3-variant Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullari


Download 1.66 Mb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1642472
  1   2   3

3-variant
1. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullari. Tayanch iboralar: dialyektika, abstraksiya, tahlil, sintez,induksiya, deduksiya, statistik.
Uslubiyat - bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir.
Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llaniladigan bu tamoyillaming ayrimlari quyidagilardir:
1) iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda, o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o‘zgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo‘ladi;
2) iqtisodiy jarayonning har bir bo‘lagini alohida olib, uning o‘ziga xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda o‘rganish;
3) iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha rivojlanishda, deb qarash. Bu yerda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.
4) ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o‘zaro kurashiga rivojlanishning manbai sifatida yondashish.
Ilmiy abstraksiya usuli - tafakkur va tahlil paytida xalal berishi mumkin bo’lgan 2-darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o’rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tibor qaratishdir.
Tahlil - bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o‘rganish.
Sintez - bu o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili tanxiy nvojlamsh nuqtai nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo qiladi
Foydalanilayotgan usullar ichida eksperiment usuli ma’lum o‘rin egallaydi, iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi.
Induksiya va deduksiya bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduksiya deb ataladi
Iqtisodiy jarayonlami o‘rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv usuli muhim o‘rin tutadi. Bunda barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar bir-biriga qarama-qarshi ikki tomon birligidan iborat deb qaraladi. Masalan, tovar qiymati va naflilikning birligidan iborat degan nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo‘l qo‘yilib, yanglish tasawurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling