3. Xulosa 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Download 77 Kb.
bet3/6
Sana27.01.2023
Hajmi77 Kb.
#1132709
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUHOFOZA QILINADINGAN TABIIY HUDUDLARNING QONUN VA QONUN OSTI XUJJATLARDA O\'Z AKSINI TOPISHI

8-modda. Fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirish erkinligi
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar fuqarolar kirib chiqishi uchun ochiqdir, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. O‘simliklar va hayvonlarning noyob hamda yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlarini, bunday o‘simliklar o‘sadigan va bunday hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ayrim qismlariga fuqarolarning kirishi mazkur hududlar qaysi davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘lsa, shu davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan cheklanishi yoki man etilishi mumkin.
Fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi shu hududlarda bo‘lishning maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan tasdiqlanadigan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Fuqarolarning ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda pullik asosda amalga oshirilishi mumkin.
Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda aholining tarixan qaror topgan tarzda yashashi mazkur hududlarning rejimiga rioya etish sharti bilan saqlab qolinishi mumkin.
9-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
10-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning ishtiroki
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish tadbirlarini amalga oshirishda davlat organlariga ko‘maklashadilar. Davlat organlari ana shu tadbirlarni amalga oshirayotganda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning takliflarini inobatga oladilar.
Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishga aholini jalb etish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolar vakillaridan mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori bilan maslahatlashuv komissiyalari tuzilishi mumkin. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni va ularning qo‘riqlanma zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi, ana shu hududlarda yashovchi aholining manfaatlariga daxldor qarorlar maslahatlashuv komissiyalarining xulosalari inobatga olingan holda qabul qilinadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tegishli davlat organlaridan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida axborotlar talab qilish hamda olish huquqiga ega.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilayotgan, muhofaza qilinayotgan hamda ulardan foydalanilayotganda qonunchilikda belgilangan tartibda jamoat ekologiya ekspertizasini o‘tkazishlari va jamoat ekologiya nazoratini amalga oshirishlari mumkin.
(10-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 12-apreldagi O‘RQ-474-son “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-maydagi 73-II-son “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi.
II. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish

Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling