301-guruh talabasi Sobirova Sitoraxonning Umumiy fizika fanidan «Qattiq jismlarning issiqlik xossalari»
Qattiq jismlarning erishi va bug`lanish
Download 63.02 Kb.
|
Sobirova Sitora (1)
4. Qattiq jismlarning erishi va bug`lanish
Erish temperaturasi berilgan moddaning tozaligiga juda ham bog`liqdir. Ba`zan ozgina miqdorda boshqa bir moddaning qo`shilishi erish temperaturasining sezilarli darajada pasaytirishi mumkin. Qattiq jismlar ham suyuqliklar kabi, har qanday temperaturada ozmi-ko`pmi bug`lanib, shu moddaning bug`ini hosil qiladi. Suyuqlikni berk idishda sovitamiz, suyuqlik ustida esa faqat to`yingan bug` bo`lsin. Temperatura pasaygan sari, bug`larning bosimi ham kamayadi; bu bosimning temperaturaga qarab o`zgarishining grafigi (24.1-rasm)dagi CD chiziq orqali tasvirlangan. To`yingan bug` bosimi ostidagi suyuqlikning qotishi temperaturasiga D nuqta to`g`ri keladi. D nuqtaga yetgach, sistemadan issiqlik olish davom ettirilgani holda, suyuqlik qattiq holatga o`ta boshlaydi, shuning bilan birga, suyuqlikning hammasi qattiq holatga o`tguncha, temperatura o`zgarmaydi. 24.1-rasm Uchlik nuqta 1-qattiq faza; 2-suyuq faza; 3-gazsimon faza Bu vaqt ichida to`yingan bug`larning bosimi ham o`zgarmaydi va u D-nuqtaning ordinatasiga teng bo`ladi. Butun suyuqlik qattiq holatga o`tgach, qattiq jism ustidan to`yingan bug` ilgarigidek mavjud bo`ladi. Qattiq jismni sovitish davom ettirilsa, to`yingan bug`larning bosimi ham pasaya boshlaydi, lekin bu pasayish yangi DG chiziq bo`yicha boradi. S`Hunday qilib D nuqtada ikkita chiziq uchrashadi, qattiq holatdagi berilgan modda ustidagi to`yingan bug` bosimning temperaturaga bog`liqligini tasvirlovchi GD egri chiziq bilan suyuq holatdagi o`sha modda ustidagi to`yingan bug` bosimining temperaturaga bog`liqligini ko`rsatuvchi CD chiziq uchrashadi. D nuqtaning absissasiga to`g`ri keluvchi temperaturadan past temperaturalarda bug` faqat qattiq jism bilangina muvozanatda bo`lishi mumkin; bu temperaturadan yuqori temperaturada esa bug` faqat suyuqlik bilan muvozanatda bo`la oladi. D nuqtaning o`zida moddaning uch holati qattiq, suyuq va ular ustida to`yingan bug` yoki boshqacha aytganda, uchala fazasi muvozanatda bo`ladi. Shuning uchun D-nuqta uchlik nuqta deyiladi. Masalan suv uchlik nuqtada (0,00748 оС da) Р0=4,58 mm Нg bosimli to`yingan bug`ga ega bo`ladi; 1оС da muz ustidagi to`yingan bug`ning elastikligi 4,22 mm Нg va 10 оС da 1,95 mm Нg bo`ladi. Ma`lumki, gaz tegib turgan biror qattiq jismni havosi so`rib olinayotgan idish ichiga joylashtirilsa, jismdan ilgari unga tegib turgan gaz chiqadi. Bundan, qattiq jismlar gazlarni yutadi, degan xulosa kelib chiqadi. Download 63.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling