M/s tezlik bilan 20 m uzunlikdagi qator tashkil qilib yugurishmoqda. Ularga qarama-qarshi tomondan trener m/s


Download 14.57 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi14.57 Kb.
#261062
Bog'liq
1-mavzu boyicha amaliy mashgulot topshirigi 8


  1. Mavzu bo’yicha. Amaliy mashg’ulot uchun savollar




  1. Sportchilar 3 m/s tezlik bilan 20 m uzunlikdagi qator tashkil qilib yugurishmoqda. Ularga qarama-qarshi tomondan trener 1 m/s tezlik bilan yugurib kelmoqda. Har bir sportchi trenerga to’g’rima-to’g’ri kelgandan so’ng orqaga o’shanday tezlik bilan yugurishni boshladi, hamma sportchilar burilib bo’lgandan so’ng qatorning uzunligi nech metr bo’ladi?



  1. Agar qayiq oqim bo’ylab 22 km/h va oqimga qarshi 18 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan bo’lsa, oqim tezligini toping(km/h).



  1. Avtomobilning tezligi 54 km/h , shamolning tezligi 3 m/s va avtomobilning harakat yo’nalishiga teskari yo’nalgan. Shamolning avtomobil bilan bog’liq sanoq sistemasidagi tezligini toping.



  1. 54 km/h tezlik bilan tekis harakat qilayotgan poyezd yo’lovchisi oynadan poyezd yo’nalishida kattaroq tezlik bilan harakat qilayotgan 300 m uzunlikli ikkinchi poyezdni 60 s davomida o’tib ketganini kuzatdi. Ikkinchi poyezdning tezligini toping(km/h)?



  1. 54 km/h bilan harakatlanayotgan yo’lovchi poyezdining darchasi oldida turgan yolovchi qarama-qarshi tomondan 36 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan, uzunligi 150 m ikkinchi poyezdni qancha vaqt(s) davomida kuzatadi?



  1. Avtomobil 45 km/h tezlik bilan 10 s harakatlanib shunday yo’l bosib o’tdiki, bu yo’lni xuddi o’sha yo’nalishda harakatlanayotgan avtobus 15 s davomida bosib o’tadi. Ularning nisbiy harakat tezliklarini toping(km/h).



  1. Katta yo’lda bir tomonga harakat qilayotgan mototsikldan birinchisining tezligi 10 m/s, ikkinchisining tezligi 20 m/s ga va harakat boshida birinchi mototsikldan 200 m orqada. Ikkinchi mototsikl birinchi mototsiklni necha sekunddan so’ng quvib yetadi.



  1. Qayiqning tezligi oqim tezligidan ikki marta katta. Qayiqning oqim bo’ylab va oqimga qarshi harakati davomida ikki punkt orasini bosib o’tish uchun ketadigan vaqtlarini taqoslang.



  1. Eskalator tekis harakatlanayotib yo’lovchini 1 min da yuqoriga chiqaradi, eskalator tinch turgan holatda yo’lovchi tekis harakatlanib 3 min da yuqoriga chiqadi. Agar yo’lovchi harakatlanib borayotgan eskalatorda ko’tarilishni boshlasa u nech soniyada yuqoriga chiqadi?




  1. Shamolsiz havoda samolyot A shahardan B shaharlarga borib kelish uchun 8 soat sarflaydi. Agar A shahardan B shaharga 20 m/s tezlik bilan shamol esishni boshlasa uchish vaqti nech minutga ortadi. Samolyotning havoga nisbatdan tezligi 312 km/h .

Download 14.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling