1. So`g`lomlashtiruvch yugurishni inson organizmi uchun tutgan o`rni. Sog‘lomlashtiruvchi yugurishda yuklama


So`g`lomlashtiruvch yugurishni inson organizmi uchun tutgan o`rni


Download 190.5 Kb.
bet2/10
Sana02.01.2022
Hajmi190.5 Kb.
#198329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Жавоблар

1. So`g`lomlashtiruvch yugurishni inson organizmi uchun tutgan o`rni.

Kam harakatli turmush tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish, hissiy zo‘riqishlar bugungi kunda salomatlikning sifati va holati to‘g‘risidagi masalani kun tartibiga olib chiqib qo‘ydi. Kam harakatchanlik odamning o‘zgaruvchan hayotiy sharoitlarga moslashuvi qobiliyati sifatida tushuniladigan salomatlikning sifati pasayishiga olib keladi. Eramizdan avval yashagan yunon faylasufi Arastu (Aristotel) yozgan edi: “Hyech narsa inson organizmini uzoq muddatli jismoniy faoliyatsizlik kabi quvvatdan qoldirib, vayron etmaydi”. Odamning harakat faolligi, jismoniy mashqlar kasalliklarning oldini olish vositalari, salomatlikni mustah-kamlash, uning ish qobiliyatini saqlab turishning muhim omillari hisoblanadi.

Agar odamning ko‘pgina a'zolari: qo‘l va oyoqlari, ko‘zlari, quloqlari, buyraklari – juft a'zolar bo‘lsa, taloq, jigar, yurak – bittadan, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish zarur. Yurakka yordam beruvchi millionlab “yurakchalarimiz” bor, bu – skelet mushaklari tizimi. Mushaklar odam organizmining eng muhim a'zosi – yurakka ko‘maklashib, uning yuklamasi bir qismini o‘z zimmalariga oladilar. Yurakka bir oz dam beradilar. Biroq bu qo‘shimcha “yurakchalarni” rivojlantirish uchun insonlar mashq qilishi boshqacha aytganda, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari lozim.

Sog‘lomlashtiruvchi yugurish bilan shug‘ullanganda, odam organizmida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Yugurish vaqtida qonning zarb daqiqali hajmi 70 dan 120-140 ml gacha ortadi. Yurakning har bir qisqarishi koronar arteriya-larning cho‘zilishiga olib keladi. Qon tomirlarining bunday “uqalanishi” bir necha yillik muntazam mashg‘ulotlardan keyin ularning oralig‘ining 2 barobar kengayishiga olib keladi. Yugurish ta'siri ostida yurak mushaklarida va oyoq mushaklaridagi kapil-lyarlarning (qil tomirlari) soni ancha ortadi.

Yugurishdan keyin tomir tarmoqchalarining ichki oraliqlari kengayishi saqlanib qoladi, bu ko‘tarilgan qon bosimining pasayishiga olib keladi. Ko‘krak qafasi va tosning harakatlari jigar, oshqozon osti bezi, taloqning uqalab, ovqat xazm qilish yo‘li faoliyatini jadallashtiradi. Bundan tashqari, yugurish asab tizimiga ijobiy ta'sir qilishi qayd etiladi. Ishlayotgan a'zolardan keladigan impulslar miya po‘stlog‘i ostidagi sohalarni quvvatlantirib, ularni faollashtiradi. Odamning kayfiyatini boshqaruvchi miya hududlarini bu tarzda quvvatlantirib turishi, ayniqsa, uning yoshi 40 dan oshganida, miya tomirlarida skleroz rivoj-lana boshlagan bo‘lsa, yaxshi natija berib kayfiyatni yaxshilashga, hissiy ko‘tarinkilikni yuzaga keltirishga ko‘maklashadi.

Lo‘killab yugurish qon aylanishini tezlashtiradi. Qon orga-nizmdan ancha yuqori shiddat bilan harakatlanib, undagi barcha hujayralarni mikroelementlar, kislorod va boshqa foydali modda-lar bilan jadalroq ta'minlaydi, bu esa moddalar almashinuvini tezlashtiradi.

Yugurishning qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi hozirgi kunda aniqlangan. Mushaklar orqali birinchi navbatda uglevodlarning oksidlanishi hisobiga amalga oshgani uchun uglevodlarga (asosiy quvvat beruvchi mahsulotlar) barqarorlik ortadi. Insulinning eritrotsitlar (qizil qon tanachalari) bilan bog‘lanish qobiliyati ortadi.

Afsuski, insonlar to salomatligi tashvishga solmaguncha, sog‘lig‘ini asrash, kasalliklarning oldini olish haqida o‘ylamay-dilar. Kundalik ishlar yoki dangasalik bilan ertaga shug‘ullanishni boshlasa ham kech bo‘lmasligi to‘g‘risidagi xomxayollar insonlarni g‘aflatda qoldiradi, shuningdek, sog‘lomlashtiruvchi yugurish bilan shug‘ullanish qarorini noaniq muddatga orqaga suraveradilar. Vaqt esa o‘tib boradi, shunday payt keladiki, endi kasallikning oldini olish emas, balki uni davolash kerak bo‘ladi.

Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanganda, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qara-tiladi. Odamning hayot faoliyatini boshqaruvchi motor rolini uning yuragi bajaradi. Yurakni to‘xtovsiz ishlashi tufayli organizmda arteriya va vena qon tomirlari tizimida qonning harakatlanishi yuz beradi, u kislorod va quvvat tashuvchi moddalar – ozuqani hujayra-larga yetkazadi, modda almashinuvi oqibatida paydo bo‘lgan mahsu-lotlarni esa ulardan olib chiqib ketadilar. Organizmning me'yordagi faoliyatini ta'minlash uchun yurak bir sutkada 14.000 litrga yaqin qonni umumiy uzunligi 100.000 km dan ziyod tomirlar tarmoqlari bo‘ylab haydaydi.

Jismoniy mashqlar yurakning yanada shiddat bilan ishlashiga olib keladi. Aerob xususiyatli jismoniy yuklamalar (yugurish) nafas tizimi oldiga qo‘yadigan talablar ta'siri ostida ko‘krak qafasi harakatlarini ta'minlovchi mushaklar ish faoliyatini kuchaytiradi, kislorod tashishning fiziologik va biokimyoviy mexanizmlarini rag‘batlantiradi. Hujayralarda ularning quvvat fabrikalarida mitoxondriyalar miqdori ortadi, bir qator oksidlovchi-qaytaruvchi fermentlarning faolligi oshadi.

Shunday qilib, tashqi muhitdan olingan kislorodning qo‘lla-nilayotgan jismoniy mashqlar ta'siri ostida faoliyat ko‘rsatayotgan a'zolariga (birinchi navbatda, mushaklarga) yetkazilishini amalga oshiradigan mexanizmlarning butun zanjiri ilgaridan ko‘proq ishni bajarishga qodir bo‘ladi. Boshqacha aytganda, odamning fiziologik imkoniyatlari kengayib, uning salomatligi yaxshila-nadi. Demak, inson salomatligi sifati hamda uning jismoniy mashqlanganlik darajasi orasida kuchli bog‘liqlik mavjud ekan.

Jismoniy faollik o‘z-o‘zidan ijobiy hissiyotlarni paydo qiladi, “mushaklar shodligi” hissini tug‘diradi. Yoqimli sezgilar, tetiklik va hatto ko‘tarinki kayfiyatning paydo bo‘lish mexanizm-lari turli-tumandir. Birinchi navbatda, bu buyrak usti gormonlari, shu jumladan, asab jarayonlarini rag‘batlantiruvchi adrenalin va kortikosteroedlar ishlab chiqarish miqdorining ortganligi natija-sida sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, ular atrofidan, oksidlanish jarayonlari-ning umumiy kuchayishida aks etsa kerak. Va, nihoyat, jismoniy ish bajarilayotgan vaqtda endofrinlar, ya'ni miya faoliyatini boshqarish jarayonlarida ishtirok etadigan biologik faol moddalarning ishlab chiqarilishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar ham mavjud. Bu mexanizm-ning ishga tushishi bilan, xususan, psixika izdan chiqqan vaqtlarda jismoniy mashqlarning tushkunlikka qarshi beradigan samarasini ham bog‘laydilar. Jismoniy mashqlarning tinchlantiruvchi va rag‘batlantiruvchi ta'siri qo‘shimcha salbiy oqibatlari bo‘lgan dori vositalarining beradigan o‘xshash samarasidan ancha ustunlik bilan farq qiladi. Jismoniy mashqlar faollikning psixik va jismoniy tayyorgarligi orasidagi buzilgan muvozanatni tiklar ekan, asab jarayonlarining me'yorlashuviga olib keladi va shu tariqa to‘laqonli dam olishni ta'minlaydi.


Download 190.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling