16-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha barcha tashkiliy, tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi, texnikaviy va boshqa tadbirlardan iborat.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari tasarrufida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalari davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda
17-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanishini tashkil etish
Davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari va davlat biosfera rezervatlarini qo‘riqlash qo‘riqlov xodimlari tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |