301 guruh talabasi Ashurova Setoraning Bioximya fanidan bajargan mustaqil ta’limi
Download 472.86 Kb.
|
3 modul fermentlar
Ferment - substrat kompleksining hosil bo’lishi va o’zgarishi uch bosqichdan iborat. Fermentativ reaksiyaning birinchi bosqichida substrat molekulalari ferment bilan kovalent yoki boshqa kimyoviy bog’lar orqali o’zaro birikadi va birlamchi oraliq modda vujudga keladi; ikkinchi bosqichga birlamchi oraliq birikma o’zgarib, bitta yoki ketma-ket keluvchi faollashgan bir necha kompleks hosil qiladi; uchinchi bosqichda esa reaksiya natijasida hosil bo’ladigan yangi mahsulot ferment molekulasidan ajraladi. Bu bosqichlarni quyidagicha ifodalanadi:
Fermentlarning asosiy xossalari Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, fermentlar oqsil tabiatiga ega va shu sababli oqsillarga xos bo’lgan barcha xususiyatlarga ega, shu bilan birga fermentlar o’ziga xos bo’lgan bir qator xususiyatlarga ega. Bularga fermentlarning termolabilligi, spetsifikligi, muhit pHining o’zgarishiga nisbatan sezuvchanligi, aktivator va ingibitorlarning ta’siriga sezuvchanligi, aktivator va ingibitorlarning ta’siriga moyilligi kiradi.1. Fermentlarning termolabilligi. Fermentlarning eng muhim xususiyatlaridan biri haroratga sezgirligidir. Fermentativ jarayonlar 700 C dan yuqori haroratda davom eta olmaydi, oqsil qismi denaturatsiyaga uchraydi, hamma fermentlar uchun muayyan bir harorat bo’lib, bunda ferment yuqori faollikka ega bo’ladi, bu uning harorat optimumi deyiladi. Issiq qonli hayvonlarning tarkibidagi ko’pchilik fermentlar uchun eng qulay harorat 25-370C dir.
Download 472.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling