303-guruh talabasi saydullayeva davlatoyning ‘‘o’zbek adabiy tili tarixi’’ fanidan ‘‘shajarayi turk’’ asari bo’yicha tayyorlagan slaydi


Download 0.99 Mb.
bet4/5
Sana24.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1393613
1   2   3   4   5
Bog'liq
303-guruh talabasi saydullayeva davlatoyning ‘‘o’zbek adabiy tili.pptx 2

Qarluq, Qipchoq, Uygʻur, Ungut, Buxoro, Doʻrman kabi yuzlab soʻzlarning maʼnolari, etimologiyasi haqida ishonchli xulosalarni bayon etgan. Oʻzbek atamasining kelib chiqish tarixi haqida ham muhim fikr bildiradi: ʼʼ Toʻqtagʻuxon (1290-1312) oʻlgandan soʻng 13 yoshinda Oʻzbekxon (1312-1342) xon boʻldi. Taqi elni ota-bobosining dasturi birla zabt qildi. Har kimning martabasina loyiq hurmat qilib, inʼomlar berdi. El-ulusni islomgʻa kirguzdi... Andin soʻng Joʻji elini Oʻzbek eli tedilarʼʼ.

Abulgʻozi Bahodirxon Odam alayhissalomning yaratilish tarixi toʻgʻrisida rivoyatni keltirar ekan Odamni nima uchun odam deb atadilar degan savolga qaysidir maʼnoda javob berib ketadi: ʼʼLafzi Odam arab tili turur. Yerning qartishini odim der . Azroil tufraqning yerning ichindan olmaditaqi qirtishindin olib erdi, aning uchun Odam tedilar laqabi Sayfulloh tururʼʼ.


Oʻzbek urugʻlarining oʻziga xos etimologiyasi mavjud. Ular har bir millat milliy tilining oʻziga xos xususiyatlarini ochib beradigan muhim manba hisoblanadi. Quyida ularning ayrimlariga toʻxtalib oʻtamiz: Arlot eli (hozirda Olot) -arlot soʻzi ʼʼ otaning sevar oʻgʻliʼʼ maʼnosida talqin etilgan . Arlat bir kishining oti turur. Ani otasi koʻp sevar erdi. Aning uchun Arlat tedilar . Barcha Arlat eli aning nasli turur. Avshar eli - qadimiy urugʻlardan boʻlib , arab geogrflari Buxoro yaqinida Avshar degan qishloqni tilga oladilar. Abulgʻozi Bahodirxon avshar soʻzini ʼʼishini ildam ishlamoqchiʼʼ deb izohlaydi. Baday eli- (hozirda Badoy) -Kilgit urugʻiga mansub shaxs naslidan tarqalgan urugʻ nomi. Bayot eli- ʼʼdavlatliʼʼ degan maʼnoni anglatgan. Doʻrman eli- (hozirda Doʻrmon) moʻgʻulchada ʼʼ toʻrt ʼʼ degan maʼnoni anglatadi. Kilgit eli- ʼʼ tilida nutqida kamchiligi bor kishiʼʼ maʼnosini anglatadi. Bu haqida Abulgʻoziy Bahodirxon shunday yozadi: ʼʼ Kishining tilida kamligi boʻlsa , turk xalqi boʻltak der. Moʼgʻul kilgi der. Bu kishining tilida kamligi bor erdi. Aning uchun Kilgit tedilar. Barcha Kilgit eli u kishining nasli tururʼʼ. Nayman eli- Naymanlar moʻgʻul urugʻi hisoblanar edi olimlar naim soʻzi moʻgʻulchada ʼʼsakkizʼʼ maʼnosini anglatadi deb aytadilar. ʼʼ Bu qadim el turur , boshlari va mollari koʻp boʻlur erdi. Yurtlari moʻgʻul yurtinda boʻlur. Qoraqurim tegan yerda va ekinlari boʻlmasʼʼ. Qalmoq eli- qalmoq soʻzining maʼnosi ʼʼchetda qolganʼʼ (islom diniga kirmay qolgan) degan anglatadi. Qamoq eli- bir kishi qaniq-qaniq qilib yuruvchi arava yasadi va undan tarqalgan elni Qaniqli tedilar. Qipchoq eli- qadim turk elinda ʼʼ ichi qoʻsh yogʻochʼʼ ni qipchoq deb atashgan. Oʻgʻuzxon daraxt ichida tugʻilgan bolani asrab olib , unga shunday nom berdi. Qipchoq eli shuning naslidan tarqaldi. Keyinchalik bu xalq nomiga koʼchgan. Qarluq eli - turkiyda ʼʼqorlik, qorliq joy ʼʼ degan maʼnoni anglatadi. ʼʼ Qorluq eli Moʻgʻuluston togʻlarining ichinda yurt qilib oʻlturdilar. Qorluqning podshohi Arslonxon tegan erdiʼʼ . Qirgʻiz eli - Oʻgʻuzxonning Qirgʻiz otli nabirasi boʻlgan. Qirgʻiz eli shuning naslidan tarqalgan. Qoʻngʻirot eli - asarda yozilishicha qayon naslidan boʻlgan Choʻrliq mergan degan kishining Qoʻnqirat degan oʻgʻli boʻlgan va barcha Qoʻnqirat eli uning naslidan tarqalgan.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling