30-mavzu: zamonaviy (amaliy) moliya va korporativ siyosat reja


-jadval Pierce Grain kompaniyasi uchun qo’llash mumkin bo’lgan kapital strukturalari


Download 168.77 Kb.
bet7/8
Sana23.12.2022
Hajmi168.77 Kb.
#1044851
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ZAMONAVIY (AMALIY) MOLIYA VA KORPORATIV SIYOSAT

29-jadval
Pierce Grain kompaniyasi uchun qo’llash mumkin bo’lgan kapital strukturalari




A REJA: 0% QARZ




Jami aktivlar

$200,000

Jami qarzlar




$ 0

Oddiy aksiyalar




$200,000a

Jami majburiyatlar va kapital




$200,000




B REJA: 25% QARZ 8% FOIZ STAVKASIDA




Jami aktivlar

$200,000

Jami qarzlar




$ 50,000







Oddiy aksiyalar




$150,000b

Jami majburiyatlar va kapital




$200,000




C REJA: 40% QARZ 8% FOIZ STAVKASIDA




Jami aktivlar

$200,000

Jami qarzlar




$ 80,000

Oddiy aksiyalar




$120,000c

Jami majburiyatlar va kapital




$200,000

a 2000 dona to’lanmagan oddiy aksiya. b1500 dona to’lanmagan oddiy aksiya. c1200
dona to’lanmagan oddiy aksiya
Keling, Pierce Grain kompaniyasini o’z faoliyatini boshlash jarayonida deb hisoblaylik. Firmaning potensial egalari biznesni yuritishga kerak bo’ladigan aktivlarni sotib olish uchun taxminan $200,000 mablag’ga egalar. $200,000 ni shakllantirish uchun uchta ehtimoliy moliyaviy reja aniqlangan bo’lib, ular 4 jadvalda berilgan. A rejaga ko’ra moliyaviy risk bo’lmaydi: $200,000 ning hammasi narxi $100 bo’lgan 2000 dona oddiy aksiya emissiya qilish orqali shakllantiriladi. B rejada esa risk darajasi o’rtacha bo’lishi nazarda tutilgan: aktivlarning 25 foizini yillik 8 foizlik foiz stavkasiga ega obligatsiya chiqarish orqali moliyalashtiriladi. C reja esa eng yuqori moliyaviy leverejni ko’zda tutadi: aktivlarning 40 foizi yillik foiz stavkasi 8 foiz bo’lgan obligatsiyalar hisobiga moliyalashtiriladi.
30-jadvalda moliyaviy leverejning bitta aksiyaga to’g’ri keluvchi foydaga ta’sirining tahlili keltirilgan. Agar FSTD $20,000 dan $40,000 ga o’sishi kerak bo’lsa, u holda aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foyda A rejaga ko’ra 100 foizga ko’payadi. FSTD dagi xuddi shunday o’zgarish bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foydani B rejaga ko’ra 125foizga, C rejaga ko’ra esa 147 foizga o’stirgan bo’lar edi. B va C rejalarda FSTD dagi 100 foizlik o’sish ($20,000 dan $40,000ga) bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foydani 100 foizdan ko’ra ko’proq foizlarda o’zgartiradi.
30-jadval.
FSTD ning turli darajalarida moliyaviy leverejning tahlili: Pierce Grain kompaniyasi misolida

(1)

(2)

(3)=(1)-(2)

(4)=(3)×0.5

(5)=(3)-(4)

(6)

FSTD

Foiz

Soliqqacha foyda

Soliqlar

Aksiyadorlarga beriladigan sof foyda

Bir aksiyaga
to'g'ri
keluvchi foyda

A REJA: 0% QARZ; $200,000 ODDIY AKSIYALI KAPITAL; 2000 DONA
AKSIYA

$ 0

$0

$ 0

$ 0

$ 0

$ 0

$ 20,000

$ 0

$ 20,000

$ 10,000

$ 10,000

$ 5.00

$40,000

$ 0

$ 40,000

$ 20,000

$ 20,000

$ 10.00

$60,000

$ 0

$ 60,000

$ 30,000

$ 30,000

$15.00

$ 80,000

$ 0

$ 80,000

$ 40,000

$ 40,000

$20.00

b reja: 25% qarz; 8% lik foiz stavkasi; $150,000 oddiy aksiyali kapital; 1500 dona aksiya

0

$ 4,000

$ (4,000)

$ (2,000)

$ (2,000)

$
(1.33)

$ 20,000

$ 4,000

$ 16,000

$ 8,000

$ 8,000

$ 5.33

$ 40,000

$4,000

$ 36,000

$ 18,000

$ 18,000

$ 00

$ 60,000

$ 4,000

$ 56,000

$ 28,000

$ 28,000

$18.67

$ 80,000

$4,000

$ 76,000

$ 38,000

$ 38,000

$ 25.33

b reja: 40% qarz; 8% lik foiz stavkasi; $120,000 oddiy aksiyali kapital; 1200 dona aksiya

$ 0

$ 6,400

$ (6,400)

$ (3,200)a

$ (3,200)

$ (2.67)

$20,000

$ 6,400

$ 13,600

$ 6,800

$ 6,800

$ 5.67

$ 40,000

$6,400

$ 33,600

$16,800

$ 16,800

$ 14.00

$60,000

$ 6,400

$ 53,600

$ 26,800

$ 26,800

$ 22.33

$ 80,000

$ 6,400

$ 73,600

$ 36,800

$ 36,800

$ 30.67

aManfiy soliq hisoboti Soliq Kodeksining oldinga o’tkaziluvchi va orqaga
qaytariluvchi moddalaridan kelib chiqqan holda, kreditlanadi
Bunda firma moliyaviy leverejga ega va quyidagi vaziyat mavjudligi sharoitida o’z egalarini moliyaviy riskka qo’yadi:

𝐚𝐤𝐬𝐢𝐲𝐚 𝐛𝐢𝐫𝐥𝐢𝐠𝐢𝐠𝐚 𝐭𝐨𝐠𝐫𝐢 𝐤𝐞𝐥𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐟𝐨𝐲𝐝𝐚𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐟𝐨𝐢𝐳𝐥𝐢 𝐨𝐳𝐠𝐚𝐫𝐢𝐬𝐡𝐢 𝐅𝐒𝐓𝐃 𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐟𝐨𝐢𝐳𝐥𝐢 𝐨


𝐳𝐠𝐚𝐫𝐢𝐬𝐡𝐢 > 𝟏. 𝟎𝟎
Biz Pierce Grain kompaniyasi misolida ko’rsatib o’tganimizdek, firma qancha yuqori moliyaviy leverejdan foydalansa, shunchalik bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foydaning foizdagi o’zgarishining FSTD ning foizli o’zgarishiga nisbati shunchalik katta bo’ladi. Yana takrorlaymizki, moliyaviy leverejdan foydalanish FSTD dagi o’zgarishlarning aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foydaga ta’sirini kattalashtirib yuboradi. Masalan, agarda yuqorida ta’kidlangan nisbat 2 ga teng bo’lganda, FSTD dagi 20 foizlik o’zgarish (musbat yoki manfiy) bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foydani 40 foizga o’zgartirgan bo’lar edi. Kapital strukturasida yanada ko’proq moliyaviy levereji bo’lgan firma uchun nisbat 3 foiz bo’lishi mumkin, demak FSTD dagi 20 foizlik o’zgarish aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foydaning 60 foizga o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Operativ va moliyaviy leverejni umumlashtirish.
Operativ leverej FSTD dagi yanada kattaroq o’zgarishlarga olib keluvchi daromadlardagi o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Qo’shimcha ravishda, agar firma moliyaviy leverejdan foydalansa FSTD dagi o’zgarish moliyaviy leverej sababli bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foyda (ATD) ning ham, aksiyadorlar olishi mumkin bo’lgan sof foyda (SF) ning ham o’zgarishiga olib keladi. Shu tariqa operativ va moliyaviy leverejni umumlashtirish aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foydada katta o’zgarishlar yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Bu to’liq jarayon sifatida 4 rasmda tasvirlangan.
Aksiya birligiga to’g’ri keluvchi olinishi mumkin bo’lgan foyda umumlashtirilgan yoki jamlangan leverejdan foydalanish natijasida ta’sirlangani uchun bu ta’sirni aniqlash mumkin bo’ladi. Buni tasvirlash uchun biz yana bir bor Pierce Grain kompaniyasiga murojaat qilamiz. Zararsizlik tahlilida ko’rib chiqilgan Pierce Grain uchun xarajatlar strukturasi saqlanib qolgan deylik.
Bundan tashqari, 25 foizlik qarz mablag’iga asoslanuvchi B reja kompaniya aktivlarini moliyalashtirish uchun tanlangan. Operativ va moliyaviy leverej qanday qilib umumlashtirilganligini ko’rish uchun 6 jadvalga e’tiboringizni qarating.
31-jadvalda Pierce Grain kompaniyasining ishlab chiqarish hajmi 30,000 dan 36,000 mahsulot birligiga o’sishi tahlil qilingan. Bu o’zgarish daromadlarning 20 foizga o’sganidan darak beradi. Operativ leverejni oldin muhokama qilganimizdek, shuningdek, 6 jadvalga ko’ra savdo hajmining 20 foizga ko’payishi FSTD ning 120 foizga o’sishiga olib keladi. Shuningdek, FSTD dagi 120 foizlik o’zgarish bir birlik aksiyaga to’g’ri keluvchi foyda va aksiyadorlar olishi mumkin bo’lgan foydaning 150 foiz o’sishiga zamin yaratadi. Tahlilning eng asosiy qismi esa savdodagi atiga 20 foizlik o’zgarish aksiya birligi foydasining 150 foizga o’sishiga olib kelganligida namoyon bo’ladi.


Download 168.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling