30-mavzu: zamonaviy (amaliy) moliya va korporativ siyosat reja


-rasm. Startegik rejalashtirishning maqsadi


Download 168.77 Kb.
bet2/8
Sana23.12.2022
Hajmi168.77 Kb.
#1044851
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ZAMONAVIY (AMALIY) MOLIYA VA KORPORATIV SIYOSAT

27-rasm. Startegik rejalashtirishning maqsadi
Taqqoslash va raqobat ustunligi - Taqqoslash ustunligi bu – mahsulot va servislarni yetkazib berishdagi narx jihatdan bir kompaniyaning boshqalari ustidan ustunligidir. Masalan, Wall-Mart do’konlari o’zining tovarlari tarqatish sistemasi orqali boshqa raqobatdoshlaridan (masalan, Kmart) dan uzoq yillar davomida ustunlikka erishib kelgan. Wall-Mart o’zining mintaqaviy tarmoq va do’konlari va transport sistemasiga investitsiya kiritgan. Yuqori miqdordagi sotib olishlar va iste’molchilarning o’zgacha munosabati tufayli Wall-Mart mintaqaviy do’konlar ochish va mahsulotlarni tarqatish sistemasi kompaniya rivojiga qisqa muddatda katta hissa qo’shdi. Ammo, boshqa raqobatdoshlarni Wal-Martning ustunligi darajasiga yetishishi uchun bir necha yillar ketgan.
Raqobatdosh ustunligi bu kompaniyaning boshqa kompaniylardan o’zining bozor strukturasi jihatdan ustunligidir.Masalan, bir kompaniya boshqa kompaniyalarning bir bozorga kirayotgandagi to’siqlari evaziga ustunlikka erishishi mumkin.
Bu hukumat cheklovlari natijasida yuzaga kelishi mumki. Maslan mamlakatdagi bak va hukumat tomonidan tashkil etilgan monopoliyalar soni malakatda chekli miqdorda bo’lishi lozim.
Kompaniyalar o’zlari ham biznesga kirishda o’zlariga patent kabi to’siqlarni yaratishi ham mumkin. Monsanto kompaniyasi tarkibidagi NutraSweet kompaniyasi sun’iy shirinlashtirgich, ya’ni aspartameda, eksklyuziv patentga ega bo’lgan. Garchi, patent 1992-yil 14-dekabrda nihoyasiga yetdi.Sun’iy shirinlashtirgich ishlab chiqishda aspatamening narxi 70 AQSH dollaridan 20, 35 AQSH dollariga tushdi. NutraSweet patentga egalik qilgan davrda raqobatdosh ustunlikka erishdi. Ammo patent nihoyasiga yetishi bilan raqobat ustunlik yo’qoldi va raqobatdoshlar bozorga kirish uchun navbatga to’lishdi. Patentning qiymati davlat va sanoatga qarab farq qiladi.
Quyi chiziq bu kompaniya biror mahsulotga investitsiya kiritganda va faqatgina bir ustunlik evaziga ko’proq daromadga erishganda uchraydi. Boshqacha qilib aytganda, raqobat yoki taqqoslash ustunligi kompaniyani iqtisodiy foyda ya’ni mahsulotni tan narxidan oshgandagi foydasi, topishi uchun xizmat qiladi. Shuning uchun dastlab, kompaniya o’zining strategiyalarini ishlab chiqishdan avval, menejment kompaniya qaysi jihatdan taqqoslash yoki raqobat ustunligiga ega ekanligini aniqlashi lozim.
Strategiya va daromad qo’shish - Odatda kompaniyalar strategiyani kompaniyaning mahsulot va servisidagi iste’molchilarga qarab tuzub chiqishadi. Masalan, menejment eng yaxshi sifatdagi yoki eng arzon narxdagi mikrokompyuter chiplari ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi kompaniyasiga aylanish strategiyasini tuzgan. Demak, menejmentning e’tibori mahsulotning sifati va narxida. Menejment qiymat qo’shish uchun foyda va risklariga e’tibor qaratishi lozim. Va menejment investitsiya uchun qaror qabul qilishda proyektning foydaliligi darajasiga qaraydi. Raqobat yoki taqqoslash ustunligiga erishish strategiyasi bu aksiyadorni shaxsiy budjetini maksimallashtirish demakdir.Foydali proyektlar bir kompaniya boshqa kompaniyalar ustida qiyosiy yoki raqobat ustunligiga ega bo’lganda ko’tariladi.
Masalan faraz qiling biror bir mahsulot kutilganidan ko’ra ko’proq foyda berdi.Qanday qilib kompaniya biror bir jihozga qiymat kiritishi mumkin.Agar bu jihozga qiymat kiritish unga qiymat qo’shsa kompaniyaning boshqa raqobatdoshlari bu jihozni xohlashgan bo’lmasmidi.Albatta agar ular shunday qiymatni yarata olsa, bunga qiziqib qolgan bo’lishar edi.
Endi faraz qiling kompaniya raqobatdoshlari mahsulotni sotib olishda va foyda topishda hech qanday to’siqlarga uchrashmadi, unda nima bo’ladi? Kompaniya va uning raqobatdoshlari bu jihoz uchun raqobatlashishadi. Va uning narxini ko’tarishadi.
Faraz qiling buning o’rniga kompaniya yangi jihozga potenti mavjud va boshqa raqobatdoshlarini ham bu jihozdan olishlari davom etmoqda. Unda bu jihoz uchun hech qanday raqobatning o’zi qolmay qoladi.Va kompaniya qiymat qo’shish orqali foyda ko’rishga erishadi.
Endi qiyosiq ustunlikka erishishga bo’lgan harakatlar xato yo’nalish olishini tasavvur qilib ko’ring. “Schlitz Brewing” kompaniyasi raqobatdoshlaridan ustunlikka erishish uchun mahsulot narxini kamaytirdi: u ishchi narxlarini kamaytirdi. Tan narxini tushirish, mahsulotni narxini boshqa kompaniya narxlaridan arzonlashishiga olib keldi, ammo sifat buzildi va Schlitz o’zining bozor ulushiga ega bo’lishini o’rniga uni yo’qotdi. “Schlitz Brewing” taqqoslash ustunligiga ega bo’lishga harakat qildi, ammo bu strategiya iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish uchun natija bermaganligi sababli oxir-oqibat Schlitzning aksiya narxlari tushib ketdi.
Qiymat kompaniya faqatgina taqqoslash yoki raqobat ustunligiga ega bo’lganda yaratilishi mumkin. Agar kompaniya proyektni analiz qilsa va uni foydali deb topsa, unda dastlabki savol shunday bo’lishi lozim, Bu foydalar qayerdan kelyabdi?
Strategiya bu kompaniya obyektivga yetishish maqsadidagi yo’nalishdir.Menejment uchun strategik investitsiyalar yangi investitsiyalarni topish siyosatlarini ham o’z ichiga oladi. Strategik plan shuningdek resurslardan foydalanishni ham o’z ichiga oladi.
Moliyaviy rejalashtirish investitsiyani qo’lga kiritish uchun kompaniya resurslaridan oqilona foydalanishdir.Moliyaviy rejalashtirish ko’p jihatdan muhimdir.Birinchidan moliyaviy rejalashtirish menedjerlarga ma’lum bir strategiyani effektivligini baholash uchun yordam beradi.Ikkinchidan, moliyaviy rejalar tuzish orqali menejment bozor sharoitidagi har qanday vaziyatlar uchun munosib harakat qilish garovidir.
Uchinchidan moliyaviy rejalar yaratish menejmentga investitsiya va moliyaviy rejalar tuzishdagi salbiy tomonlarini ham ko’rsatib beradi.
Moliyaviy rejalashtirish kompaniyaning investitsiya va moliyaviy rejalarini o’z ichiga oladi. Qachonki biz kompaniyaning investitsiyaviy rejalarini bilganimizda, menejment mablag’lar qayerda kerak va qayerdan kelishini ko’rsatib beradi. Bu budjetni rivojlantirish orqali belgilanadi.Budjet agar kompaniyaning kassa harajatlari kundalik me’yoridan oshib ketsa nima qilinishi kerakligi yoki kompaniyaning keyingi o’n yillikdagi rejalarini o’zida aks ettirishi mumkin.
Qisqa muddatdagi budjetlashtirish operatsion budjetlashtirish deyiladi va uzoq muddatdagi budjetlashtirish ko’pincha uch, to’rt yillik yoki uzoq muddatli rejalashtirish deb ham ataladi. Lekin uzoq muddatli rejalarga erishish qisqa muddatda nima qilingaligiga bog’liq bo’lgani uchun bu ikki atama bir-biriga uzviy bog’liqdir.
Budjetlashtirish jarayoni - Budjetlash jarayoni moliyalashtirish va strategiyalarga investitsiya kiritishni o’z ichiga oladi, yoki boshqacha qilib aytganda budjetlashtirish kapital budjetlashtirish va kapital struktura va ishlash kapitallaridagi qarorlar natijasida hosil bo’ladi. Masalan savdo do’konlarida ish olib boruvchi biznes kompaniyasini misol qilib olaylik. Kompaniyaning rivojlanish plani bu iste’molchilarga yaxshi sifat va servis taqdim etishdir. Do’konlarni ta’mirlash investment strategiyasi deb qaraladi.Kompaniya o’zining rivojlanish rejasini kapital budjetlashtirish asosiga quradi.Ammo rivojlanish programmasi rivojlanishni ham o’z ichiga oladi.Agar ko’proq mablag’ kerak bo’lsachi? Qarz? Ulush? Ammo bu vaziyatda ishlash kapitalini ham esdan chiqarmasligimiz lozim.
Kompaniya yangilanish programmasini olib borayotganda kerakli darajadagi mablag’larni qisqa va uzoq muddatli rejalar uchun chamalab chiqishi lozim. Boshlang’ich nuqta bu potensial savdo qaysiki kompaniyani sotib olish va mahsulotni sotib olish va boshqa hisob kitoblariga bog’liq bo’lgan. Shuningdek, kompaniya niyat qilgan miqdor kompaniyaning sotib olishlari, savdo xizmatchilari va reklama potensiallariga ta’sir ko’rsatadi.
Qachonki kompaniya savdo va kerakli tahminlarga ega bo’lganda, keyingi bosqich kassaning kirim va chiqim harajatlarini hisoblashdadir. Kassa budjeti tashkil etilganda, dastlabki balans varaqasi va foyda varaqasi ishlab chiqilishi mumkin.
Budjetlashtirish odatda joriy moliya tizimining so’nggiga qadar 4-6 oy mobaynida tashkil etilishi mumkin. Ko’p kompaniyalarning bu jarayon uchun o’z ketma ketlik tizimi mavjud. Budjet jarayoni odatda Bosh Moliyaviy xodim, rejalashtiruvchi vitsa president yoki, moliya vitsa prezidenti tomonidan boshqariladi. Barcha bo’limlar dastlab o’zlarining hisob kitoblarini bajarganlaridan so’ng barcha natijalar qo’shiladi va yakuniy hisobot chiqariladi.
Budjet kompaniya ishlashi kerak bo’lgan, yoki kompaniya uchun zarur bo’lgan resurslarni aniqlashtirib beradi. Ammo menejment budjetlashtirilgan va haqiqiy natijalardagi keskin o’zgarishlarni aniqlashtirish jarayonida juda ehtiyot bo’lmog’i lozim.Masalan, kompaniya yangi mahsulotdan 10 million dollar miqdorida foyda olish uchun budjetlashtirdi. Lekin haiqiqiy daromad 6 million dollarni tashkil etdi. Bu menejmentning yomon ishlaganligidanmi? Balki ha, balkiyo’q: Agra buning sababi iqtisoddagi yomon o’zgarishlar sababli bo’lsa, unda yo’q, agar buning sababi mejementni vaziyatni oldindan hato chamalaganligida bo’lsa unda ha.
Oldindan prognoz qilish - Oldindan prognoz qilish moliviy rejalashning muhim qismi. Noto’g’ri prognozlash invertizatsiyadagi kamchiliklarga, nomuvofiq moliyaviy qarorlarga sabab bo’lshi mumkin.
Masalan 2006 yilda Nintendo kompaniyasi yaratgan Wii konsol o’yinini olaylik. O’yin o’sha paytlarda o’yin omma orasida mashhurlika erishdi. Ammo natijada kerakli talablarga javob bera olmadi. Bu o’yinga ishlab chiqarilayotganidan ko’ra ko’proq talab tushganligi boyis, invertizatsiyada kamchiliklar kuzatildi.
Nintendo o’zining belgisini yo’qotdi, va Wii ga bo’lgan keskin talablarni noto’g’ri baholadi. Kompaniya uchun Wii kabi o’yinlarga ega bo’lish yaxshi natija bo’lishi kerak bo’lgan bir paytda Wii endi ular uchun muammo yaratdi.
Kassa oqimlarini oldindan baholash uchun menejment savdoni avvaldan ko’ra bilishi lozim, chunki, savdo kelajakdagi iqtisodiy vaziyatga, sanoatga va bozor sharoitiga qarab o’zgarishi mumkin. Savdo esa, narxlarning tushish analizlari, bozor so’rovlari, yoki menejmentning fikriga qarab avvaldan baholanishi mumkin.
Regresyon tahlil qilish - Regresyon tahlil bu savdo va vaqt funksiyasidagi grafik munosabat va bu grafikni tasvirlovchi eng aniq to’g’ri chiziqdir. Bu chiziq regresyon chiziq deyiladi. Bunday tahlilning bir yo’li kelajakdagi savdoni avvalgi savdolarga qarab baholash bo’lishi ham mumkin. Boshqa yo’li esa, savdo va mahsulotning tan narxinio’zaroqiyoslashdan kelib chiqishi mumkin.
Regresyon tahlil bizga ko’plab o’zgaruvchilar o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni ko’rsatishga yordam berishi mumkin, shuningdek menejment bir qancha e’tiborli bo’lishi kerak bo’lgan vaziyatlar mavjud.
Bozor so’rovlari - Bozor so’rovlari kelajakdagi potensial foydani oshirishda muhim rol o’ynaydi. Intel misolida oladigan bo’lsak, menejment kompyuter sanoatiga, asosan noutbuk, telefon, va o’yin sanoatlariga e’tiborini qaratishi lozim. Har bir bozor uchun menejment Intelning bozor ulushini hisoblash chiqishi lozim:

  • Mahsulot rivojlanishi va yangi mahsulotlarni taqdim etish

  • Umumiy iqtisodiy ahvol va kmpyuter va boshqa qurulmalarning mikroprossessori uchun zarur xarajatlar

Umumiy qilib aytganda, menejment so’rovlardan foydani maksimallashtirishda va servislarni oshirishda foydalanishi mumkin.
Menejmentni baholash - Bozor so’rolariga qo’shimcha tarzda, kompaniya menejerlari kelasi savdolar uchun chamalar chiqrishlari mumki.
Kompaniyaning menejerlari mahsulot narhini baholashda bozor sharoitini avvaldan chamalay bilishlari lozim. Ammo bunday uslublarni ham potensial muammolari mavjud. Masalan menejer yangi mahsulot uchun daromadli baholash bildirdi. Bu bahlosh kompaniyani ko’proq resurslardan foydalishga undaydi, masalan ko’proq tan narx, qo’shimcha ishchilar. Agar baholash real bo’lib chiqsa unda kompaniya foyda olishi ta’biiy, aks holda ortiqcha resurslar va ishchi kuchlaridan foydalanganligi kompaniya uchun zarar bo’ladi.
Budjetlashtirish - Bu jarayonda biz kassa oqimlari, proyektlashtirilgan foyda bayonotlarini, va balans varaqalarini ketma-ket qo’yamiz. Garchi moliyaviy kengash foyda bayonotlari va balans varaqalarini ishlab chiqishi kerak bo’lsada, kassa oqimlari analizlari eng muhim hisoblanadi.
Ko’p kompaniyalar kreditni kengaytirishadi va qabul qilishadi, shuning uchun kassa oqimi va sof foyda bir birga aralashib ketmaydi.
Kassa budjeti - Kassa budjeti kassaning kirim va chiqimlari to’g’risidagi detallashgan bayonotdir. Bu budjet moliyalash va investitsiya kiritsh uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, kassa budjeti asl kassa harajatlari ni rejalashritirilganidan farqlashga xizmat qiladi.
Avval ta’kidlab o’tganimizdek, kassa budjeti savdo baholashi asosida boshqariladi. Kassa budjeti, kassa kirimlari va chiqimlarini avvaldan baholash kompaniyaning kerakli harajatlarni belgilab beradi.
Rasmiy moliyaviy bayonot - Moliyaviy balans varaqasi varaqasi kelajak, masalan bir oy, chorak yil, yoki bir yil muddat uchun proyektlashtirilgan bayonot turidir va u aktivlarni, mas’uliyatlarni baholab beradi. Moliyavir foyda bayonoti masalan bir oy, chorak yil, yoki bir yil muddat uchun proyektlashtirilgan bayonot turidir va u foyda va chiqimlarni baholab beradi. Birgalikda bu bayontolar menejment uchun kompaniyaning investitsiya va moliyalashtirish ehtiyojlarini ko’rsatadi.
Iqtisodiy qo’shilgan qiymat - Vaziyatlarni baholashda yaxshi metodikalarga erishish uchun ko’plab konsulting firmalar va kompaniyalar kompaniyaning amaliy ijrolarini tahlil etish metodikasini olg’a surishadi. Bu metodlar ba’zida ananaviy metodika tizimlaridan foydalanishi ham mumkin. Sinfan olganda bu metodlar qiymat qo’shilgan metriklar yoki iqtisodiy qo’shilgan qiymat deb yuritiladi. Buning uchun iqtisod fanida bir qancha qisqartma so’zlar mavjud, iqtisodiy qo’shilgan qiymat (english EVA), bozor qo’shilgan qiymat (MVA) va bir qancha boshqalar.
Kompaniya menejmenti qarorlar tan narxdan oshadigan foyda berganda qiymat yaratadi. Bu foydalar tez muddat ichida yoki uzoqroq muddatda foyda berishi mumkin.


Download 168.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling