3. Xulosa 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning toifalari


Download 77 Kb.
bet2/6
Sana27.01.2023
Hajmi77 Kb.
#1132709
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUHOFOZA QILINADINGAN TABIIY HUDUDLARNING QONUN VA QONUN OSTI XUJJATLARDA O\'Z AKSINI TOPISHI

5-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning toifalari
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi va rejimiga qarab quyidagi toifalarga bo‘linadi:
davlat qo‘riqxonalari;
majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari;
tabiat bog‘lari;
davlat tabiat yodgorliklari;
ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar;
muhofaza etiladigan landshaftlar;
ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda davlat biosfera rezervatlari, milliy bog‘lar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish nazarda tutilishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga bo‘lgan mulk huquqi
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat mulkidir va uning muhofazasidadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar xususiy buyurtma qo‘riqxonalar hamda tabiiy pitomniklar tashkil etish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berilishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
7-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari va akvatoriya uchastkalari
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga kiradi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari va akvatoriya uchastkalarida mazkur hududlardan foydalanishning belgilangan maqsadiga zid har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yoki ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan faoliyatni cheklash yoki taqiqlash uchun yer uchastkalarini saqlash vazifasi belgilanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etishda yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini cheklash yoki tugatish tufayli ularga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikka muvofiq qoplanadi.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondidagi yerlar ajratib berilganda qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi ko‘radigan zarar va talafotlarning o‘rni qoplanmaydi. Oldingi tahrirga qarang. Davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo‘riqxonalarning (ovchilik xo‘jaliklarida tashkil etilgan buyurtma qo‘riqxonalar bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog‘larning yer uchastkalariga yer solig‘i solinmaydi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan hollarda yer solig‘i undiriladi.
(7-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI bo‘limi (“Yer solig‘i”)ga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalarini (milliy bog‘larning yer uchastkalaridan tashqari) jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga alohida hollarda yo‘l qo‘yiladi. Milliy bog‘lar yer uchastkalarining jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(7-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37, 38-moddalariga qarang. Yuridik va jismoniy shaxslar davlat tabiat yodgorliklarini, buyurtma qo‘riqxonalarni, tabiiy pitomniklarni muhofaza qilish bo‘yicha zimmalariga yuklatilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlamagan taqdirda ular egallab turgan yer uchastkasi olib qo‘yilishi mumkin.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari hamda akvatoriya uchastkalarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni olib qo‘yish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(7-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 9-bobiga (“Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar”) qarang.

Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling