304-guruh talabasi Manonova Nilufar


Download 213 Kb.
Sana22.11.2021
Hajmi213 Kb.
#176758
Bog'liq
Hand Carrying Earth

  • 304-guruh talabasi
  • Manonova Nilufar
  • Umumta’lim maktablarining 1-sinfi uchun “Atrofimizdagi olam” darsining asosiy vazifasi:
  • Bolalarning fanlar va tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, tizimga solish, ularning axloqiy ko’nikmalarini boyitish;
  • Odamlar hayoti va mehnatiga qiziqish uyg’otish;
  • Oila, maktab, jamoat joylarida o’zini to’g’ri tutish ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
  • “Atrofimizdagi olam” darslarida asosiy e’tibor tabiatga, oila a’zolariga, umuman, insonga nisbatan muhabbat va g’amxo’rlik, inson mehnati bilan yaratilgan narsalarni ehtiyotlab saqlash, mehnatni qadrlash, jonajon o’lkani, vatanni sevish, uyd va maktabda ijtimoiy foydali mehnatga qiziqish hislarini tarbiyalashga qaratilgan.
  • “Atrofimizdagi olam” fanining ta’limiy vazifalari:
  • Atrofimizdagi hayot hodisalari bilan tanishtirish jarayonida o’quvchilarning uzluksiz o’rganish qobiliyatini rivojlantirish uchun zaruriy bo’lgan ma’lum ma’naviy-axloqiy ko’nikmalar hosil qilish;
  • Maktab sharoitida atrof-muhit bilan tanishtirish o’quvchilarning samarali ta’lim olishlariga imkon berishni va bolalarning yetakchi faoliyatini inobatga olgan holda ta’lim berish;
  • Fanni o’rganish jarayonida darslarni tashkil qilishning mazmuni, shakli, uslublari integratsiyasini ta’minlash( misol uchun, tabiatni o’rganish, o’quvchilarni ekskursiyalar, o’quv sayrlari hamda amaliy ishlarni tashkil qilishda alohida ob’ekt va hodiosalarni bevosita kuzatish jarayonida tabiat bilan tanishtirish).

“Atrofimizdagi olam” fanining tarbiyaviy vazifalari: o’quvchilarni atrof olam bilan tanishtirish orqali umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish jarayonida ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlarini shakllantirib borish.

  • “Atrofimizdagi olam” fanining tarbiyaviy vazifalari: o’quvchilarni atrof olam bilan tanishtirish orqali umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish jarayonida ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlarini shakllantirib borish.
  • Rivojlantiruvchi vazifa:
  • O’quvchilarning olam haqidagi tasavvurlarini boyitish;
  • “Atrofimizdagi olam” fani mazmunini takomillashtirish orqali barkamol shaxs bo’lib yetishishlariga yordam berish.
  • Ijodiy vazifa: atrofimizdagim olam fanining o’qitilishi jarayonida tabiatga, olamga, borliqqa oid bilim, ko’nikma va malakalar zamonaviy talablar darajasida bo’lishini ta’minlash uchun o’quvchilarni mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita olishga o’rgatish.
  • Amaliy vazifa: “Atrofimizdagi olam” kursidagi kuzatishlar bir necha yo’nalishda tashkil qilinadi:
  • ob-havo; jonsiz tabiatning har xil komponentlarining yil fasllari bo’yicha holati (tuproq, suv havzalari, kecha va kunduzning davomiyligi va hokazo);
  • o’simlik va hayvonlar hayotidagi mavsumiy o’zgarishlar; odamlarning mavsumiy mehnati va ularning yil fasllari bo’yicha o’zgarishi;
  • tabiatdagi alohida o’simlik va hayvonlarni kuzatish.

Atrofdagi olam narsa ob’ektlar haqida shakllangan tasavvurlarini o’quvchilar o’quv mashg’ulotlari, didaktik va ijodiy o’yinlar, o’z-o’ziga xizmat qilish va ijtimoiy foydali mehnat qilish jarayonida amaliy jihatdan mustahkamlaydilar. Shu tarzda atrofdagi olam blan tanishish bo’yicha materiallarni o’rganishda o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ularning har taraflama yetuk shaxs bo’lib rivojlanishi maqsadida ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalalar hal qilinadi.

  • Atrofdagi olam narsa ob’ektlar haqida shakllangan tasavvurlarini o’quvchilar o’quv mashg’ulotlari, didaktik va ijodiy o’yinlar, o’z-o’ziga xizmat qilish va ijtimoiy foydali mehnat qilish jarayonida amaliy jihatdan mustahkamlaydilar. Shu tarzda atrofdagi olam blan tanishish bo’yicha materiallarni o’rganishda o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ularning har taraflama yetuk shaxs bo’lib rivojlanishi maqsadida ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalalar hal qilinadi.
  • “Atrofimizdagi olam” fanidan mshg’ulot olib boradigan o’qituvchi quidagilarga e’tibor qaratishi lozim:
  • Har bir berilgan nazariy mazmundagi material amaliy ishlar asoida tushuntirilishi lozim;
  • O’quvchilarning tevarak-atrofga oid bilimlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashqlar, shakli va mazmuni turlicha bo’lgan topshiriqlar, ziyraklik va topqirlikni talab etuvchi topshiriqlardan foydalanish lozim;
  • Topshiriqlarni soddadan murakkabga o’tish haqidagi talablarga rioya qilgan holda tanlash kerak. Mustaqil bajarishga oid, bahs-munozara qilishga sabab bo’ladigan topshiriqlar ham berish zarur;
  • Turli bo’limlardagi bilimlarni qo’llashni talab etuvchi komponentlar, o’quvchilarning bilish faoliyatlarini tezlashtiruvchi, dalillarni taqqoslay olishni shakllantiruvchi, taklif va mulohazalarni aytish v ularni tekshirishga doir mashqlar berish lozim.

Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling