3 Tovarning nafliligi va qadr-qimmat to'g'risidagi nazariyaning mohiyati maqsadi va vazifalari
Download 0.79 Mb.
|
Tovarning naflligi va qadr-qimmati to’g’risidagi nazariya
8-rasm. Iste`molchining tanlovi.8
Grafikdagi shtrixlangan uchburchak iste`molchining tanlov sohasi, ya`ni iste`mol majmualari to`plami. va lar befarqlik egri chiziqlari, ya`ni naflik darajalari chiziqlari. Ma`lumki, ular quyidagi shartni qanoatlantiradi: . Tanlov sohasi bilan faqat va befarqlik egri chiziqlari kesishadi. befarqlik egri chizig`i bo`yicha tanlov sohasidan olingan har qanday nuqta (masalan, nuqta) naflik funktsiyasini maksimal qiymatini bermaydi. nuqtada byudjet chizig`i va befarqlik egri chizig`i bir-biriga tegadi, natijada tanlov sohasi bilan kesishadigan byudjet chiziqlaridan eng yuqorisi aniqlanadi. SHunday qilib, iste`molchining optimal (muvozanat) nuqtasida befarqlik egri chizig`i byudjet chizig`iga tegadi va shu sababli . (A) Bu tenglik shuni ko`rsatadiki, befarqlik egri chizig`i yotiqligi byudjet chizig`i yotiqligi ga teng. Yuqorida, boshqa tomondan birinchi ne`mat bilan ikkinchi ne`matni befarqlik egri chizig`ining har bir nuqtasidagi chekli almashtirish normasi, ne`matlarning shu nuqtadagi chekli nafliklari nisbatiga teng ekanligini aniqlagan edik: . (B) (A) va (V) formulalardan iste`molchining muvozanatlik sharti quyidagicha yozilishi mumkin: , yoki . (S) Muvozanatlik shartiga ko`ra, ne`matlar narxi, ularning chekli nafligiga to`g`ri proportsional. Demak, ne`matning chekli nafligi qancha yuqori bo`lsa, uning narxi shuncha yuqori bo`ladi. Oxirgi munosabatdan foydalanib, ne`mat uchun iste`molchining muvozanatlik shartini quyidagicha yozish mumkin: , Shunday qilib, iste`molchining muvozanat nuqtasida iste`mol qilinadigan ne`matlarning chekli naflari nisbati, shu ne`matlar narxlarining nisbatiga teng. Bu muvozanatlik sharti ixtiyoriy miqdorda ne`matlar qatnashgan iste`molchining tanlovi masalasi uchun o`rinlidir. Muvozanatlik shartiga ko`ra, iste`molchi daromadini shunday taqsimlaydiki, natijada tovarlarning har biriga sarflangan oxirgi pul birligi (oxirgi so`m, oxirgi dollar, oxirgi rubl) bir xil chekli naf keltirsin. Agar shunday bo`lmasa, iste`molchi kamroq chekli naf beradigan oxirgi so`mini, ko`proq chekli naf beradigan ne`matga qayta taqsimlashi mumkin bo`ladi. Ikkita ne`mat bo`lganda, iste`molchi o`z nafligini maksimallashtiradi, qachonki quyidagi ikki shart bajarilsa. Birinchi shartga ko`ra, bu ne`matlar uchun , ularning narxlari nisbatiga teng bo`lsa, ya`ni muvozanatlik sharti (S) bajarilsa. Ikkinchi shart-iste`molchining daromadi to`liq sarflansa ( tenglik bajarilsa). Agar har doim narxlar nisbatidan yuqori yoki pastda bo`lsa, u holda iste`molchi o`z nafligini faqat bitta tovar sotib olish bilan maksimallashtiradi. Yuqoridagi shartlarga asoslangan holda iste`molchining tanlovi masalasining echilishi, talab funktsiyasini oshkora ko`rinishda olishga imkon yaratadi. Ikkita ne`mat uchun quyidagi iste`molchi tanlovi masalasini qarab chiqamiz. Naflik funktsiyasi: , . Optimallik shartidan ; ; . Bu munosabatdan ne`matlarga sarflanadigan mablag`lar teng bo`lishi kerak: , , bu munosabatni byudjet chizig`i tenglamasiga qo`yib birinchi ne`mat uchun talab funktsiyasini aniqlaymiz. , va ikkinchi ne`mat talab funktsiyasi aniqlanadi: . Xulosa. Naflilik — moddiy va maʼnaviy neʼmatlar, tovarlarning oʻz xususiyatlariga koʻra, ehtiyojlarni qondirish xossasi ya’ni tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilishdan har bir shaxs oladigan muayyan qoniqish. Iqtisodiy nazariyaning asosiy tushunchalaridan biri. Naflik darajasi — subʼyektiv tushuncha, u shaxsning manfaati, u yoki bu neʼmatga intilishiga bogʻliq. Neʼmatlarning inson uchun muhimligi va ahamiyati ularning inson uchun nafliligiga — ular qondiradigan ehtiyojlarning ehtiyojlar tartibidagi oʻrniga, darajasi va ahamiyatiga bogʻliq. Har qanday neʼmatlarning naflik darajasi uning tabiiy xossalariga, sifatiga bogʻliq. Mahsulot nafliligi oʻsishi uchun uning tabiiy va sunʼiy yaratilgan xossalari sifatini yaxshilash lozim.Masalan , buyumning sifati yaxshilanib xizmat qilish muddati 2 marta ortsa, uning nafliligi 2 marta ortib, oldingisiga nisbatan 2 marta koʻproq ehtiyojni qondiradi. Shuning uchun ham iqtisodiy oʻsishning muhim omili mahsulot sifati va uning naflik darajasini oshirishdir. Ayrim tovarlardan qoniqish yakka qoniqishdir, ammo tovarlarni isteʼmol etishda umumiy qoniqish ham paydo boʻladi. Umumiy naflik — isteʼmol qilinadigan boyliklarning barcha tarkibiy qismlari boʻyicha nafliligidir. Umumiy naflik tovarlar guruhiga daxldor va kishilar talabini tez oʻzgartiradi. Umuman olganda tovarlar xilma-xil boʻlganda naflik pasayishga moyil boʻladi. Tovarlarning naf keltirish xususiyati — isteʼmol etish jarayonida isteʼmolchida qoniqish hosil eta olishi, yaʼni xaridorning individual didiga qarab ehtiyojni qondira olishidir. Tovarning naf keltirishi qanchalik yuqori boʻlsa, shunchalik narxning qiymatdan uzilishi ham yuz beradi. Ammo bunday hol kam uchraydi, chunki tovarlar gʻoyat koʻp boʻlganidan ayrim tovarlar nafliligi oʻta yuqori boʻlmaydi, oʻrinbosar tovarlardagi naflik uni tutib turadi. Narxning tovar nafliligiga monand oshib borishi cheksiz emas. Chunki naf keltirish meʼyorining ham eng oxirgi chegarasi boʻladi. Shu chegaradan oʻtgach, tovarning nafligi pasaya boradi. Shundan soʻng , xarid etilgan va isteʼmol qilingan tovar nafligi pasayadi. Chunki, xarid narxining cheklanganligi tufayli xaridor oʻz qoʻlidagi puliga yuksak qoniqish hosil qiladigan tovarlarni oladi. Bu nafning yuqori nuqtasi ya’ni maksimizatsiyasi deyiladi. Bozor sharoitida isteʼmol tanlovining asosiy chegaralari tovarning narxi va isteʼmolchining daromadi hisoblanadi. Shu sababli, nafaqat tovarning nafliligi, balki nafning mazkur tovar narxi bilan nisbati ham ahamiyatga ega. Bunday nisbat chamalangan meʼyoriy naflik deyiladi. Jamiyat rivojlanishida moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning naflik juda muhim masala boʻlganidan iqtisodiy tafakkur tarixida obʼyektiv va subʼyektiv nuqtai nazarlarda turadigan bir qancha naflik nazariyalari paydo boʻldi. Naflik muammosiga siyosiy iqtisoddagi avstriya maktabi vakillari E. Byom-Baverk, F. Vizer, K. Menger, shuningdek, G.Gossen va boshqa katta eʼtibor berganlar. Ularning fikricha, kishilar neʼmatlarni naflikga ega boʻlgani uchungina qadrlaydilar, isteʼmolchi nazarida qadrli boʻlgan narsagina qadr-qimmatga egadir. Kishilar muayyan tovarlarni qadrlaganlarida uning faqat obʼyektiv yoki subʼyektiv naflikni ya’ni uni isteʼmol etishdan olinadigan qoniqishni, nafni hisobga olish bilan cheklanmasdan, uning mehnat natijasi ekanligi, ijtimoiy mehnatning mujassam ekanligini, yaʼni muayyan ijtimoiy qiymatga ega ekanligini ham hisobga oladilar, tovarni obʼyektiv naflik va ijtimoiy qiymat birligidan iborat mahsulot sifatida qadrlaydilar. Neʼmatning suʼyektiv qadr-qimmati uning obʼyektiv qadr-qimmatining , obʼyektiv nafligi va ijtimoiy qiymati birligining insoniy ehtiyoj, farovonlik nuqtai nazaridan qadrlanadigan subʼyektiv ahamiyatidir . Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling