302-guruh talabasi Sherqulova Lola Panjiyevna kurs ishi mavzu: 1-2sinflarda "Fe'l " so'z turkumini o'rganish. Ilmiy rahbar


Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumini o’rganish metodikasi


Download 183.94 Kb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi183.94 Kb.
#1600691
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Lola (3)

2.2 Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumini o’rganish metodikasi
Fe'llar harakat ifodalash bilan birga turlicha holatni, belgining o'zgarishini ham harakat tarzida anglatadi: daraxt ko'kardi, o'rik gulladi, bola qizardi, ukam uxladi. Harakat tushunchasini bunday keng tushunish kichik yoshdagi o'quvchilar uchun qiyinchilik tug'diradi. O'quvchilar «shaxs va narsalarning harakati» tushunchasini to'g'ri anglab yetishlari uchun nima qilmoq? so'rog'iga javob bo'lgan shaxs va' narsalarning biror aniq ishni bajarishini bildirgan turli leksik ma'noni ifodalaydigan so'zlar (fe'llar)dan foydalanish zarur.
Mavzu. Shaxs (kishi)lar va narsalarning harakatini bildirgan so'zlar haqida tushuncha.
Maqsad. Shaxs va narsalarning harakatini bildirib, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar bilan tanishtirish; shaxs va narsalar harakatini bildirgan so'zlarga beriladigan so'roq bilan shu so'zning ma'nosini taqqoslash ko'nikmasini o'stirish.
B) Tarbiyaviy: Vatanga, tug’ilib o’sgan yurtga mehr- muhabbatni tarbiyalash;
C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsning metodi: aralash; _______________
Darsning jihozi: darslik, elektron darslik, plakat va tarqatmalar.
Darsning borishi.
I. Kim ? nima?so 'roqlariga javob bo 'Igan so 'zlaryuzasidan takrorlash.
— Bir so'z bilan ayting va kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni chap tomonga, nima ? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni o'ng tomonga ustun shaklida yozing.
I. Bolalarta'lim-tarbiya oladigan o'quvyurti. (Maktab.) 2. Maktabda o'qiydigan bola. (O'quvchi.) 3. G'o'za ekilgan dala. (Paxtazor.) 4. Paxta yetishtiruvchi dehqon. (Paxtakor.) 5. Mevali daraxtlar ekilgan joy. (Bog'.) Bog'ni parvarish qiladigan odam. (Bog'bon.)
Namuna: Kim? O'quvchi. Nima? Maktab.
O'quvchilar bajargan ish tekshiriladi.
— Kim ?, nima ? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar nimalami bildiradi?
O'qituvchi xulosalaydi. Kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar kishilarning,
nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar narsalarning nomini bildiradi.
II.Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo 'Igan so 'zlar nimani bildirishi yuzasidan kuzatish.
Birinchi usul. O'quvchilar 188- mashqni topshiriqlari tartibida bajaradilar; nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar kishilar va narsalarning harakatini bildiradi, degan xulosaga keladilar.
Ikkinchi usul. O'qituvchi bolalarga nima qilish kerakligi yozilgan topshiriqli (masalan, xattaxtaga yozish, berilgan kitobni o'qish, rasmga qarab kishi va narsalar qanday ishni — harakatni bajarayotgani haqida gap tuzish kabi) kartochkalarni tarqatadi. O'quvchilar topshiriqni bajarishga tayyorlanadilar. lkki o'quvchi chaqiriladi, ulardan biri o'qituvchi aytgan so'zni doskaga yozadi, ikkinchisi berilgan kitobni o'qiydi; boshqa o'quvchilar ular bajargan ish-harakatni kuzatadilar; keyin bir necha o'quvchi berilgan rasmga qarab, gap tuzib aytadi. Kuzatish natijalari shakllantiriladi; o'qituvchi xattaxtaga, o'quvchilar daftarlariga quyidagi tartibda yozadilar:
Kim? Nima qildi?
qizcha yozdi
bola o'qidi
Nima? Nimaqiladi?
qush uchadi
bulbul sayraydi
daryo oqadi
— Chap ustundagi so'zlar qanday so'roqqa javob bo'ladi? (Kim? yoki nima?) Ular nimani bildiryapti? (Kishi — shaxs va narsalarning nomini bildiradi.)
— O'ng ustundagi so'zlar qanday so'roqlarga javob bo'lyapti? Ular nimani bildiryapti?
O'quvchilar nima qijyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlar aytadilar.
Umumlashtirish. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar kishilarning va har xil narsalarning harakatini bildiradi.
III. Kishilarning va har xil narsalarning harakatini, ishini bildirgan so'zlarni aniqlab bilib olish.
1. 189-190- mashqlarni bajarish.
2. Darslikdan qoidani o'qish, misollar aytish.
3. — Hayvonlar qanday ovoz chiqarishini o'ylab toping va gap tuzing.
O'qituvchi hayvon nomini aytadi, o'quvchilar gap tuzadilar. Sigir ma'raydi. Ot kishnaydi. It vovullaydi. Mushuk miyovlaydi. Harakat bildirgan so'zlarga nima qiladi? so'rog'ini beradilar.
4. Og'zaki mashq. Topishmoqni o'qing.
Oyogi yo 'q, qochadi.
Qanoti yo 'q, uchadi.
— Topishmoqning javobi — tutunning harakatini bildirgan so'zlarni aniqlang, ularga so'roq bering. (Nima qiladi? uchadi, qochadi.)
IV. Darsni yakunlash.
— Darsda nimalar haqida bilib oldingiz? Nimalarni o'rgandingiz?
V. Uyga vazifa. 191- mashq.
XULOSA
«Bu yorug` olamda har bir odam o`zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlariga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg`usi bilan yashaydi. Inson hamisha umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta`limtarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo`lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz» deb yurtboshimiz I.A.Karimov o`zlarining «Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch» asarlarida ta`kidlab o`tganlaridek, boshlang`ich sinf o`qituvchilari ilk maktabga qadam qo`ygan bolani savodga, ya`ni o`qish va yozishga o`rgatadilar. Bunda biz “Boshlang`ich sinf o`qish darslarida yaxshi o`qish malakalarini shakllantirish uslublari” mavzusida ish olib borayotgan ishimizdagi alohida ahamiyatga ega bo`lmish yaxshi, ongli, ifodali o`qishning o`rni kattadir.
Shuni e`tiborga olgan holda, biz o`quvchilarning savodli va to`g`ri o`qishini ta`minlashni o`rganishda kerak edi. SHuni e`tiborga olgan holda Boshlang`ich sinf o`qish darslarida o`quvchilarni to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatishda ilg`or pedtexnologiyalardan foydalanish darslari ham o`quvchilarda o`zgacha qiziqish uyg`otadi. Bu o`quvchilarni tegishli, ya`ni MSNIda berilgan matn bo`yicha to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatish jarayonida ham yaqqol ko`zga tashlanadi. Umuman, har bir boshlang`ich sinf o`qituvchisi o’qish darslarida o`quvchilarni to’g’ri va ifodali o’qitishga o`rgatishda ilg`or texnologiyalardan foydalanish bo`yicha olib boriladigan darslarini iloji boricha bir-birini takrorlamagan holda tashkil etib olib borishsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. Buning uchun o`qituvchilar yangi pedagogik texnologiyani, integratsiyani chuqur bilishlari, o`z kasblariga bo`lgan hurmatni yo`qotmagan holda darslarni tushkil etib olib borishlari lozim bo`ladi. Agar shularni bilishmasa, iloji boricha o`z kasbdoshlarining darslarini kuzatishlari, kerak bo`lsa malaka oshirish kurslarida malaka oshirib kelishlari kerak. Bu ham ularning mazkur mavzularni o`tishlari jarayonida o`zining ijobiy tomonlarini yaqqol ko`zga tashlanishiga sabab bo`ladi. Natijada esa o`qish darslarida o`quvchilarni to’g’ri va ifodali o’qishga o`rgatishda ilg`or texnologiyalardan foydalanish bo`yicha olib boriladigan darslarga katta qiziqish bilan munosabatda bo`lishadi, yaxshi taassurot olishadi. Bu esa ushbu berilgan matn bo`yicha ularning erkin va mustaqil fikrlashga, to`g`ri va ifodali, savodli o’qishga o`rgatibgina qolmay, o`zi bemalol o’qish darslarida MSNI da berilgan matnt bo`yicha yaxshi o’qish malakalarini to`liq o`zlashtirib borishlariga ham sabab bo`ladi.
Agar o‘qituvchining tayyorgarligi, ya’ni uning bilimdonligi hamda pedagogik mahorati doimo talab darajasida hamda o‘quvchining qiziqishi, diqqatini jamlashi va eslab qolishi doimo yuqori darajada bo‘lganda edi, ta’lim-tarbiya jarayonida istalgan usuldan foydalanganda ham yuqori natijaga erishish mumkin edi.Lekin bu ko‘rsatkichlar tez o‘zgaruvchan bo‘lib, pedagogik jarayonni ana shu o‘zgarishlarni hisobga olgan holda olib boorish eng zarur shartlardan hisoblanadi. Aks holda ta’lim-tarbiya jarayonidan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi.Shuning uchun ta’lim-tarbiya jarayonining turli shakl va usullari qadimdan paydo bo‘lgan va hozirgacha takomillashtirib kelinmoqda. Bu shakl va usullarning har biri yuqorida aytilgan yagona asosiy maqsadga intilgani holda, aslida esa uni ko‘zda tutilganga nisbatan kamroq darajada, ya’ni ma’lum bir yo‘nalishda hamda mavjud imkoniyatlarga muvofiq darajada bajarishga erishilmoqda.Muxtasar qilib aytganda, muammoli ta’limnatijasida o‘quvchilar bilimining shakllanishi darajasi talabga javob bermoqda.


Download 183.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling