3-variant Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullari
Yalpi talab va yalpi taklif (AD-AS) modelida narxlar va milliy ishlab chiqarish real hajmining muvozanatli darajalari
Download 1.66 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tahlili
4.Yalpi talab va yalpi taklif (AD-AS) modelida narxlar va milliy ishlab chiqarish real hajmining muvozanatli darajalari
Tayanch iboralar: Keyns kesma, vertikal yoki Klassik kesma, jami talab egri chizig‘I, daromad samarasi, aylanish tezligi. 5.Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tahlili Tayanch iboralar: Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tahlili qilish usuli; ideal vaziyat; debitorlik va kreditorlik qarzlarining dinamikasini tahlil qilish. Korxonalar o’rtasida bo’ladigan, shuningdek, kredit tashkilotlari va nazorat tashkilotlari o’rtasidagi hisob kitoblarda to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan vaqt bo’yicha farqlanishlar kelib chiqadi. Bunda korxona tomonidan to’lanishi lozim bo’lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, olinishi lozim bo’lgan majburiyatlar esa debitorlik majburiyatlar hisoblanadi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlariga quyidagicha sharx berish mumkin. Qarshi tamonga to’lanishi lozim bo’lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, qarshi tamondan olinishi lozim bo’lgan majburiyatlar debitorlik majburiyatlari deyiladi. Tahlil etishning asosiy maqsadi – debitorlik va kreditorlik majburiyatlari aylanish davrini tezlashtirish asosida korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash borasida chora-tadbirlar belgilashdan iborat. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo’yicha hisobot, ma’lumotnoma har oyning 1-sanasida tuzilib, tegishli tashkilotlarga topshiriladi. Ushbu ma’lumotnomadan korxonaning majburiyatlar balansini ham tuzish mumkin. Tahlil etishda korxonalarning muayyan davrga bo’lgan o’zaro debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining holatiga, tarkibiga, tashkil topish muddatlariga, yuzaga chiqish sababalariga, debitorlik va kreditorlik majburiyatlarning oqlanuvchanligiga, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo’yicha dargumon qarzlarning yuzaga chiqishiga baho beriladi. Korxonalarning debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini o’rganishda moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari: • Debitorlik va kreditorlik qarzlarining yuzaga chiqish sabablarini o’rganish; • Korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatiga baho berish; • Debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelish muddatlari bo’yicha tasniflagan holda o’rganish; • Kreditorlik qarzlarining tarkibiy tuzilishi va dinamik o’zgarishlariga baho berish; • Debitorlik va kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligiga baho berish; • Muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining mavjudligini va ularni tugatish yo’llarini o’rganish; • Qarzlarni kamaytirish bo’yicha mavjud imkoniyatlarni ko’rsatib berish va hakozo. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini o’rganishda asosiy axborot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: • Korxonaning «Buxgalteriya balansi” (1-shakl) ma’lumotlari; • “Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma”dan; • Buxgalteriya hisobining debitorlik va kreditorlik qarzlarini aks ettiruvchi tegishli schyot ma’lumotlari. Tahlil bosqichlari quyidagilarni taklif qiladi: * DQ va KQ tuzilishini o'rganish; * DQ va KQ promezh qoldiqlarini solishtirish; * dinamikani baholash; * aylanmani hisoblash. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling