301- gurux talabasi Xusanova MalikaniNg pedogogik Maxorat fanidan tayYorlagan Kurs ishi mavzusi buyicha taYyorlagan taqdimoti


Download 0.5 Mb.
bet2/4
Sana25.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1399573
1   2   3   4
Bog'liq
Taqdimot (2)

So‘nggi vaqtlarda shaxsga yo‘naItirilgan ta’lim va yuksak m a’naviyatli shaxsni shakllantirish bilan bogTiqlikda metodologiyäni tavsiflash bilan bog‘liq qator savollar tug‘ilmoqda: metodologik har bir kishining shaxsiy yutug‘i bo‘lishi kerak emasmi? Maxsus bilish sohasini metodologiya deb atash o‘rinli boladim i? Ko‘plab olimlaming sa’yharakatlari bilan fan sohasida amalga oshirilgan ilmiy ishlarni korreksiyalash va takomillashtirishdan foyda bormi? Shuningdek, ayrim adabiyotlarda bayon etilishicha, “obyektiv” metodologiya bo‘lishi kerak emas, aksincha, har bir kishi uchun ilmiy ijod individual xarakter kasb etishi, ya’ni “subyektiv” metodologiya bo‘lishi lozim.

Biroq mazkur fikrlarni to‘liq tasdiqlab bo‘lmaydi. Avvalgi paragrafda ta’kidlab o'tilganidek. pedagogika fani metodologiyasi pedagogik fanlar va pedagogik tadqiqotlar haqida bilirr.lar tizimini ifoda etsa, ikkinchidan, mazkur bilimlarni qo‘lga kiritish, shuningdek, tadqiqot dasturi(metodologik ta’minoti)ni asoslashga doir faoliyat sifatida metodologiya sohasi bilan bog‘liq qator tushunchalarga aniqlik kiritish imkonini beradi. Shuningdek, metodologiyani tushunish nuqtai nazaridan quyidagi savollargi aniq javob topishga erishish mumkin: pedagogika metodologiyasi nima bilan shug‘ullanadi va kim shug‘ullanishi kerak? Pedagogika sohasida metodologik bilimlarni egallashning qanday usullari mavjud va qanday bilimlar qo‘lga kiritiladi? Tadqiqotlaming metodologik ta’minotining manbalari, obyektlari va tartib-qoidalari qanday bo'lishi lozim? Dastlab metodologik tahlil obyektlarining maxsus ilmiy tahlil obyektlaridan farqiga aniqlik kiritish lozim.

Qachonki, biz tahlil bilan shug‘ullansak, eng avvalo, bizning e ’tiborimiz nimaga, ya’ni qanday obyektga qaratilganligini aniqlab olishimiz zarur. Pedagogikada maxsus-ilmiy ish deganda nima tushuniladi? Maxsusilmiy ish aniq metodologik tadqiqotni anglatmaydi, u pedagogik faoliyatni tadqiq etishga yo‘naltirilgan bilish faoliyatidir.

Pedagogik tafakkur Eng avvalo, “tafakkur” tushunchasining mohiyatini aniqlashtirib olish zarur. “Falsafa: qomusiy lug‘at”da “tafakkur” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Tafakkur (arab. - fikrlash, aqliy bilish) - predmet va hodisalaming umumiy, muhim xususiyatlarini aniqlaydigan, ular o ‘rtasida ichki, zaruriy aloqalar, qonuniy bog'lanishlam i aks etadigan bilishning ratsional bosqichi». Psixologiya fanlari doktori, professor E.G‘oziev esa, mazkur íushunchaning mohiyatini quyidagicha izohlaydi: “Tafakkur inson aqliy faoliyatining, aqliy zakovotining, ongli harakatining yuksak shakíi hisoblanadi. Tafakkur tevarak-atrofni, ijtimoiy muhitni hamda voqelikni bilish quroli, shuningdek, insonning keng ko‘lamdagi faoliyatini oqilona amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi”.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling