiymatga ega ekanligini ham hisobga oladilar, tovarni obyektiv N. va ijtimoiy qiymat birligidan iborat mahsulot sifatida kadrlaydilar. Neʼmatning suʼyektiv qadr-qimmati uning obyektiv qadr-qimmatining, obyektiv N.i va ijtimoiy qiymati birligining insoniy ehtiyoj, farovonlik nuqtai nazaridan qadrlanadigan subyektiv ahamiyatidir (yana qarang Meʼyoriy naflilik nazariyasi). Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling