Axloqiy hislar. Axloqiy hislarda odamning boshqa kishilarga, jamoa va o`zining ijtimoiy burchlariga bo`lgan munosabatlari ifodalanadi. Inson bu hislarni kechirar ekan, ma`lum axloqqa, ya`ni ijtimoiy axloq qoidalari va normalari majmuiga asoslanib, boshqa kishilarning xatti -harakatlariga yoki ruxiy xususiyatlariga hamda o`zining xatti - harakatlariga baho beradi. Shaxsning etakchi axloqiy hislaridan biri bu burch hissidir. Estetik hislar. Axloqiy hislar ularning taraqqiyoti uchun yakin hisoblangan estetik hisga doimo tayanadi. Odamlar hayotning turli faktlarga va ularning san`atiga aks ettirishiga qandaydir go`zallik yoki xunuklik, fojiali yoki kulgili, olijanob yoki razil, nozik yoki dag`al hodisalar sifatida munosabatda bo`ladilar. Bu hislar tegishli baholarda, estetik didlarda namoyon bo`ladi va o`ziga xos, badiiy lazzatlanish holatida kechiriladi. - Aqliy (intellektual) hislar - odamning haqqoniy fikrlarga, soxta, ajablanarli, shubhali, tushunarli yoki tushunib bo`lmaydigan, hayratda qoldiradigan fikrlarga bo`lgan munosabatlarda ifodalanadi. Aqliy hislarga dastavval ajablanishni kiritish mumkin. Ajablanish inson bilish faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo`lmaydigan hayratda qoldiradigan emotsiyalarga berilib ketgan odam o`zining bilish ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Haqiqatni izlash shubhalanish hissi bilan bir vaqtda amalga oshishi mumkin. Bu his odam faol bilish faoliyati orqali hosil qilgan g`oya hamda e`tiqodlarning hayotga tadbiq qilish uchun bo`lgan kurashning qiyin daqiqalarida unga madad bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |