30-variant naqqoshliksan`atining rivojlanishi. Xiva
Download 1.29 Mb.
|
Nasiba
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kashtado`zlikda xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiena qoidalari
- Kashta tikish asboblari va moslamalari
- Kashta tikish chambaraklari
- 1-rasm. Kashtachilik chambaraklari
- 4. Kashtado`zlik saan`ati tarixi mavzusida dars ishlanmasi va slayd tayyorlaymiz Kashta tikishda ranglar tanlash
- 2-amaliy mashg`ulot. Kashtadozlikda qollaniladigan choklarni tikish usullari.
- Ipni gazlamaga puxtalash
- Eng oddiy choklar. Rangli ip otkazish Oddiy choklarga kontur choklarni
- Igna oldinlatilgan chok.
Panjara- tobadon,arxitektura detall bolib binolarning tuynuk,darcha va eshik hamda boshqa joylarda bezak sifatida ishlatiladi.Panjalar tuzilishi jihatidan osimliksimon,geometrik ,ramziy va boshqacha boladi.U ganch oymakorligida quyma va oyma usulida tayyorlanadi.Ganchli panjaralar VIII asrdan boshlab binolarda qollanilgan.Panjaralar misdan,toshdan,marmardan yagochdan va boshqa materiallardan qilinadi. 3.O`zbek milliy xalq xunarmandchilik turlaridan kashtachilik san`ati. Kashta tikish qulay bo`lishi, charchatmasligi uchun, ish o`rnini to`g`ri tashkil etish, mehnat qilishning muayyan qoidalariga rioya etish kerak. Asbob va moslamalar qo`yiladigan stol ustidagi ishga yorug`lik chap tomondan tushadigan holatda turishi kerak. Agar stolda yashikcha bo`lsa, unda ip maxsus xaltada, asboblar qutichada, kashta gulli shaffof qog`ozi paketda saqlanishi kerak; -gavda holatiga ahamiyat berib, bukchaymay, boshni juda past egmasdan o`tirish kerak; -ish vaqtida gavda biroz oldinga engashgan bo`lishi, ko`z bilan ish o`rtasidagi oraliq 25-30 sm dan oshmasligi lozim. Shu maqsadda ba'zi chambarakni tagiga taxtacha, kitob va hokazolarni qo`yib balandroq o`rnatiladi; -stulni suyanchig`iga suyanish mumkin bo`ladigan qilib, stolga yaqinroq surib qo`yiladi; -ish vaqtida qo`lni to`g`ri qo`yish katta ahamiyatga ega; -chap qo`l chambarak tagida bo`lib, o`ng qo`l chambarak ustida bo`lishi kerak. Siyrak gazlamaga va to`rga baxyasimon suv chokli kashta tikishda o`ng qo`lda ignani uning uch tomoni bilan kashtaning teskari tomonidan o`tkaziladi. Ignaning uchli tomonini chap qo`lda tutib, uning ko`z tomoni bilan kashtaning o`ng tomoniga chiqariladi. O`ng qo`l bilan ip tortib qo`yiladi. Zich gazlamalarga kashta tikishda, kashtaning o`ngiga ignani uning uchki tomoni bilan chiqariladi.
1. Ish o`rniga yorug`lik oldi yoki chap tomonidan tushishi; 2. Kashta tikayotganda to`g`ri va boshni sal oldinga egib o`tirish; 3. Kashta tikishdan oldin, ish o`rnini ko`rib, ortiqcha narsalar bo`lsa yig`ishtirib so`ngra tikishni boshlash; 4. Tikish tugagach, ya'ni hamma asboblarni joy-joyiga qo`yish; 5. Kashta tikayotganda nina, to`g`nog`ich, qaychi va angishvona bilan ishlaganda ehtiyot bo`lishi kerak. 6. Qaychining og`zi ochiq qolmasligi, biror kishiga uzatganda uning uchidan ushlab uzatish lozim. 7. Ninani og`ziga olib borish, ko`ylakka qadab qo`yish, har yerga tashlash, ipsiz qoldirish eng yomon odat. Ninani biroz ipi bilan nina qadag`ichga qadab qo`yish kerak. Kashta tikish asboblari va moslamalari Qo`lda kashta tikish uchun o`ziga xos asboblar bo`ladi. Kashtachilikda ignalar, angishvona, qaychi, santimetr lenta, ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar hamda chambarak ishlatiladi. Kashtachilikda oq, kul rang, och sariq, och malla rangli surp, bo`z, karbos, shoyi, baxmal, chit yoki satin kabi matolar ishlatiladi. Bunday matolarda naqshlar chizilganda yaxshi ko`rinadi, rangli iplarning aksariyati unga mos tushadi. Gul, rasm, naqshlar chizish uchun chizg`ichlar, yumshoq va qattiq qalamlar, daftar, albom, o`chirg`ich, millimetrlangan qog`oz, nusxa ko`chiradigan qog`oz va shaffof qog`ozlar kerak bo`ladi. Chambarak gazlamani tarang tortib turish uchun ishlatiladi. 20-40 sm li ikkita gardishdan iborat bo`lib, bir- birini ichiga tushib turadi. Agar kichik gardish katta gardish ichiga qiyin tushadigan bo`lsa, katta gardishning ichki tomonini jilvir bilan tozalash kerak. U juda kichik bo`lib, katta gardishdan tushib ketadigan bo`lsa atrofiga yupqa gazlama o`rab qo`yish mumkin. Kashta tikish chambaraklari Kashta tikiladigan gazlamani chambarakka tortishda uning kichik gardishi qo`yilib, iplarini qiyshaytirmasdan to`g`rilanadi. Katta gardishni uning ustiga qo`yib, bosib gazlama tarang tortib qo`yiladi. Chambarak tortilayotgan yupqa gazlama yirtilmasligi, shuningdek, kashta tikiladigan gazlama ish paytida kir bo`lmasligi uchun, uning ustiga o`rtasi chambarakning diametridan kichikroq doira qilib qo`yilgan boshqa gazlama qo`yiladi. Chambaraklar stolga mahkamlab qo`yish uchun vintli bo`lishi ham mumkin. Kashtalarning ko`p xillarida umuman chambarak ishlatilmaydi. Kashta tikish uchun cho`ziqroq ko`zli kalta (1 va 2 tartibli) ignalar tanlanadi. Ignaning ko`zi katta bo`lsa, bir necha qavat ipni o`tkazish oson bo`ladi. Bunday ignalar sanama va oddiy choklarni tikishda, hamda ipni sanash va ajratib olish uchun qulay. Jun ipni ignaga o`tkazish qiyin. Bu ipni o`tkazish uchun ignalar komplektidagi ip o`tkazgichdan foydalanish mumkin. Uning bir qatim ipak yoki ingichka g`altak ip bilan o`tkazsa ham bo`ladi. Ipakni ikki qavat qilib, hosil bo`lgan petlya ichiga jun ipi uchun kiritiladi, ipakning ikkala uchini igna ko`zidan o`tkazib, jun ip bilan birga tortib olinadi. Zich va yupqa (markizet, shoyi, batis, shifon) gazlamaga kashta tikishda, ko`zi kichik, ingichka igna kerak bo`ladi. Yo`g`on igna sanchilgan joylarda teshik qoladi. Katta ko`zda esa ingichka ipni yaxshi tutib bo`lmaydi. Buyumlarni biriktirib ko`klash uchun 1 va 3 tartibli ignalar ishlatish qulayroq. 1-rasm. Kashtachilik chambaraklari Kashtani chambaraksiz tikishda, bir necha qavat gazlamaga igna sanchishda, buyumlar chetini buklab tikishda ignani gazlamadan o`tkazish uchun angishvona kerak bo`ladi. Ang- forscha angusht, ya'ni barmoq, vona, bona saqlovchi degan ma'noni bildiradi. Qo`lga igna kirib ketmasligi uchun barmoqqa qo`yiladigan metall g`ilof. Angishvonaning usti va yoni ignani qadashda toyib ketmasligi uchun chuqurchalar qilib tayyorlanadi. Angishvona o`ng qo`lning o`rta barmog`iga taqiladi, uni barmoqning yo`g`onligiga qarab tanlanadi, lekin u barmoqni siqib yoki undan tushib qoladigan bo`lmasligi kerak. Naqshlar uchun o`tkir uchi 10-12 sm uzunlikdagi qaychilar ishlatiladi. Ishlash uchun uch xil uchi ingichka kichkina qaychi gazlamadagi ipni qirqish va tortib olib tashlash uchun; uchi qayrilgan o`rtacha kattalikdagi qaychi-kashta tikayotganda ip uchini qirqish uchun; katta qaychi gazlama kalava iplarini qirqish uchun. Qaychilar yaxshi charxlangan, tig`larining uchi to`la yopiladigan bo`lishi kerak. Santimetrli lenta tikish ishlarida buyum o`lchamlarini aniqlash, gazlamaga bezakni rejalash, tikish ishlarini bajarishda foydalaniladi. Kashtachilikda yog`och dastali ikki xil, ya'ni ilmoqli- ilmoqsiz bigizlar ishlatiladi. Kashta tikishda ilmoqli bigiz ayrim materiallarga masalan charm, kartonga ninani qiynalmay o`tkazish uchun, oldin ilmoqsiz bigiz bilan teshib olinadi, so`ngra kashta tikiladi. Millimetrli qog`oz-naqshlar, ayniqsa geometrik, sanama naqshlar tuzish kerak bo`ladi. Kashta gulni gazlamaga ko`chirishga tayyorlashda shaffof qog`oz ishlatiladi. Naqsh avval shaffof qog`ozga ko`chiriladi, keyin qog`ozdan gazlamaga ko`chiriladi. Kashta gulni gazlamaga ko`chirish uchun nusha ko`chiradigan (kopirovka) qog`ozi ishlatiladi. 4. Kashtado`zlik saan`ati tarixi mavzusida dars ishlanmasi va slayd tayyorlaymiz Kashta tikishda ranglar tanlash Kashta tikish rang bilan chambarchas bog`liq. Iplarni tanlashda ranglarning yo`g`onlashuvini, ular bir-biriga qanday ta'sir etishini bilish zarur. O`zaro mos ranglarni tanlashda berk spektr qatori ranglaridan iborat ranglar doirasi asos qilib olinadi. Agar uch qirrali shisha prizmadan nur tarami o`tkazilsa, u tarkibiy qismlarga bo`linib ko`rinadi, rangli yo`l-spektr hosil bo`ladi. Tabiatda ranglarning bunday qo`shilishini ko`pincha kamalakda, quyosh nuri shudring zarralaridan o`tishida ko`rish mumkin. Ko`zga ko`rinadigan spektr uzluksiz o`zgara boradigan qizil, to`q sariq, sariq, yashil, zangori, ko`k, binafsha ranglar qatoridan iborat. Bu ranglar bir-biridan oraliq tuslar gammasi bilan ajralgan bo`ladi. Agar spektr ranglarini o`sha tartibda doiraga joylashtirilsa, ko`k- binafsha va qizil ranglar orasida to`q qizil rang bo`ladi. Ranglar doirasini diametri bo`yicha bir tomonda qizil to`q sariq va sarg`ish-yashil, ikkinchi tomonida zangori-yashil, ko`k, ko`kish-binafsha ranglar qoladigan qilib ikkiga bo`lish mumkin. Doiraning qizg`ish-sariq bo`lagidagi ranglari iliq va ularga qarama-qarshi hamma ranglar turlarini sovuq ranglar deyiladi. Ular ko`kimtir ufq, suv, muz ranglarni eslatadi. Har qanday rang o`zining tusi, och va to`qligi bilan xarakterlanadi. Rang tusi-qizil, ko`k, sariq va hokazo- rangdorlik. Rang tusiga qarab bir rangni ikkinchisidan (yashilni ko`kdan, ko`kni zangoridan) farqlanadi. Ochiqlik-oq rangga yaqinlik darajasi. Sirti oq bo`lgan narsalar atrofimizdagi hamma narsalar ichida eng ko`p nur qaytaradigan bo`ladi. Shuning uchun oqqa yaqin (och pushti, och-sariq va boshqa) ranglar eng ochiq (eng yorqin) ranglar bo`ladi. Rangning to`qligini quyuqlik darajasiga, eng ko`p rangdorligiga qarab belgilanadi. Masalan, ko`k rangni bundan ham ortiq ko`kartirib bo`lmasa, u to`q hisoblanadi. Hamma ranglar xromatik va axromatik (xromos, grekchadan rang, a- inkor) ranglarga bo`linadi. Spektrdagi hamma ranglar, shu ranglarning behisob hamma turlari qatori xromatik ranglarga kiradi. Ular tonal deyiladi. Axromatik ranglarga oq, kulrang, qora ranglar kiradi. Bular tusi, turi yo`q ranglar. Axromatik ranglar to`q bo`lmaydi. Ularning rang tusi ham bo`lmay, bir-biridan yorqinligi bilangina farq qiladi. Eng yorqin rang-bu oq rang. Qoraning yorqinligi bo`lmaydi. Spektr doirasining qarama-qarshi tomonida joylashgan ranglar qo`shimcha ranglar deyiladi. Agar qizil rangning o`rtasidan diametr o`tkazilsa, u ranglar doirasidagi qizil rangning taxminan to`g`risidagi zangori-yashil, to`q-sariqqa zangori, sariqqa-ko`k, yashilroq va hokazolar qo`shimcha rang bo`ladi. Agar qo`shimcha ranglar teng miqdorda aralashtirilsa, ular bir-birining rangini o`chirib ochroq, kulrang hosil bo`ladi. Qo`shimcha ranglar yonma-yon qo`yilsa, ular bir-birining rangini to`qnashtiradi. Qo`shimcha sifatida biri asos bo`lib, ikkinchisi qo`shimcha sifatida (bezak uchun) xizmat qilishi lozim. Har qanday ranglar yonma-yon turganda bir-biriga ta'sir ko`rsatib, turli taassurot qoldirishi mumkin. Har qanday rang to`qroq ranglar orasida ochroq ko`rinadi, och ranglar orasida esa- to`qroq ko`rinadi. Oq bilan qora, qora bilan kulrang oq o`zaro yaxshi moslanadi. Bu ranglar istalgan hamma ranglar bilan uyg`unlashaveradi. To`q ranglar qora yoki oq ranglar bilan, ochroq ranglar esa- turli tusdagi kulranglar bilan yaxshi xillanadi. 2-rasm. Ranglar doirasi Rang tanlashda uning yana bir xususiyatini esda tutish kerak. Rang buyumning shaklini yoki katta kichikligini o`zgartirib ko`rsatishi mumkin. Agar qizil va ko`k dog`lar bilan qoplangan yuzaga qaralsa, bunda qizil dog`lar ko`k dog`larga nisbatan yaqinroq bo`lib, aldab ko`rinishi mumkin. Och va iliq ranglar to`q va sovuq ranglarga qaraganda yaqinroq ko`rinadi. Shuning uchun ranglar buyumlarni kattalashgandek, sovuq ranglar esa kichiklashgandek ko`rsatadi. Ranglarning bu xususiyatidan kiyimning ayrim bo`laklarini bo`rttiribroq, turtib turgan joylarini silliqroq qilib ko`rsatish uchun foydalansa bo`ladi. Uzoqdan ko`rinadigan buyumlar kashtasini to`q rangdagi iplar bilan tikiladi. Kashta tikish uchun iplarni tanlash, ular rangini xillash buyumning nimaga mo`ljallanganiga, gulning kattaligi va qanday joylanishiga bog`liq bo`ladi. Odatda, kashta guliga asosiy o`rin berilib, gazlama rangiga qo`shimcha o`rin beriladi. Shuning uchun gazlama rangi naqsh rangidan ochiq bo`lib ajralib turmasligi kerak. Kashta gulining rangini tanlashni bajarish sanama chok, tekis chok va hokazolarga ham bog`liq bo`ladi. Gazlama va ip tanlash Kashta tikish uchun gazlama bilan, ip buyumning nimaga mo`ljallanganiga, bezakning xarakteriga va tikish usuliga muvofiq tanlanadi. Kashta tikiladigan materialga muvofiq rangdagi ip tanlash kashtado`zlikda katta ahamiyatga ega. Bu kashtado`zdan katta mahorat va did talab qiladi. Kashtada foydalaniladigan iplar rangining o`zaro muvofiqligi ham kashtaning jozibador chiqishiga sabab bo`ladi. O`tmishda turli-tuman rangdagi matolarning kamligi sababli ko`pgina bezak kashtalari bugun mato sathini kashta bilan qoplab tikilgan. Hozirda so`zana, choyshab, zardevor kabi bezak buyumlari baxmal, shoyi, satin, shuningdek turli-tuman iplar ham ko`p. Bu kashtani jozibador chiqarishda rangdan keng foydalanish imkonini beradi. Kashtado`z kashta tikmoqchi bo`lgan kiyim shakliga, matosi rangiga qarab kashta nusxasini tanlashi kerak. Kashta iplari paxta tolasidan to`rt qavatli qilib, turli ranglarda tayyorlanadi, xira bo`ladi va 50 metrli kalava tarzida savdoga chiqariladi. Mulina-yuqori sifatli paxta tolasidan tayyorlanadi. 12 qatli, maxsus ishlov berib sifati oshirilgan, chidamli bo`ladi. O`n yoki yigirma metrlik kalava tarzida chiqariladi. Ipak iplar-tabiiy va kimyoviy tolalardan tayyorlanadi. Pishitib-yigirilgan turli razmerdagi oq bo`yalgan bo`lib, kalava qilingan (40g li), g`altak va qog`oz patronlarga o`ralgan (50, 100, 200m uzunlikda) bo`ladi. 13-18-nomerli ipak iplar jun, zig`ir poyasidan, sun'iy tolalardan tayyorlangan iplar, mayin sim, zar ip, charmdan ensiz qilib tayyorlangan tasmalar bilan tikiladi.
Kashta choklari bajarish texnikasi buyicha shartli ikki gruppaga bulinadi: gazlama ipini sanab tikiladigan sanama choklar va oldindan chizilgan kontur buylab tikiladigan ixtiyoriy choklar. Sanama kashtalar uz navbatida gazlama tagiga utkazib tikiladigan va baxyasimon deyiladigan kashta va gazlama ustiga tikiladigan kashtalarga bulinadi. Turli merejkalar, mayda baxya, rangli konturli baxya bugmacha baxya, gipyurlar, rangli chirmashma va boshqalar baxyasimon kashtaga kiradi. Bunday kashta turlari gazlama ustida bulmay, uning strukturasini xuddi uzgartirgandek gazlamaning uzida boladi. Gazlama ustiga tikiladigan sanama kashta choklarga iroki, chizma chok, atlassimon chok, sanama tekis chok, urim va boshqa choklari kiradi. CHizma kontur buylab ixtiyoriy tikiladigan kashtalarda kashta gul konturi buylab baxya choklari tushiriladi yoki kashta gulni tuldirib tikib, dona-dona, burtik fakturali qoshimcha satx xosil kilinadi. Bunday choklarga tekis choklar (ok tekis chok, vladimircha chok, rangli tekis chok va boshqalar), shuningdek, kontur va oddiy choklar suv chok, iroksimon chok, urim chok va boshqa choklar kiradi. Kashta tikishda odatda, bir necha chok bir vaktning uzida ishlatiladi. Kashta choklarning xamma turlari, koida buyicha kergida tikiladi.
Kashta tikishda xech kachon ipning uchi tugilmaydi. Kashta tikilgan buyumning teskarisi toza va batartib bolishi kerak. Ipni gazlamaning ungida kashta tikilgan joyga puxtalab quyiladi. Agar kashta tikish uchun juft sonli ip, masalan, 6 qavatli muline kerak bolsa, bunda livit ipdan (bittadan) 3ta ip tortib olib ularni birlashtirib ikkala uchini birga igna kuzidan utkaziladi. Ipni igna bilan kichkinagina qaviq xosil qilib, ipni gazlamadan to ikki kavat qilib buklangan ipdan xosil bulgan xalqa shaklidagi ip uchi kolguncha berkitiladi. Ipli ignani shu xalqadan utkazib tortib quyiladi. Agar kashta bitta, uchta, beshta ip bilan tikilsa, unda ip boshqacha puxtalanadi. Gazlamada kichkina qaviq xosil qilib, ip uchidan gazlama ustida ozgina qoldirib, ipni tortib chikariladi. Bu ipning uchi birinchi qaviqa kundalang tushirilshgan ikkinchi kichkina qaviq bilan gazlamaga puxtalanadi. Ipning kolgan uchi kirkib tashlanadi. Ipning puxtalangan joyini kashta qaviqlari bilan bekitib yuboriladi. Kashta tiqilib bulgandan keyin ipning uchi kashta tikilgan joyning teskarisida bir necha qaviq bilan puxtalanadi. Ipni gazlama ungida kashta tikilgan qaviqlar tagiga utkazib yoki keyin kashta tikilganda yopsa boladigan joyda bir necha qaviq tushirib puxtalash ham mumkin. 3- rasm
Eng oddiy choklar. Rangli ip otkazish Oddiy choklarga kontur choklarni igna oldinlatilgan chok, suv chok, popop chok va hokazolarni, shuningdek petlya chok, iroksimon chok, puxtalama petlya chok va tugun choklarni kiritish mumkin. Bu choklar kupgina kashtalarda yordamchi chok sifatida uchraydi, masalan, usimlik shoxlarini va novdalarini suv chok bilan; gullarning uzaklari tuguncha chok, iroksimon chok, popop chok va boshqa choklar bilan tikiladi. Bu choklar oson tikiladi, lekin usimliksimon kashta gullarni bu choklar bilan mustakil tikish ham mumkin. Kashtachilikni endi urganayotganlarga bu choklarni gazlama parchasida, masalan, 25x30 sm li gazlamada mashk kilish tavsiya etiladi. Bu gazlamaning tukilish iplari polotno tukima singari aniq tukimali (zigir bilan lavsan tola aralashgan, rogojka, movut polotno) bolsa yaxshirok chiqadi. Bu choklarni kashta turiga uni, albatta, kergiga tortib tikish ham mumkin. Zich gazlamaga kashta tikish oson bolishi uchun gazlamadan 1-2 ip sugurib tashlab, shu izdan chok solib boriladi, bunda kerakli ipni sanab tikish oson boladi. Eng oddiy choklarni bajarish usullarini urganayotganda kullarni togri tutish, ipni ignaga utkazish, gazlamaga puxtalash singari kashta tikishning dastlabki kunikmalarini yaxshi mashk kilish mumkin. Bu ishga 6 kavat muline ip bilan 2- nomerli igna togri keladi. Ipning ikkala uchini birga igna kuzidan utkaziladi va ipni ikki buklashda xosil bulgan xalqa bilan puxtalanadi.
4-Rasm.
Qaviqlarning yirikligi xar xil bolishi mumkin. Masalan, oq tekis chokda kashta gulning konturi 1 dan 2 mm gacha yiriklikdagi ana shunday chok bilan tikiladi. Sanama kashta choklarni (terma chok) tikishda qaviq yirikligi 3-4 mm, shunday chok bilan tikiladigan kashta gulda 6 8 mm, qaviqlar oraligi esa 2 mm bolishi mumkin. Bu chokni gazlamadan sugurilgan ip izidan va rasm chizilgan kontur buylab tikish, igna oldinlatilgan chok qaviqlari ikki va undan kup qator bolishi mumkin. CHok tushirayotganda ip buralib ketmasligiga, qaviqlar xurpayib chikishiga axamiyat berish kerak. Kaytma chok. (5-rasm) bir xil yiriklikdagi qaviqlarning uzluksiz qatoridan iborat boladi. Ignani ungdan chapga yuritib, birinchi qaviq bilan shu qaviq yirikligidagi, masalan, gazlamaning turtta ipi kengligidagi, oralik xosil kilinadi. Ikkinchi qaviqni tushirish uchun ip chapdan ungga yotkizib birinchi qaviq tugagan joydagi nuktaga igna sanchiladi-da, uni ikkinchi qaviqdan gazlamaning 4 ipi kengligigacha chaprokda gazlama ungiga chikariladi. SHunday qilib, teskari tomondagi qaviq, ung tomondagiga qaraganda ikki barobar yirik boladi. Uchinchi va undan keyingi qaviqlarni tushirishda, ularning uzidan oldingi qaviq tugagan joyga igna sanchiladi. 5- Rasm.
6- Rasm.
Suv chok (6-rasm) bir-biriga zich joylashgan qator qiya qaviqlardan iborat boladi. Bu chokni chapdan ungga tomon yoki uzidan oldinga karatib yunaltirib tikish mumkin. Gazlamaga uzidan oldinga karatib birinchi qaviq tushirgandan keyin gazlama teskarisidan ipli ignani uziga karatib otkaziladida, dastlabki qaviq ortasining chap tomonidan chikarib olinadi. Qaviq ipini tortib, uzi tomon yotqiziladi, chap kulning bosh barmogi bilan gazlamaga bosib turiladi. Ikkinchi qaviqni tushirishda, ignani birinchi qaviqdan yukorida sanchib, ikkinchi qaviq ortasining chap tomonidan chikarib olinadi. SHunday qilib, qaviqlarni uzidan oldinga karatib yotkizib, ignani uzi tomon yunaltirib chok solinadi. Bunda xar bir yangi qaviq uzidan oldingi qaviqdan yarim qaviq oldinga utadi. Suv chokni tikayotganda ip doim bir tomonda chapda yoki ungda bolishi kerak. Tikayotganda ip yunalishini uzgartirib bulmaydi, chunki unda chok strukturasi buzilib qoladi. Suv chok bilan shoxcha va novdalarni tikishda «spis» deyiladigan oryolcha kashta gul motivlarning atrofi tikiladi. Egri chiziklarni (burtik yoki botik) tikishda, egri chizikni aylananing bir qismi xisoblab karalganda, igna aylananing ichki tomonidan gazlama ungiga chikariladi. Bazan kashta gulda ingichka novda kalinlashib yugon shoxchaga aylanadi. Uni, gazlama ungiga ignani oldingi qaviqning ortasidan pastrokda chikarib, yirikrok qaviq bilan tikish mumkin. CHilvir chok. (7-rasm.). ikkita usulda tikiladi. Oldin togri chizik buylab yoki kashta gulning konturi buylab igna oldinlantilgan chok bilan qaviqlar tushiriladi. Keyin gazlamani ilmay xar bir qaviq tagidan ipli (kopincha boshqa rangdagi ipli) igna yuooridan pastga tomon htkaziladi. Agar ipli ignani qaviqlar tagidan navbatma-navbat yuooridan pastga va pastdan yuooriga htkazilsa, yana bir xil chilvir chok hosil bhladi. 7-Rasm
Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling