304- gurux talabasi rahimjonova Umidaxon Ilhomjonovna


Mashg‘ulotlarni puxta o‘tkazishda asosiy shart – sharoitlar


Download 238.93 Kb.
bet8/10
Sana16.06.2023
Hajmi238.93 Kb.
#1505643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Rahimjonova Umidaxon Ilhomjonovna

Mashg‘ulotlarni puxta o‘tkazishda asosiy shart – sharoitlar:
1. Tarbiyachi bolalarni ilmiy psixologik pedagogik taraqqiyoti xususiyatlarining asoslarini qonuniyatlarini bilish.
2. Bolalarni matematik tasavvurlariga uning taraqqiyotidagi ilmiy sistemani bilish.
3. Har bir yosh guruhidagi elementar matematika tasavvurlarini o‘rgatish dastursini ya’ni ish mazmunini bilish.
4. Bolalarni o‘rgatish metodik usullarini egallash, ya’ni ishni qanday olib borish.
5. O‘rgatish dastur materialini egallash faqat maxsus mashg‘ulotdagina amalga oshirilishini bilish.
6. Har bir mashg‘ulotda son-sanoq faoliyati bilan birgalikda boshqa matematik tushunchalari:
Kattalik, shakl, tevarak atrof, vaqt tushunchasini rejalashtirishni bilish.
7. Mashg‘ulotlar didaktik prinsip asosida tuzilishini bilish.
8. Mashg‘ulotlarda turli analizatorlardan keng foydalanish.
9.Ko‘rgazmali materiallardan keng foydalanish eng asosiy shart sharoitlardan biri ekanligini bilish.
10. Hap bir bolaning tarqatiluvchi material ishlashi va har bir mashg‘ulotning asosiy sharti ekanligini bilish kerak.5

Xulosa




«Yuqori sinflarda bolalar shaxs boʻlib, jamoa boʻlib shakllanadi. Ayni oʻsha paytda ularni oʻzlari oʻrgangan muhitdan ajratib qoʻymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda taʼlim-tarbiyasiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Shu bois taʼlim jarayonining usluksizligini taʼminlash, oʻquv dasturlarini takomillashtirish zarur.»

Shavkat Mirziyoyev


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyani tarbiyachi amalga oshiradi. U pedagogik jarayonda markaziy o‘rinni egallaydi. SHuning uchun tarbiyachi o‘z sohasini chuqur bilishi, har xil metodik vositalarni yaxshi egallagan, puxta pedagogik-psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi muhimdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayonida ularga oddiy matematik tushunchalarni o‘rgatibgina qolmay, ayni vaqtda bolalarning mantiqiy tafakkurini o‘stirish, mustaqillik faoliyatini shakllantirish, maqsadga intilish, topshirilgan vazifani ma’suliyat bilan bajarish, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishish, qat’iyatlilik, muomala madaniyatini shakllantirish ham muhimdir.


Maktabgacha yoshdan bolalarda matematik bilimlarning etarli bo‘lishiga katta ahamiyat berish muhimdir. CHunki, inson hayoti davomida matematik hisob-kitoblarga tez- tez duch keladi, ya’ni matematik bilimlar har qadamda kerak bo‘ladi. Agar biz maktabgacha yoshdan bolalarni matematika olamiga turli qiziqarli usullardan foydalangan holda olib kira olsak, matematik bilimlar bilan etarli darajada qurollantirsak, ular maktabda a’lo baholarga o‘qib, yuqori natijalarga erishadilar, hayoti davomida xalqimiz uchun foydali kasbni tanlash va chuqur egallashda qiynalmaydilar. CHunki qaysi kasbni olmaylik uni mahorat bilan bajarishga albatta matematik bilimlar kerak bo‘ladi. SHu sababli turli ta’limiy usullar, qiziqarli she’rlar, topishmoqlar orqali bolalarning yoshiga mos matematik bilimlar berib borishga katta ahamiyat berish muhimdir


Download 238.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling