30-variant naqqoshliksan`atining rivojlanishi. Xiva


Download 1.29 Mb.
bet3/3
Sana08.05.2020
Hajmi1.29 Mb.
#104137
1   2   3
Bog'liq
Nasiba


Iroksimon chok (8- rasm). Gazlamadan sugirib chikarilgan ikkita ip izi buylab yoki ixtiyoriy konturli kashta gulning motividan tikiladi. CHokning tekis yo’li katta murakkab kashtalarni tikishda qo’shimcha chok sifatida, shuningdek, gazlama bulaklarining ulangan chokini yashirish uchun tikiladi. Bunda kashta gulning gox u, gox bu tomoniga navbatma-navbat igna sanchib, qaviqlar chapdan ungga tomon joylashtirib boriladi. Gazlamaga igna sanchilgan joylar oraligi bir xil bo’lishi kerak. Yo’lning o’rtasi buylab qaviqlar chalishib boradi. Xar bir yangi qaviq oldingi qaviq ustiga tushadi.

8-Rasm


Ixtiyoriy konturli kashta gullarda mayda yaproklar, gul uzaklari iroksimon chok bilan tikiladi. Kashta gulning xammasini tikishda ham shu chok ishlatiladi. Egri chizik buylab (gul uzagining aylanasini, yaproklarini) shunday chokni tikishda katta aylana buylab igna sanchilgan joylarning oralig’i kichik aylana chizig’i bo’ylab sanchilgandagi oralikdan uzunrok bo’lishiga axamiyat berish kerak.

Petlya chok (9-rasm). Ba’zan zih chok ham deyiladi, chunki bu chok bilan gazlamaning chetlari tikiladi. Gazlamani teskari tomoniga 3-4 sm buklab, shu gazlama rangidagi ip bilan kuklab chikiladi. Petlya chok qaviqlari chapdan ungga tomon gazlama zixiga perpendikulyar joylashtirib tikiladi. Bu chok kergisiz tikiladi. Gazlamani chap kulning ko’rsatkich barmogi ustiga qo’yib, bosh barmoq bilan bosib turiladi. Tikish kulay bo’lishi uchun gazlamaning narigi tomonidagi uchini ogir narsa bilan stolga bosib quyiladi. Birinchi qaviqni gazlamaga tushirib, undan pastrokka ipni petlya qilib joylanadi. Birinchi qaviqdan sal ung tomonda igna gazlamaga sanchiladi-da, ipning petlyasi teskari tomonda qaviq xosil kilinadi. Ipni tortib qo’yib, uchinchi qaviq tushiriladi va hokazo.

CHok qaviqlarining yirikligi xar xil bo’lishi mumkin. Agar baxyasimon tur (masalan, rangli chirmashma) chetini petlya chok bilan tikiladigan bo’lsa, qaviqni 2–3 mm balandlikda tikib, ular orasida ikkita gazlama ipi qoldiriladi. Utkazib tikiladigan (uyma) kashtalarda ham taxminan shunday qaviqlar tushirib tikiladi. oq tekis chok bilan tikiladigan kashta chetlaridagi kunguralar (yoka va yoka umuzi chetlarining kungurali zixlari) petlya chok bilan tikiladi. Bunda qaviqlar bir-biriga zich yopishgan bo’lib, kungura shaklida, turli yiriklikda tikilishi mumkin.



Kichkina salfetkalar cheti, peshbandlar etagi, sochiq uchi petlya chok bilan tikiladi. Bunda qaviqlar rangli yugon ip bilan tikiladi. Qaviqlar yirikligi 5 dan 10 mm gacha, ular o’rtasidagi oralik 3 – 4 mm bo’lishi mumkin. Ba’zan gazlama cheti xar xil, masalan, qizil va kuk ip bilan ikki marta tikib chikiladi. CHokni uch xil rangdagi ip bilan tikish ham mumkin.

9-Rasm.


Popop chok (10-rasm). Bir-birining ichidan chikib keladigan uzluksiz qator petlyalardan iborat bo’ladi. Bu chokni kergida va kergisiz tikish mumkin. Ikkala xolda ham ignani uzi tomon yuritib qaviq tushiriladi. Kashtani kergisiz tikayotganda gazlama tortilib qolmasligini chok petlyalari yumalok shaklda bo’lishini kuzatib borish kerak. Agar kashta ikki kavat ip bilan tikiladigan bo’lsa, ipni gazlamaga puxtalash kavigi popop chokining birinchi kavigi bo’lishi mumkin. Puxtalangandan keyin ipni chapdan past tomondan ungga yunaltiriladi, ignani esa birinchi petlya o’rtasidan ip gazlama ungiga chikkan nuktasida gazlamaga kiritiladi. Igna birinchi petlyaga nisbatan gazlamanining tut-beshta ipiga teng oralikda pastrokdan, ip petlyasi igna tagida qoladigan qilib chikariladi. SHunday qilib, kashta to’g’ri chizik buylab, xar bir qaviqka gazlamadan bir xil mikdorda ip sanab tikiladi.

Popok chokni siniq chiziq tarzida tikish ham mumkin. Bunday chokning teskari tomonidan qaviqlari va o’ngi tomonidagi petlyalari chokning o’rta chizig’idan navbatma-navbat bir chapga bir o’ngga joylashgan bhladi. Popok chok boshqa murakkab kashtalar yo’llarini tikishda, kashta gullarning hzaklarini va kashta gul motivlari atroflarini tikishda ishlatiladi. Bu chok bilan o’simlik xarakteridagi kashta gullarini, ularning konturi bo’ylab va kashta gulning motivini sidirg’a to’ldirib tikish mumkin.
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling