3. Yuqori orqa harakatchanlik muammolari Dinamikaning asosiy qonunlari va tushunchalari


Download 1.37 Mb.
bet1/3
Sana24.10.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1718550
  1   2   3
Bog'liq
biomexanika 1




Inson tanasi harakatining dinamikasi.
Reja

  1. Dinamikaning asosiy qonunlari va tushunchalari.


2.Kuch va kuch momenti, kuch impulsi va kinematik moment.

3. Yuqori orqa harakatchanlik muammolari

Dinamikaning asosiy qonunlari va tushunchalari.
Sakrash bu – ma'lum bir masofani uchib o`tishdir. Sakrashdan oldin odam sathdan itariladi (depsinadi), undan keyin uchish boshlanadi va oxirida yerga kelib tushadi. Sakrash harakati 4 fazaga (bo`lakka) bo`linadi.
1. Tayyorlanish fazasi. Bu faza, ayniqsa katta masofaga sakrash kerak bo`lsa qo`llaniladi. Tayyorlanish fazasi ma'lum bir masofani yugurib o`tishdan iborat. Bunda qadam tashlash ritmiga katta e'tibor berish kerak. Tayyorlanish fazasining boshida yugurish tezligi uncha katta bo`lmasa ham oxirida tezlik oshib boradi.
2. Depsinish fazasi. Bu fazada depsinuvchi oyoq rostlanadi, natijada sportchi tanasining u.o.m. (umumiy og`irlik markazi) sath yuzasidan ajraladi va kinetik energiya hisobiga yuqoriga va oldinga qiladi.
3. Uchish fazasi. Uchish fazasi sportchining oyog`i sath yuzasidan uzilishidan to yana sath yuzasiga kelib tekkuncha davom etadi. Uchish davrida sportchi u.o.m. atrofida aylanma harakatlarni qiladi. Bu davrda u tanasining aylanish tezligini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Lekin u.o.m. trayektoriyasining harakati o`zgarmaydi.
4. Qo`nish fazasi. Uchish fazasi sathga kelib tegish fazasi bilan tugallanadi. Qo`nish paytidan boshlab amortizatsiya boshlanadi. Sath bilan tana o`/aro ta'sir qilishi vaqtida sportchi tanasida inersiya kuchi hosil bo`Iadi. Bu kuch tananing harakati bo`ylab yo`nalgan bo`ladi va tanaga ta'sir ko`rsatadi. Tanaga qarama-qarshi tomondan, inersiya kuchiga teng bo`lgan sathning qarshilik ko`rsatish kuchi ta'sir etadi. Kuchlarning ikki tomondan ta'siri natijasida sportchining tanasi deformatsiyaga uchraydi. Tana mushakharakatlarining deformatsiyasi (cho`zilishi) natijasida tana harakati sekinlashadi va u.o.m. harakati to`xtaydi. Amortizatsion yuklamalar qo`nayotgan odam kinetik energiyasining kattaligiga va amortizatsiya yuzaga keluvchi masofaning uzunligiga bog`liq.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling