302-guruh talabasi Sherqulova Lola Panjiyevna kurs ishi mavzu: 1-2sinflarda "Fe'l " so'z turkumini o'rganish. Ilmiy rahbar
Download 183.94 Kb.
|
Lola (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi obyekti va predmeti
Ishning vazifalari:
Ishni tayyorlashda o’z oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik: 1. Muammoli ta’limning nazariy asoslarini organish. 2. Yangi pedagogik texnologiyalarning asosiy xususiyatlarini tahlil qilish. З. Оnа tili mashg’ulotlarida muammoli ta’limni qo’llash amaliyotini o’rganish va tahlil qilish. 4. Soz turkumlari ustida ishlashda muammoli ta’limni qo’llash tajribalarini o’tkazish va tajriba natijalarini tahlil qilish. 5. Gap bo’laklari ustida ishlashda muammoli ta’limni qo’llash tajribalarini o’tkazish va tajriba natijalarini tahlil qilish. 6. O’tkazilgan tajribalar va erishilgan natijalar asosida xalq ta’limi sohasiga tegishli xulosa va takliflarni taqdim etish. Kurs ishi obyekti va predmeti: Umumiy o’rta ta’limning boshlang’ich sinflaridagi o’quv-tarbiyaviy jarayoni. Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. I BOB ONA TILI DARSLARIDA SO’Z TURKUMLARI. 1.1 So’z turkumlari ustida ishlashda muammoli ta’limni qo’llash tajribalari 1-2 sinflarda fe’l turkumini o’rganish. Fe’l ustida izchillik bilimlar orasidagi bog’lanish, programma materialining hajmi, uni har bir sinfda o’rganish usullari va vositalari shu so’z turkumini o’rganish vazifasi. 6 Uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi o’quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi. «Fe’l» mavzusini o’rganishda asosiy vazifalar: so’z turkumi sifatida fe’l haqida dastlabki tushunchani shakllantirish , o’quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda og’zaki va yozma nutqda fe’ldan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini o’stirish, o’quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bog’liq holda ayrim orfografik qoidalarni o’zlashtirish xisoblanadi. Bu vazifalar bir-biri bog’liq holda hal etiladi. Fe’lning lingvistik xususiyatlari murakkab, shuning uchun boshlangich sinf o’quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligi hisobga olinadi. 1-sinfda fe’l ustida ishlash; Fe’lni o’rganishda izchillik.1-sinfda fe’l ustida ishlash o’rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o’quvchilarning diqqati fe’lning leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material o’tiladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini «Alifbedagi so’z va mashqlarni o’qish, rasmga qarab gap to’zish bilan bog’lab utqaziladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilar gap to’zishda mazmunga mos fe’lni topishga, so’z nimani bildirishini va qanday suroqqa javob bo’lishini aniqlashga yordam beradigan nharoit yaratadi. Masalan, bolalar ko’zda meva va sabzavotlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni qurib, gapni mazmuniga mos so’zlar bilan to’ldiradilar: ko’zda mevalar nima qiladi?... (pishadi), sabzavotlar nima qiladi?... (etiladi), daraxt barglari nima qiladi?... (sargaya boshlaydi), 7 bolalar nima qilyaptilar?... {dam olyaptilar)... (o’ynayaptilar)... (ishlayaptilar). Fe’lni o’rganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakathi bildirgan so’zlar mavzusini o’rganishdan boshlanadi. (1-sinf, o’quv yilining 2-yarmi), fe’l leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi (haraqat bildirishi) mos keladigan (nima qilyapti?) yugurayapti, arralayapti, saqrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, saqradi, (nima qiladi?) yuguradi, arralaydi, saqraydi kabi misollardan foydalanish bilan o’quvchilar o’zlari bajargan haraqatlarni aytishni surab, ular bergan javobni (fe’lni) suroqlari bilan doskaga yozib, suhbat o’tkazish bilan tushuntiriladi. Bolalarni so’roq berish bilan xolat biddiradigan uxlayapti, o’ynayapti, faxrlanadi kabi fe’llarni ham tanlashga o’rgatib borish mukim ahamiyatga ega. Bunday mashqlar uquvchilarda predmet haraqatini keng ma’noda tushunish ko’niqmasini shakllana qoryashiga yordam beradi. Dastur o’quvchilarda so’zlarga so’roq berib, ularni bir-biridan farqlash ko’niqmasini shakllantirish ni talab etadi. Buning uchun o’qituvchi fe’lning har xil formalaridan foydalanib, maxsus mashgqlar utqazadi. Nima? suroriga javob bo’lgan so’z bilan nima qildi? {nima qilyapti? Nima qiladi?) surogiga javob »; ulgan so’zlar taqqoslanadi: nima? suroriga javob bo’lgan so’zlar guruqi g.re,;\met bildirishi, nima qildi? surorigi javob bo’lgan so’zlar esa predmet harakatini bildirishi aniqlanadi»;. Taqqoslash usulida ot va fe’lni ajratishga o’rgatadi. Ularning nutqda bir-biriga ta’sir etishini aniqlashga imkon beradi. Fe’lga suroq berishga o’rgatish yuzaki bo’lmasligi o’quvchilar harakat bir kishi tomonidan bajarilsa, nima qildi? nima qilyapti? nima 8 qilmoqchi? So’roqlarini, ikki va undan ortiq kishi tomonidan bajarilsa, nima qilmoqchilar?, nima qildilar?, nima qilyaptilar? So’roqlarni berishni bilishlari zarur. Bunday suroqlarga javob berishga o’rgatish o’z navbatida, fe’l zamonlarini o’rgatishga tayyorlash demaqdir. 2-sinfda fe’l ustida ishlash; Bu bosqichning asosiy vazifasi «fe’l - so’z turkumi» degan tushunchani shuqllantirish, bo’lishli va bo’lisheiz fe’llarning ma’nosi va farqlash ko’niqmasini xosil qilish, bo’lishsizliq qo’shimchasiniig talaffuzi va imlosini o’rgatish hisoblanadi. Fe’lning harakat bildirishi yo’zasidan o’quvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun o’qituvchi ularga shu darsdagi mexnat jarayonini tasvirlavchi, ya’ni bolalarning o’zlari bajarayotgan ish-harakatni aytishi so’raydi, suhbat utqazadi. Suhbatda «O’qituvchi nima o’qidi? O’quvchilar nima qildilar? Hozir o’qituvchi nima qilyapti? O’quvchilar nima qilyaptilar? Endi o’quvchilar nima qiladilar? O’qituvchi nima qiladi?» kabi savollardan ham foydalanadi. Suhbat jarayonida o’quvchilar o’qituvchi raxbarligida fe’llarni surog’i bilai yozib boradilar. Masalan, nima qildi? - so’zladi, tushuntirdi; nima qildilar?- tingladilar, yozdilar; nima qilyapti? - tushuntirayapti, surayapti, tinglayapti; nima qilayaptilar? - javob berayaptilar, yozayaptilar, tinglayaptilar; nima qiladi? - tekshiradi, quradi; nima qiladilar?- ishlaydilar, bajaradilar, yozadilar. Suhbat va o’quvchilar aytgan gaplardan birini gap bo’lugi jihatdan taxlil qilish asosida xulosa chiqariladi: nima qildi? nima qilayapti? nima qiladi? Kabi suroqlarga javob bo’lib, predmet haraqatini bildirgan so’zlar fe’l deyiladi. 9 Fe’l gapda kesim vazifasida keladi. Mavzu yo’zasidan o’quvchilarda ko’niqma zqosil qilish uchun suroq berib fe’lni aiiqlash, gap mazmuniga mos fe’lni tanlab quyshp, aralash berilagan so’zlardan, shuningdeq, rasmga qarab gap to’zish kabi mashqlardan foydalaniladi. Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” mavzusi 1 – sinfdan boshlab o’tiladi. Mazkur mavzuga sinfda (so’zlarning ma’nosi) mavzusida to’xtalgan bo’lib, mazkur mavzuga jami 23 soat ajratilgan bo’lib, bunda qo’yilgan bilim ko’nikma va malakalar quyidagilardan iborat.O’quv yilining oxiriga kelib o’quvchi quyidagilarni bilishi kerak. So’zlarning ma’nolariga ko’ra guruhlanishi. Ko’nikmalarni egallashni kerak; talaffuzi va yozilishi mos bo’lgan so’zlarni to’g’ri yoza olishi. Malakalarga ega bo’lish kerak: namunali matnni grafik talablar asosida ko’chirib yozish; Fikr bayonida adabiy tilda faol qo’llaniladigan fe’llardan foydalanish. 2 – 3 so’zli 4 – 5 gapni eshitib yozish. 2 – sinfda “Fe’l” mavzusi huddi 1 – sinfdagidek so’z mavzusi o’tiladi. Bu mavzuga 2 – sinfda 54 soat ajratiladi. O’quvchilar bilan, bilim ko’nikma va malakasiga qo’yilgan talablar quyidagilar: So’zlar yordamida gap tuzish va yozilishni. Berilgan mavzuga doir gap tuza olishni: O’quvchi quyidagilarni uddalay olishi zarur. So’zni, gapni va matnni, harflarni tushirib qoldirmay, ortiqchasini qo’shmay, o’rnini almashtirmay husni xat qoidalariga rioya qilgan holda ko’chirib va eshitib to’g’ri yozish. 4 – 5 bo’g’inli so’zlarning bir yo’lga sig’may qolgan qismini keyingi yo’lga bo’g’inlab ko’chirish; kitob, maktab, oftob, odob, ozod kabi so’zlar oxirida kelgan b va d yozilishini; farzand, xursand, baxt, do’st kabi o’quvchi nutqida ko’p uchraydigan. so’zlarga so’roq bera olishni va shu so’z nimani bildirishini; fe’l mavzusiga oid 2 – 3 gap tuza olish va uni yozilishi; rasmlar asosida 5 – 6 fe’l qatnashgan gap tuza olish va uni yoshni; 3 sinfda fe’l “so’z turkumlari” sifatida o’rgatilib, o’quvchining bilim, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat. Fe’l bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni, fe’l yasovchi qo’shimchalarni. Ko’nikmalarni egallashi kerak. - ma bo’lishsizlik fe’l hosil qiluvchi qo’shimchalarni to’g’ri yoza olishni so’z yasovchi qo’shimchalar asosida fe’l turkumini yasay olishni: Malakani egallashi kerak. Fe’l mavzusi doirasida 5 – 6 gapli bo’glanishli nutq tuza olishi va ma’lum tayyorgarlikdan so’ng uni yoza olishi; Nutq madaniyatni og’zaki va yozma nutqda fe’l so’z turkumiga tegishli bo’lgan so’zlarni ifodalashni o’rganishi; 4 – sinfda “Fe’l” mavzusiga jami 28 soat ajratilgan bo’lib, bunda o’quvchining, ko’nikma va malakasiga qo’yilgan talablar quyidagilardan iborat. - So’z turkumlari, ularning belgilarini. Ko’makchilarni egallashi kerak; - fe’l, fe’l zamonlarini (o’tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon); - fe’l zamon qo’shimchalari, ularning imlosi; - fe’lning tuslanishi; - fe’llarning 3 zamoni va ularning hosil qilinishi: shaxs – songa tuslanishi: Malakani egallashi kerak. - gaplarning elementar sintaktik tahlil qilish; - o’rganilgan qoidalarga oid 80 – 90 so’zli matnni husni xat qoidalariga rioya qilgan holda ko’chirib va eshitib yoza olishi; - berilgan matnga mustaqil reja tuzish, qayta hikoyalash va yozma bayon qilishi. - berilgan mavzu yoki rasm asosida kichik matn tuzib, yoza olishi; Fe’llarni shaxs – son. Fe’l zamonlari ularning gapdagi vazifasini o’rganish. Fe’llar shaxs – son qo’shimchalarini oladi. Tillarning shaxs – son qo’shimchalari bilan o’zgarishi tuslanish deyiladi. Masalan, o’qidim o’qiyapmiz, o’qiding, o’qiyapman, o’qiyapti, o’qidingiz. Fe’llaridagi ajratib ko’rsatilgan qo’shimchalar shaxs – son qo’shimchalari (tuslovchi qo’shimchalar) dir. Fe’llarda uch shaxs – son (I shaxs, II shaxs, III shaxs) va 2 son (birlik va ko’plik) bor. Fe’ldagi har bir tuslovchi qo’shimcha ham shaxs, ham sonni ko’rsatadi. Masalan, o’qidim fe’lidagi – m qo’shimchasi I shaxs birlikni, o’qiyapsan fe’ldagi – son qo’shimchasi II shaxs birlikni ko’rsatuvchi shaxs – son qo’shimchalaridir. Shaxslar Birlik Ko’plik I shaxs - m: tayyorladim - k: tayyorladik - man: yozmoqchiman – miz: yozmoqchimiz II shaxs - ng: tayyorlading - ingiz: tayyorladingiz - san: yozmoqchisan. - siz: yozmoqchisiz III shaxs - tayyorladi - (lar) tayyorladilar - yozmoqchi - (lar) yozmoqchilar - ishlayapti - (lar) ishlayaptilar. Fe’llarda uch zamon bor: 1) o’tgan zamon 2) hozirgi zamon 3) kelasi zamon Fe’l zamoni nutq so’zlanib turgan vaqt (payt) ga nisbatan belgilanadi (aniqlanadi). Masalan: o’qidim, o’qigansan, harakatning nutq so’zlanib turgan vaqtdan oldin bajarilganligini bildiradi, shuning uchun ular o’tgan zamon fe’li sanaladi: o’qiyapman, o’qimoqdasan fe’llari harakatning nutq so’zlanib turgan paytda bajarilayotganini bildiradi, shuning uchun bu fe’llar hozirgi zamon fe’li hisoblanadi: o’qimoqchisan, o’qimoqchiman fe’llari harakatning nutq so’zlanib turgan paytdan keyin bajarilishini bildiradi, shuning uchun ular kelasi zamon deyiladi. Fe’llarda zamon ma’nosi maxsus qo’shimchalar vositasida ifodalanadi. Fe’lga qo’shiladigan – di, - gan, - yop, - moqda, - moqchi qo’shimchalari zamon qo’shimchalaridir. Zamon qo’shimchalari fe’lga tuslovchi (shaxs - son) qo’shimchalardan oldin qo’shiladi. Fe’lning lingvistik xususiyatlari. Boshlang’ich sinflarda quyidagilar fe’lning lingvistik xususiyatlari sifatida o’rganiladi: so’roqlari yordamida; fe’llar zamon bilan o’zgaradi. Fe’l uch zamonni bildiradi: hozirgi zamon, o’tgan zamon, kelasi zamon; hozirgi zamon fe’llari nima qilyapti? So’rog’iga javob bo’ladi, hozirning o’zida, ya’ni nutq so’zlanayotgan vaqtda bajarilayotgan harakatni bildiradi; O’tgan zamon fe’li nima qildi? So’rog’iga javob bo’ladi, harakatning oldin, ya’ni nutq so’zlayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi; Kelasi zamon fe’li nima qilmoqchi? So’rog’iga javob bo’ladi, harakatning keyin, ya’ni nutq so’zlayotgan vaqtdan keyin bajarishini bildiradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari fe’l zamonlarini unga beriladigan so’roqdan bilib oladilar. So’roqdan uning leksik ma’nosi ham bilinib turadi. Download 183.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling