306-guruh talabasi berkinova umidaning informatikani o‘qitishni loyihalashtirish fanidan labaratoriya ishi bajardi
O‘quv faoliyatini loyihalashtirish (loyihani tayyorlash
Download 332.14 Kb.
|
Berkinova Umida labaratoriya 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakunlovchi bosqich
- Innovatsion pedagogik muhitni tashkil etish vositalar.
3.O‘quv faoliyatini loyihalashtirish (loyihani tayyorlash), metodik tizim sifatida ishlab chiqishni bir dars loyihasi misolida keltiramiz
Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi. Bu bosqich o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi harakati, o‘zaro ta’siri bo‘lib, yuqoridagi loyiha (dars ishlanmasi, texnologik xaritaga mos)ga mos 80 minutlik dars olib boriladi. Yakunlovchi bosqich. O‘qituvchi olib borilgan darsni tahlil qilinadi. Darsda kimlar aktiv ishtirok etdi, o‘tilgan mavzuni talabalar qanday darajada o‘zlashtirdilar, qanday bilim, ko‘nikma va malakalar egallandi, u DTSga mos bo‘ldimi, loyiha bo‘yicha olib borilgan dars talabga javob beradimi va h.k Innovatsion pedagogik muhitni tashkil etish vositalar. В.I.Slabodchikov g‘oyasiga ko‘ra qayerda ta’lim muhiti mavjud bo‘lsa, uning mazmun-mohiyati, aloqalari va vositalari mavjud bo‘ladi. Muhit o‘zining chegarasi va tarkibiga ega. “Muhit asosini nimalar tashkil etadi?”, “uning qanday aloqalari mavjud?”, “muhitning vositasi nima va nimalari bilan ajralib turadi?” kabi savollarga javob berishi kerak. Ta’lim muhiti ilgaridan belgilab berilgan, qandaydir bir ma’noli narsa emas. Ta’lim beruvchi va talabalarning uchrashuvi qayerda boshlansa, o‘sha yerdan ta’lim muhiti boshlanadi, qaysiki ularning birgalikdagi faoliyatining manbai sifatida alohida institutlarda, ta’lim dasturlari, ta’lim subyektlari orasida ta’lim jarayoni tashkil etilib, muhit loyihalanadi va quriladi. Bundan, muhit ta’limni tashkil etish jarayonida subyekt (o‘qituvchi va o‘quvchi)larning birgalikdagi faoliyatining fazosi sifatida izohlanadi. Innovatsion pedagogik muhit shaxsni har tomonlama rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan, pedagogik ijodkorlikni, noan’anaviy fikrlashni shakllantiradigan ta’lim muhiti bo‘lib, bu muhitni yaratuvchilari o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligini ta’minlanishi hisoblanadi. Innovatsion pedagogik muhitni tashkil etish vositalarini shartli ravishda ikki qismga bo‘lib ko‘rsatishimiz mumkin. Birinchisi moddiy, ikkinchisi ma’naviy vositalardir. Moddiy vositalarga informatika o‘qituvchisi innovatsion pedagogik muhitni tashkil etishda foydalanidigan qonuniy me’yoriy hujjatlar, loyihalashtirish hujjatlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, barcha turdagi texnik vositalar, ma’naviy vositalarga loyihalashtirishning umumiy vositalari: ijtimoiy buyurtmalar, tegishli informatika fanining nazariy amaliy tushunchalari, innovatsion pedagogik texnologiyalardan nazariy va amaliy qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar, fanning o‘quv qo‘llanmalari, majmualari, elektron ta’lim resurslari va h.k. Pedagogik jarayonning ishlanmasi bilan innovatsion loyihalashtirish farq qiladi, ishlanma hech qanday yangi g‘oyalarga asoslanmasligi, ilgaridan ma’lum metodlar va usullardan, texnologiyalardan foydalanish, har doim ham istiqbolli, ertangi kun ehtiyojini hisobga olmasligi, o‘quvchi shaxsining qimmatli ehtiyojlari(xohlaydimi, yo‘qmi?)ni hisobga olmasligi mumkin. Innovatsion pedagogik loyihalashtirish esa aksincha, o‘quvchini har tomonlama o‘rgangan holda uning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olish, o‘qitishda hali ma’lum bo‘lib ulgurmagan innovatsion pedagogik texnologiyalardan, metodlardan, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan, elektron ta’lim resurslaridan foydalaniladi. Download 332.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling