301- guruh talabasi Toshmirzayev Jasurbekning «Gazning bajargan ishi. Termodinamika elementlari»


Download 20.02 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi20.02 Kb.
#1444158
Bog'liq
Toshmirzayev kurs ishi




O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus Ta`lim Vazirligi
Qo`qon Davlat Pedagogika Instituti
Fizika-matematika fakulteti
Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi

301- guruh talabasi

Toshmirzayev Jasurbekning
« Gazning bajargan ishi.Termodinamika elementlari »
mavzusidagi

KURS ISHI

llmiy rahbar: dotsent.N.Bozorov
Topshirdi: J.Toshmirzayev

Qo’qon- 2023

Mundarija :

Kirish.............................................


  1. Gaz hajmning o'zgarishida bajarilgan ish...............................

  2. Termodinamika qonunlari........

  3. Qaytar va qaytmasjarayonlar haqida tushunchalar....................

Xulosa:

Kirish


Termodinamikaning rivojlanishi ko‘p jihatdan issiqlik mashinalarining foydali ish koeffitsiyentini o ‘rganish bilan bogdiqdir. Fransuz injeneri Sadi Karno 1824- yilda chop etilgan «Olovning harakatlantiruvchi kuchi haqida o ‘ylar» nomli ishida issiqlik mashinasining unumdorligi ishchi moddaga emas, balki isituvchi va sovituvchilar temperaturalarining farqiga bog‘liq, degan xulosani ilgari surdi. Termodinamika shundan so‘ng Klapeyron, Jaul, Klauzius, Mayyer,Tomson va boshqalarning ishlarida rivojlantiriladi.
Termodinamika quyidagi o ‘ziga xos xususiyatlarga ega:

Ichki energiyani o ‘zgartirishning usullari juda ko‘p. Shulardan ba’zilari bilan tanishamiz.Gaz hajmining o‘zgarishida bajarilgan ish. Gaz hajmining o ‘zgarishida tashqi kuchlarga qarshi bajargan ishi bilan tanishaylik. Silindr shaklidagi idishda porshen ostida gaz turgan b o ‘lsin (60- rasm).Gaz kengayib, porshen cheksiz kichik A/ ga surilsin. Hajmning kengayishini juda kichik hisoblab, bosim o ‘zgarmay qoladi (p = const) deb olamiz. Endi gazning kengayishda bajargan ishini hisoblaylik:




bu yerda F = p S va SΔl = A Egaz kengayganda hajmining o ‘zgarishi ekanligi e’tiborga olingan.Bajarilgan ishni grafik ravishda tasvirlaymiz. U 61- rasmda shtrixlangan yuza bilan ko‘rsatilgan. Gazning tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishi natijasida uning ichki energiyasi kamayadi, ya’ni hajm ortib, molekulalar orasidagi oʻrtacha masofa ham ortadi, bu esa ular orasidagi oʻzaro taʼsir energiyasining kamayishiga olib keladi.Gaz kengayganda uning ichki energiyasi kamayadi, ichki energiya tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga, ya’ni porshenni siljitishga sarflanadi.Gaz siqilganda esa tashqi kuchlarning gaz ustida bajargan ishi hisobiga ichki energiyasi ortadi.Issiqlik almashinuvi. Ikkita turli temperaturali jismlarni. bir-biriga tekkizaylik. Ma’lum vaqt o ‘tgandan keyin ular temperaturalarining tenglashuvi ro‘y beradi. lssig‘ining temperaturasi pasayadi, sovug‘iniki esa koʻtariladi
Download 20.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling