Ta’lim vositalarini loyihalashtirish. Ta’lim jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi, o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish, o‘rganish, shu bilan birga ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vositalar ta’lim vositalari bo‘lib, o‘qituvchi dars mazmunining qaysi qismini, qanaqa vositadan foydalanib, qanday yetkazib berilishini loyihalaydi.
O‘qituvchi tomonidan tayyorlanadigan loyihalar - dars ishlanmalarida, texnologik xaritalarda, o‘quv-uslubiy majmualarda o‘z aksini topadi.
Informatika o‘qituvchisining pedagogik va ATni, ulardan foydalanishni bilishi, g‘oyaviy boyligi, kasbiy mahoratining yuqori darajadaligi ta’lim jarayonini loyihalashtirish va tashkil etishda yetakchi o‘rinni egallaydi.
Loyiha texnologiyasi, ta’lim jarayonini loyihalashtirish. O‘qituvchining o‘quv faoliyati bu dars jarayonini tashkil etadi. Har bir dars o‘zgacha usulda loyihalashtirishni talab etadi. O‘qituvchining loyihalovchilik faoliyati dars ishlanmasini tuzish jarayonidan boshlanadi.
Yuqorida keltirilgan bosqichlar asosida darsni loyihalashtirish quyidagicha bo‘ladi:
1.O‘quv faoliyatini loyihalashtirishda tayyorgarlik (izlanish) bosqichi
Dars turini aniqlanadi (ma’ruza, amaliy, laboratoriya darslaridan qaysi biri)
Darsning maqsadini aniqlashtiriladi
ta’limiy maqsad (darsning maqsadi nima, nimalarni o‘rgatadi?);
tarbiyaviy maqsad (qanday xususiyatni tarbiyalaydi);
rivojlanuvchi maqsad (qanday holatni, xislatni, qobiliyatni rivojlantiradi).
Darsdan kutiladigan natijalarni rejalashtiradi (dars yakunida o‘quvchilar nimalarni bilib olgan bo‘lishlari kerakligini ifodalaydi). Bunda o‘qituvchi mazmunni aniqlaydi va mazmunni yoritilish ketma-ketligini va aynan o‘quvchiga yetkazilishi kerak bo‘lgan aniq tushunchalarni belgilab oladi
2.Ajratib olingan mazmunni yetkazib berish uchun metodlarni tanlaydi (an’anaviy metoddan qaysi, noan’anaviy, interfaol metodlardan qaysini shu mavzuga qo‘llash mumkin va h.k.) Aynan shu jarayon(dars)da AT necha vaqt, pedagogik texnologiyadan qancha vaqt foydalanishni belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |