3-variant Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullari


Talabning narxga ko‘ra elastikligi


Download 1.66 Mb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1642472
1   2   3
2.Talabning narxga ko‘ra elastikligi.Tayanch iboralar: Omillar o‘rgarishi, narxga ko‘ra elastiklik, nuqtaviy elastiklik, yoysimon elastiklik, daromad
Elastiklik - bir o‘zgaruvchining boshqa bir o‘zgaruvchi ta’siri ostida o‘zgarishini o‘lchaydigan o‘lchov. Aniqroq qilib aytganda, biror o‘zgaruvchining bir foizga o‘zgarishi natijasida boshqa bir o‘zgaruvchining ma’lum foiz miqdoriga o‘zgarishini ko‘rsatadigan ko‘rsatkichdir. Bunga eng yaqqol misol sifatida narxga bog‘liq talab elastikligini keltirish mumkin. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o‘zgarishi, unga talabni necha foizga o‘zgartirishini ko‘rsatadi.



3.Qisqa muddatli davrda o‘rtacha xarajatlar va chekli xarajat.Tayanch iboralar: O‘rtacha doimiy, o‘zgaruvchan, umumiy xarajatlar, masshtab samarasi, chekli xarajat.
Firmaning ishlab chiqarishi va xarajatlari to‘g‘risida gapirganda ularni ikki xil vaqt oralig‘ida qarash lozim, qisqa muddatli va uzoq muddatli.
Qisqa muddatli oraliq - bu shunday vaqt oralig‘iki, firma bu oraliqda faoliyat ko‘rsatganda, u ishlab chiqarish omillaridan kamida bittasining hajmini o‘zgartira olmaydi. Bunday omilga o‘zgarmas ishlab chiqarish omillari deyiladi. O‘zgarmas omil sifatida firma kapitali - ishlab chiqarish quvvati hisoblanadi. Masalan, firma kapitalidan foydalanish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun odatda uzoq vaqt talab qilinadi. Yangi zavod qurish uchun, birinchi navbatda uning loyihasi ishlab chiqiladi, uskuna va texnologik liniyalar sotib olinadi va o‘rnatiladi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi (kamida bir yil).
Uzoq muddatli oraliq - bu oraliqda firma ishlab chiqarishda foydalanayotgan barcha ishlab chiqarish omillari hajmini (ishlab chiqarish quvvatini ham) o‘zgartiradi. Uzoq muddatli oraliqda barcha ishlab chiqarish resurslari o‘zgaradi va bunday resurslarga o‘zgaruvchan resurslar deyiladi. Qisqa muddatli oraliqda firma ishlab chiqarish quvvatini o‘zgartira olmaydi, lekin undan foydalanishni intensivlashtirishi mumkin. Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish quvvati ham o‘zgaradi. Albatta uzoq va qisqa muddatli oraliqlar har-xil mahsulotlar uchun turlicha bo‘lishi mumkin.
Har bir firma mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq хarajatlarni amalga oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan moddiy rеsurslar (asosiy vositalar eskirishi, xomashyo va materiallar, ehtiyot qismlar va boshqa) va jonli mеhnat ishlab chiqarish хarajatlarini tashkil qiladi. Firmaning mahsulot ishlab chiqarish, sotish va boshqa firma-moliyaviy faoliyati natijasida yuzaga kеladigan хarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin
1. Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko‘ra:
- ishlab chiqarish хarajatlari;
- noishlab chiqarish хarajatlari.
2. Mahsulot tannarхiga olib borilishi jihatidan:
- bеvosita хarajatlar;
- bilvosita хarajatlar.
3. Firmaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa firma faoliyati natijasida yuzaga kеladigan:
- mahsulot tannarхiga kiritiladigan хarajatlar;
- davr хarajatlari;
- moliyaviy faoliyat bo‘yicha хarajatlar;
- favqulodda zararlar.
O‘zgarmas xarajatlar (TFC - fixed costs) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlardir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o‘zgarmaydigan xarajatlar). O‘zgarmas xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar, ijara haqi, kapital ta’mirlash, ma’muriy xarajatlar kiradi.
O‘zgaruvchan xarajatlar (TVC - Variable Costs) - mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ya’ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o‘zgaradigan xarajatlar. O‘zgaruvchan xarajatlar Q ga bog‘liq funksiya bo‘lib, TVC(Q) ko‘rinishida yozilishi mumkin.
O‘zgaruvchan xarajatlarga xom ashyoga, elektr energiyasiga, gazga, yordamchi materiallarga bo‘lgan xarajatlar hamda ish haqi kiradi.
Umumiy xarajatlar (TC - Total Costs) - qisqa muddatli orliqda ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisiga teng: . TC=TFC+TVC(Q) Bu yerda: TFC- o‘zgarmas xarajatlar, TVC(Q) - o‘zgaruvchan xarajatlar.
Chekli xarajat (MC - Marginal Cost) - ishlab chiqarish hajmini kichik miqdorga (odatda bir birlikka) oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha umumiy xarajatdir:


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling