304- gurux talabasi rahimjonova Umidaxon Ilhomjonovna
Matematikani o‘rgatishda u tarbiyaviy choralarga ushbu omillarni kiritadi
Download 238.93 Kb.
|
Rahimjonova Umidaxon Ilhomjonovna
Matematikani o‘rgatishda u tarbiyaviy choralarga ushbu omillarni kiritadi:
1) bolalarda o‘qishga bo‘lgan qiziqish, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish; 2) mashg‘ulot jarayoniga bo‘lgan mas’uliyatlilikni tushuntirish; 3) o‘z kuchiga, qobiliyatiga bo‘ladigan ishonchni tarbiyalash; 4) matematika keyingi bosqich uchun “zamin” ekanligiga ishonchlilikni tarbiyalash. Matematik tushunchalarni shakllantirishda quyidagi komponentlarga ajratiladi: 1) keng qamrovli tasvirlashni rivojlantirish; 2) asosiyni tanlay bilish, abstrakt fikrlashni bilish; 3) aniq holatdan savolni matematik ifodalashga o‘tishni bilish; 4) tahlil qilishni, aniq holatlarga bo‘lishni bilish; 5) ilmiy xulosalarni aniq materialda ishlashni bilish; 6) matematik masalani echishda toqat qilishni bilish, deduktivfikrlash ko‘nikmalarini hosil qilish; 7) yangi savollarni berish (qo‘yish)ni bilish. Demak, ilk matematik qobiliyatlar shunday insoniy xususiyatlar orqali ifodalanadiki, ular matematika ilmida yuqori ijodiy faoliyat ko‘rsatishga imkon yaratadi. Bilim va ko‘nikmalarni o‘rganuvchilarning ko‘pchiligi bilish bu matematik masalada qo‘yilgan maqsadga muvaffaqiyatli erishtiruvchi bilim va ko‘nikmalarga asoslangan insoniy qobiliyatdir. “Bilish”ning ayni shunday ifodalanishi ushbu izlanishda ko‘rilmoqda. “Ko‘nikma” bolaning masalani echishdagi shaxsiy tajribasida ifodalanuvchi faoliyat deb ko‘riladi. Bilimni o‘zlashtirish va bilim hamda ko‘nikmalarning shakllanishi o‘rtasidagi bog‘lanish bolalarning bilimlariga asoslangan bilim va ko‘nikmalarni egallashda ko‘riladi. Ushbu ko‘nikma va bilimlar hisobida bolalarda yangi bilimlar, tushunchalar o‘zlashtiriladi. Geometrik tushunchalarni rivojlantirishda bolalarda mustaqil fikrlashni shakllantiruvchi boshqa bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish muhimdir. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish bir qator shartlarga bog‘liq: Birinchidan, bola oldin egallagan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi muhimdir. Download 238.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling