Bola: Paxta ekib dong taratgan, mehnat bilan baxt yaratgan. Bog’laringa gul yarashgan, ozod o’lkam obod o’lkam. O’zbekiston , O’zbekiston ! - Bola: Paxta ekib dong taratgan, mehnat bilan baxt yaratgan. Bog’laringa gul yarashgan, ozod o’lkam obod o’lkam. O’zbekiston , O’zbekiston !
- Bola : Ko’rkam Toshkent senga poytaxt, istiqlolga to’lgin har vaqt. Quchog’ingda kulgandir baxt, yashil shahar bag’ring bahor. O’zbekiston , O’zbekiston !
- Bola : Bog’larga boy keng Samarqand, uzumlari shakar payvand. Undan butun el bahramand , bog’laring soz to’kindir yoz . O’zbekiston , O’zbekiston ! Bola: Qashqadaryo bug’doylari , rosa pishsa yoz oylari . Shunda fermer saroylari , to’lar donga tog’ xirmonga. O’zbekiston , O’zbekiston !
- Bola : Ko’hna shahar Shaxrisabzing , Temur qurgan oq saroying . Ketdi dong’i bor jahonga, bu hur diyor yashnamoqda . O’zbekiston , O’zbekiston !
- Bola : Tug’ishgan el Qoraqalpoq, bir maktabda olar saboq . Baxtga mamnun yashar quvnoq , senga o’rtoq yo’li porloq . O’zbekiston , O’zbekiston !
- Bola : Quvada ham Namanganda ,anor, anjir g’arq pishganda . Rossiyada yeyishganda, qilib rohat derlar “ Rahmat “. O’zbekiston , O’zbekiston !
- Bola : Namanganu, Andijoning ,Farg’onang bor sening shoning . Yashnamoqda to’rt tomoning ,paxta maydon oltinga kon . O’zbekiston , O’zbekiston !
Bola : Yozyovonning cho’llari bor , bog’u – bo’ston yerlari bor . Burgutlari baland parvoz , o’tadi yoz juda ham soz . O’zbekiston , O’zbekiston ! - Bola : Yozyovonning cho’llari bor , bog’u – bo’ston yerlari bor . Burgutlari baland parvoz , o’tadi yoz juda ham soz . O’zbekiston , O’zbekiston !
- Boshlovchi: Barakalla. Xozir bolajonlarimiz ijrosida turli viloyatlarning chiroyli raqslarini tomosha qiling. Raqs “Terma”.
- Buxorocha raqs, Xorazm “Lazgisi”, “Andijon polkasi” va x.k. (musiqa rahbari ixtiyoriga ko’ra)
- Bola: Har doim bo’lsin quyosh, koinot gulga to’lsin. Vatanimiz qo’ynida, xalqlar shod omon bo’lsin Har doim bo’lsin quyosh, Vatan nurlarga to’lsin . Istagimiz yagona, tinchlik barqaror bo’lsin . Qo’shiq «Aziz bo’ston» Dilorom Omonullaeva musiqasi. Mirpo’lat Mirzo she’ri
- Boshlovchi: Porloq diyorimizning ertangi kun soxiblari. Mana bayramimiz ham o’z nixoyasiga yetay deb qoldi. Bolalar, biz yaxshi va tinch yashashimiz uchun, osmonimiz musaffo, yerimiz go’zal, gullar va o’simliklarga, meva-yu sabzavotlarga boy bo’lishi, ariq va daryolarimizda suvlar oqib turishi uchun doim ona tabiatimizni asrashimiz, unga to’g’ri munosabatda bo’lishimiz lozim. Men sizlarni O’zbekistonning mustaqillik bayrami bilan yana bir bor tabriklayman. Yakunlovchi musiqiy kompozitsiya ijro etiladi Yuzduz Usmonovaning “O’zbekiston” qo’shig’i, Muhammad Yusuf she’ri
Do'stlaringiz bilan baham: |