dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik huquqi isbotlanmagunga
qadar saqlanib qolaveradi.
Bugungi kunda kompyuter insonlarning o‘zaro munosabatlari, axborot
bilan almashishning bosh vositasiga aylandi.Kompyuter har qanday ishda
insonning eng yaqin yordamchisidir. Lekin kompyuterning o‘zi to‘laqonli
yordamchi emas. Uning qandaydir masalani hal qilishdagi foydaliligi
to‘laligicha u ishlaydigan dasturga bog‘liqdir. Dasturiy ta’minot
kompyuterning jonidir.
Har qanday EHMni ikki qismga bo‘lish mumkin:
1.Apparat-texnik (hardware)
2.Dasturiy ta’minot (software).
Dasturiy ta’minot yoki EHM uchun dastur bu EHMning tarmoqlari
va boshqa kompyuter vositalarining muayyan natijalar olish maqsadida
ishlash uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar va buyruqlar majmuidir.
Mualliflar mulkiy huquqlari shaxsiy nomulkiy huquqlar kabi o‘zining
huquqiy tabiatiga ega. Agarda, muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari
uning ajralmas huquqlari toifasiga kirsa, mulkiy huquqlar esa o‘zga
(uchinchi shaxs)larga ma’lum muddatlarda va ma’lum harakatlarni amalga
oshirish sharti bilan vaqtincha o‘tkazib turilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to‘g‘risida”gi Qonunining “Muallifning mulkiy huquqlari” nomli 19-
moddasida muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda
foydalanishda mutlaq huquqlarga ega ekanligi mustahkamlangan.
Muallifning huquqlarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:
shaxsiy nomulkiy huquqlar. Bu huquqlar jumlasiga u asarga muallif
bo‘lish huquqini, asarni nomlash huquqini, asar daxlsizligi huquqini va
asarni nashr qilish huquqlarini o‘z ichiga oladi;
mulkiy huquqlar.
144
Ayrim olimlar mualliflik huquqlarini shaxsiy va mulkiy huquqlarga
Do'stlaringiz bilan baham: |