3 zamonaviy mahalliy va xorijiy standartlar talablariga javob beradigan mahsulotlarni chiqarishni ta’minlaydigan texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish usullarini o‘zlashtirish


Umumiy qism (Dastlabki ma’lumotlarni tahlil qilish)


Download 65.01 Kb.
bet2/9
Sana29.04.2023
Hajmi65.01 Kb.
#1401667
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi Mashinasozlik texnologiyasi

Umumiy qism (Dastlabki ma’lumotlarni tahlil qilish)

Detal – roliklar liniyasi uchun oʻrnatish plitasi. Detal liniyaning mustahkamligini oshirib beradi. Detalning 3 ta proyeksiyasi toʻgʻri berilgan. Detalning vertikal proyeksiyasida kesimlar berilgan va unda 16 ta diametri 10mm boʻlgan otversiya, 2 ta paza (oʻlchami 10x110x4mm) koʻrsatilgan. Uning sirt gʻadir‑budurligi (baza uzunligi chegarasida profilning chetga chiqishini oʻrta arifmetik absalyut qiymatiga profilning oʻrta arifmetik chetga chiqishi (Ra) deyiladi). Yuzalarining gʻadir‑budirligi GOST 2789-96 talablariga mos keltirilgan. Oʻlchamlarning aniqlanmagan chegara ogʻishlari H14, h14,  . Detalning materiali 45‑markali poʻlat (Сталь 45), GOST 1050‑88 standartiga koʻra tanlangan. Massasi – 3,89 kg, chizma masshtabi – 1:2.
Detalning ishlab chiqarish turi – seriyali. Seriyali ishlab chiqarish, Seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallar partiyalab yoki seriyalab tayyorlanadi. Seriyali ishlab chiqarish sharoitida yil davomida tayyorlanadigan seriyadagi mahsulot (detal) miqdoriga qarab mayda kichik seriyali, o‘rta seriyali va ko‘p seriyali ishlab chiqarish bo'ladi.
Detalni vazifasi - roliklar liniyasida oʻrnatiladi, roliklar unga biriktiriladi. Yig‘ish birligida ishlaganda detalga oʻzgaruvchan yuklar ta’sir qiladi. Ish muhiti - havoda; havo haroratida.
Detal(36-raqamli) uchun tayyorlanayotgan ushbu “Yozma qism” (detalga mexanik ishlov berish uchun texnologik jarayonini loyihalash) bir nechta boʻlimlardan iboratdir: detallarning vazifasi, materiallarning xususiyatlari, detal konstruksiyasi tahlili, qoʻshimlarni hisoblash, zagatovkani olish usulini tanlash, marshrutli texnelogik karta, operatsiyali texnologiyalarni ishlab chiqish(kesish rejimlarini hisoblash). Undan tashqari detalning chizma qismi ham mavjud boʻlib u detal va homashyo, operatsiyali eskizlar chizmalaridir.


    1. Detalning vazifasi. Materiallarning xususiyatlari

Detalni vazifasi - roliklar liniyasida oʻrnatiladi, roliklar unga biriktiriladi.
Chiziqli rolikli konkining pichog'i uchun roliklarning mahkamlagichi poyabzalga mahkamlash qismini, poyabzalga mahkamlash qismiga ulashgan oraliq qismni va oraliq qismga ulashgan roliklarning mahkamlash qismini o'z ichiga olgan korpusdan iborat. Roliklarning o'rnatish qismida bir nechta roliklarni ketma-ket joylashtirilgan joylarga o'rnatish uchun mo'ljallangan rolik ushlagichlari mavjud, shunda roliklarning tashqi yuzalarida aloqa nuqtalari birinchi umumiy egri chiziqda yotadi, Roliklarning tashqi yuzalaridagi aloqa nuqtalari egrilik radiusi taxminan 10 m dan ortiq bo'lgan qismi bo'lmagan birinchi umumiy egri chiziqda yotadi, shuning uchun rolik yuzasida teginish nuqtasi har qanday berilganga darhol qo'shni bo'ladi. rolik ushbu rolikning aloqa nuqtasi bilan belgilangan nuqtada belgilangan egri chiziqqa teginish chizig'idan taxminan 0,1 mm va taxminan 13 mm oralig'ida joylashgan.
Materialning xususiyatlari. Poʻlat 45(Сталь45). Markadagi son yuzga boʻlinsa uglerodni oʻrtacha foizi kelib chiqadi(Сталь45 ­­– C=0,42÷0,50%). Poʻlat –­ temirning uglerod va boshqa elementlar bilan qotishmasi. Odatdagi texnik poʻlatning tarkibi – 0,05÷1,5% uglerod, 0,4% gacha kremniy, 0,1÷1% marganets, 0,08% gacha oltingugurt, 0,1% gacha fosfor va 96,92÷99,27% temirdan iborat. Qora metalurgiyaning asosiy mahsuloti bu po‘lat hisoblanadi. Barcha konstruksion uglerodli po‘lat tarkibida 0,3-0,8% Mn va 0,17-0,37% Si bo‘ladi. Shuning uchun ferritning qattiqligi HB-60-80 MPa bo‘ladi.
Doimiy qo‘shimchalarga fosfor va oltingurgurt ham kiradi. Bular po‘latning mexanik texnologik va boshqa xossalariga katta ta’sir qiladi. Shuning uchun har xil po‘latlar uchun ularning miqdori qat'iy chegaralangan. Fosfor po‘latga metallurgik ishlab chiqarish jarayonida rudadan, yoqilg'idan va flyusdan o‘tadi. Fosfor po‘latni plastikligini pasaytirib, yetarli darajada mo‘rtligini oshiradi. Shuning uchun po‘lat tarkibida fosfor miqdori 0,01-0,07% chegarasida bo‘lishi lozim.
Oltingurgurt temir rudasida va metallurgik yoqilgi tarkibida bo‘lib po‘latga metallurgik jarayon paytida o‘tadi. Temir sulfidi temir bilan oson eriydigan evtektikani hosil qiladi. (terish=988°C). Bu donalar chegarasida joylashadi va po‘latni mustahkamligi va plastikligini ancha pasaytiradi. O‘z navbatida po‘latni issiq holda (800-1200°C) texnologik ishlashda issiq darz ketishga olib keladi. Oltingurgurt po‘latni mo‘rtlashishga olib keladi. Shuning uchun po‘latdagi oltingurgurt miqdori qattiq nazorat qilinadi. Ma’sul detallar uchun uning miqdori 0,03-0,04% dan ortishi kerak emas.


    1. Download 65.01 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling