304-guruh talabasi manonova nilufar oila psixologiyasi
Oilaning relakatsiya funksiyasi
Download 26.1 Kb.
|
OILA PSIXOLOGIYASI TOPSHIRIQ
Oilaning relakatsiya funksiyasi
Hozirgi zamon oilasining eng asosiy funksiyalaridan yana biri relakatsiya funksiyalaridir. Bu degani oila a’zolarning jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir. Ma’lumki, fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida, ishlab chiqarish munosabatlarining jadallashuvi, xalq xo’jaligining turli jabhalarida yangi texnologiyalarining joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson ruhiyatiga oldingilarga qaraganda ko’proq jismoniy, ruhiy zo’riqishlar bermoqda. Bugungi va ertangi kun sanoati, ishlab chiqarishi ishchi xodimdan bor imkoniyatni safarbar qilib, butun vujudi bilan ishlashni va o’zining kasb-hunar mahoratini muntazam oshirib borishni taqazo qiladi. Ishlab chiqarish jarayonlari jadalligining bunday tarzda davom etishi shu jarayonlar ishtirokchisi, boshqaruvchisi insonni tezda toliqib, o’zining mehnat qobiliyatini yo’qotishga olib kelishi mumkin. Ish kuni davomida ko’tarinkilik, kuchli zo’rikish bilan ishlagan xodim ishdan so’ng o’z uyida, oila a’zolari qurshovida boshqa tashvishlarni unutib, unga ko’rsatilgan mehr-oqibatdan bahramand bo’lgan xolda, ular bilan bo’ladigan o’zaro muloqat, ular tomonidan bo’ladigan emotsional qo’llab-quvvatlash, beriladigan daldalardan ruhiy quvvat olib, ertangi kun mehnat faoliyatiga o’zini qayta tiklab olishi lozim bo’ladi. Buning uchun esa uning oilasida tinchlik-totuvlik, bir-birini tushunish, o’zaro xurmat, mehr-oqibat, ijobiy psixologik iqlim hukm surmog’i lozim. Aks xolda inson bu oilada emotsional jihatdan, ruhiy jihatdan o’zini qayta tiklab ola olmaydi. Bu esa oqibatda odamning mehnat faoliyatida turli xatolarga, ishda sifatsizlik, jarohatlarga yo’l qo’yishiga, turli kasalliklarga duchor bo’lishiga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi funksiyalarning muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila baxtini ta’minlovchi mezon hisoblanadi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, oila-jamiyatning bir bo’lagi, uning asosiy yacheykasidir. Shuning uchun oilaning o’z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog’lomligiga ham ta’sir etadi. Shunday ekan, jamiyatni sog’lomlashtirish uchun, eng avvalo, oilaviy munosabatlarni yo’lga qo’yish, oilaning faqat ichki muammolarinigina emas, balki umumijtimoiy muammolarni ham hal qilishiga hissa qo’shishini ta’minlash lozim. 3.Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash – yoshlarni oilaviy hayotga tayyorgarligini shakllantirish muammolarining ko’p jihatlari orasida eng muhimi, zamonaviy jamiyatda oila va nikohning ijtimoiy rolini to’g’ri tushuntirish, fuqarolik huquqiy ongining mavjudligi. Ayni paytda jamiyatda ilgari o’rnatilgan va jamoatchilik ongida mustahkamlangan oilada o’zini tutish normalari va standartlarini tartibga soluvchi ta’sirning sezilarli darajada susayishi kuzatilmoqda. Buning sababi, avvalo zamonaviy sharoitlar an’anaviy oilada muhim rol o’ynagan ba’za muhim funksiyalar yo’qoldi. Nikoh va oilaviy munosabatlarni axloqiy tartibga solish bilan bir qatorda, oila a’zolarining bir-birlari va jamiyat oldidagi asosiy fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash orqali ularning ijtimoiy mohiyatini belgilaydigan va mustahkamlaydigan ushbu munosabatlarni huquqiy tartibga solish ham mavjud. 4.Kishilar faoliyating umumiy maqsadga erishish yo’lida psixologik va umumiy foydali motivlar bilan tavsiflanuvchi guruh – oila. Download 26.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling