1. So`g`lomlashtiruvch yugurishni inson organizmi uchun tutgan o`rni. Sog‘lomlashtiruvchi yugurishda yuklama


Download 190.5 Kb.
bet1/10
Sana02.01.2022
Hajmi190.5 Kb.
#198329
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Жавоблар


Sog‘lomlashtirish vazifasining mashg‘ulotdagi o‘rni va ahamiyati

Reja:
1. So`g`lomlashtiruvch yugurishni inson organizmi uchun tutgan o`rni.



2.Sog‘lomlashtiruvchi yugurishda yuklama

3.Chidamlilik qobilyati va uni tarbiyalash uslubiyati

4.Sog‘lomlashtiruvchi yugurish turi bilan shug‘ullantirishmashg‘ulotlarini bosqichlari

5. Mashqlar me'yorining inson organizmiga ta'siri

.


Salomatlikni saqlab qolish va mustahkamlash uchun jadal jismoniy faoliyatning ekvivalenti (tengi) yo‘q. Hyech qanday dori-darmonlar jismoniy mashqlar kabi, xususan, yugurishdan olinadigan samarani bermaydi.

Sog‘lomlashtiruvchi yugurish bu salomatlikni saqlash va mustahkamlashning eng oddiy usuli bo‘lib, eng samarali vosita-laridan biridir. Yugurishning alohida qimmati shundaki, yugurish bilan turli yoshdagi, jismoniy tayyorgarligi turlicha bo‘lgan kishilar shug‘ullana oladilar. Yugurish jarayonida organizmning hayoti uchun zarur barcha tizimlar yurak qon-tomir tizimi, nafas olish organlari ish faoliyati faollashadi. Alohida imkoniyatlardan kelib chiqib, yuklamani oson o‘lchab berish mumkin. U harakat-lanishning tabbiy, odatiy usuli bo‘lib, har qanday ob-havo sharoitida, har xil vaqtda amalga oshirilishi mumkin.

Darhaqiqat, bugungi jamiyat sharoitida aholining salomatligini, mustah-kamlash muammosi birinchi darajali masalalar orasidan o‘rin olgan.

Insonning harakat faolligi va uning hayot tetikligini saqlashdagi biologik ahamiyati sog‘lomlashtiruvchi yugurish mashg‘ulotlarining shakl va usullariga bog`liq bo`lib sog‘lomlashtiruvchi yugurish bilan shug‘ullanishda mashg‘ulotni tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari bordir.



Hozirgi kunda xalqaro sport olamida natijalar keskin o‘sib bormoqda. Sport mashg‘ulotlari va musobaqalarda bajariladigan yuklamalarning hajmi va shiddati sportchining funksional imkoniyatlari chegarasida amalga oshiriladi. Shuning uchun sportchilarni jarohatlab qo‘yish va zo‘riqishlardan asrash maqsadida yuklamalarni individual fiziologik imkoniyatlar darajasiga mos qilib berish lozim.

Millatimiz kelajagi bo‘lmish yosh avlodning jismoniy, aqliy va ma'naviy salohiyatini rivojlantirish Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq faravonligi yo`lidagi jamiyatimizning olijanob asosiy maksadidir.

Maktabda o‘quvchi yoshlarni ommaviy sog‘lomlashtiruvchi yugurish turlariga va o‘quv-mashg‘ulotlari va jismoniy tarbiya darslari jarayonini shakllantirish, ularning asosiy jismoniy sifatlarini tarbiyalash va sog`ligini mustaxkamlash kabi vazifalarni qo`yishdan iboratdir.


Download 190.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling