307- guruh Bajardi: Tekshirdi: Mavzu: Ajratilgan izoh bo'laklar semantikasi Reja: Kirish


Ajratilgan bo‘lakli gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi


Download 176.66 Kb.
bet6/7
Sana10.02.2023
Hajmi176.66 Kb.
#1186183
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
word

2.3.Ajratilgan bo‘lakli gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi
Yozma nutqda izoh bo’laklar ko’pincha vеrgul va tirе bilan ajratiladi:
1. Izoh bo’laklar ikki tomonidan vеrgul bilan ajratiladi: Kanal bo’yidagi choyxonada, avtobus bеkatida, A'zamjon uchradi.
2. Izoh bo’laklarning o’z ichida vеrgul bo’lsa, ikki tomoniga tirе qo’yiladi: Endi odamlar – otliq, piyoda, yosh-qari - uchray boshladi.
3. Ajratilgan bo’lak kеngayib, uyushib, gap oxirida kеlsa, undan oldin tirе qo’yiladi: Mеning o’z muhabbatim bor – toza va musaffo!
4. Bosh kеlishikdagi kishilik olmoshini izohlagan bo’laklardan avval tirе, kеyin vеrgul qo’yiladi: Mеn - Fozilova Fotima, VII sinfda o’qiyman. Ba’zan izohlanayotgan ega ot turkumiga tegishli bo’lganida ham tinish belgilari shu tarzda qo’yilish mumkin: Otam - Ilyos Tohirov, zavodda ishlaydi.
O‘zidan oldingi gap bo‘lagini izohlagan bo‘lak ajratilgan izoh bo‘lak deyiladi. Ajratilgan bo‘laklar vergul va tire bilan ajratib ko‘rsatiladi. Izoh bo‘laklari, asosan, ikki tomondan vergul bilan ajratiladi. Navbatchi hamshira, sochi oq semiz xotin, Sadbarning kechasi ham kelganini eslatdi. (As.M.) Izoh bo‘laklarning o‘zida vergul bo‘lsa, bunday bo‘laklar ikki tomondan tire bilan ajiratiladi: Endi odamlar-otliq, piyoda, yosh-qari-uchray boshladi.(O). Bosh kelishikdagi kishilik olmoshini izohlagan bo‘laklardan avval tire, keyin vergul qo‘yiladi: Men-Fozilova Fotima, Farg‘ona viloyati maktablaridan birida o‘qiyman. Yozma nutqda izoh bo‘lakning oldiga tire, izoh bo‘lakdan keyin vergul qo‘yiladi:Otam-Ilyos Tohirov, zavodda ishchi. Ajratilgan to‘ldiruvchi: o‘zidan oldingi to‘ldiruvchini izohlaydi. Izoh to‘ldiruvchilar o‘zidan oldingi to‘ldiruvchi bilan bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadigan ya’ni, shu jumladan, xususan, ayniqsa kabi so‘zlar bilan ham qo‘llanadi: Agar oyim, ya’ni Sarvinoz Madumarova, rozi bo‘lsa, meni, ya’ni Akrom Madumarovni, milisiya kapitani o‘rtoq Ergashov o‘ziga ishga olmoqchi ekan (X.T) ; Maktabimizda, bichuv-tikuv to‘garagidan tashqari, musiqa va ijodkorlar to‘garagi ham ishlab turibdi gapidagi ajratilgan bo‘lak ham to‘ldiruvchi hisoblanadi. Ajratilgan aniqlovchi o‘zidan oldingi qaratqich-aniqlovchini yoki sifatlovchi-aniqlovchini izohlab kelgan bo‘lakdir. Oshpazning,
Mamatqulovning, qo‘li gul ekan (gazet). Ajratilgan izoh sifatlovchi aniqlanmishdan keyin keladi: Kamzul kiydim, tirinka. Qobil bobo, yalang bosh, yalang oyoq, eshik oldida dag‘-dag‘ titrardi. (A.Q) Ajratilgan hol o‘zidan oldingi holni izohlab keladi. Yozda, qovun pishig‘ida, havo kechasi ham dim bo‘ladi. (gazet) Asosan payt va o‘rin hollari ajratiladi. Uning qo‘lidan ushlab ichkariga, devonga, boshladi (A.Q.) Nutqimizda Nima eksang shuni o‘rasan; Bu kitobni qaytarish sharti bilan beraman kabi shart holi ishtirokidagi gaplar; Nigora darsga qatnashmagan bo‘lsa ham vazifani bajarib keldi gapidagi kabi to‘siqsiz hollar ham qo‘llanadi. Bunday gaplarda holdan keyin to‘xtalish bo‘lsa ham vergul qo‘yilmaydi. Dehqon bo‘lsang shudgor qil. (Maqol) O‘ynab aytsang ham o‘ylab ayt. (Maqol) Hurmat qilsang hurmat ko‘rasan.(Maqol) Topsam aytaman. Ishlasang tishlaysan (Maqol) Izlasang imkon topasan.
Ajratilgan bo‘laklarni ayirishda vergul ishlatiladi: Biz, o‘quvchilar, intizomli bo‘lishimiz kerak
Ajratilgan izoh bo’lakli gap. O’zidan oldingi bo’lakni izohlagan bo’lak ajratilgan izoh bo’lak deyiladi:Men ishni mana shundan, ya’ni tushuntirishdan boshladim.Ajratilgan bo’laklarning uyushiq bo’laklardan farqi shundaki, ular bir tushunchaning ikkita nomidir, ya’ni bir shaxs yoki bir narsa ikki marta nomlanadi, uyushiq bo’laklar esa bir necha shaxs yoki narsani ifodalaydi.
Gap bo’laklarining ajratilishida gapda so’z tartibining o’zgarishi, gap bo’laklarining kengayishi, bir bo’lakning o’zidan oldingi bo’lakni izohlashi bir bo’lakni boshqalardan ajratib bo’rttirib ko’rsatish zaruriyati kabilar sabab bo’lishi mumkin, Ko’chada borar, g’amgin va o’ychan. Ukasi, ko’zlari chqnagan, unga g’azab bilan qaradi. Oldinda, muyulishda, bir qora ko’rindi. U har kuni, quyosh tikka kelganda, shaharga tushadi.
Yozma nutqda izoh bo’laklar ko’pincha vеrgul va tirе bilan ajratiladi:
1. Izoh bo’laklar ikki tomonidan vеrgul bilan ajratiladi: Kanal bo’yidagi choyxonada, avtobus bеkatida, A'zamjon uchradi.
2. Izoh bo’laklarning o’z ichida vеrgul bo’lsa, ikki tomoniga tirе qo’yiladi: Endi odamlar – otliq, piyoda, yosh-qari - uchray boshladi.
3. Ajratilgan bo’lak kеngayib, uyushib, gap oxirida kеlsa, undan oldin tirе qo’yiladi: Mеning o’z muhabbatim bor – toza va musaffo!
4. Bosh kеlishikdagi kishilik olmoshini izohlagan bo’laklardan avval tirе, kеyin vеrgul qo’yiladi: Mеn - Fozilova Fotima, VII sinfda o’qiyman. Ba’zan izohlanayotgan ega ot turkumiga tegishli bo’lganida ham tinish belgilari shu tarzda qo’yilish mumkin: Otam - Ilyos Tohirov, zavodda ishlaydi.

Xulosa.
Yuqrorida bayon qilinganlardan ma'lum bo`ladiki, gap bo`laklari lisoniy bеlgi sifatida shakl va ma'no birligidan iborat. Gap bo`lagining o`zi ikkilangan xususiyatga ega bo`lish birga, uning tarkibidagi shakl va ma'no xususiyatlari ham ikkilangandir. Gap bo`lagi shakli morfologik va sintaktik shakl birligidan tashkil topgani kabi, uning ma'nosi ham morfologik va sintaktik ma'no birligidan tashkil topadi.
Shunday qilib, aniq til materialining funksional tahlili muammosining ba’zi qirralari bilan qisqacha tanishib o‘tdik. Bizningcha, funksional, qaram monemalar tushunchasiga asoslangan holda gap va MSQ komponentlarining funksional salmog‘ini o‘rganish til sistemasi birliklarining nutqqa ko‘chirilishi masalasi bilan bog‘liq muammolar yechimi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Tilning kishilar o‘rtasidagi aloqa quroli ekanligi barchaga ma’lum. Biroq u o‘z murakkab sistemasi va strukturasiga ega bo‘lgan quroldir. Keltirilgan ko‘satkichlar adabiy manbalar asosida yig‘ilgan misollar natijasi bo‘lib, ularning sinonimik munosabatini hisobga olgan holda aniq chegaralab bo‘lmaydi, chunki bog‘lovchilarni bog‘langan qo‘shma gap qismlari tarkibida qo‘llash yozuvchi va matn uslubiga xos muhim xususiyatdir. Demak, bog‘langan qo‘shma gaplarning funksional-semantik birikuvida bog‘lovchilarning ham soni ham vazifasi asosan zidlov-qiyoslash munosabatida kengroq tahlilga sabab bo‘ldi. Ajratilgan izohli bo‘lak qo‘shma gaplarda bog‘lovchilarni shakliy ikki turga ajratish mumkin: sodda va takroriy. Ajratilgan izohli bo‘lak qo‘shma gap tarkibida funsional munosabatga kirishganda ularning sinonimik ma’no darajasi bir-biridan farqlanmaydi. Faqatgina ayiruv munosabatini bo‘rttirish yoki susaytirish uchun birinchi yoki ikkinchi gap tarkibida yuklamalar qo‘llanadi. Takroriy bog‘lovchilarning ayiruv munosabatini ifodalashi nisbatan kam salmoqlidir. Bundan tashqari o‘zbek tilida bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap qismlarining sodda gaplarning turli tiplari bilan ifodalanishi ham e’tiborli jihatdir. Shu sababdan, qismlardan biri yoki har ikkalasi ham darak va so‘roq gaplar bilan berilishi yoki bulardan farqli ravishda qo‘shma gap tarkibida undov gap kirsa, ikkala qism ham undov gap bo‘la olmasligi va faqat birginasi undov gap bilan ifodalanishi mumkinligini ham kuzatsa bo‘ladi. Hozirgi o‘zbek tilida bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap qismlarining bir sostavli va ikki sostavli gaplar bilan ifodalanishini olsak, bir sostavli gaplarning barcha turlari bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplarning har ikkala qismini yoki ikki sostavli gap bilan bir qismining o‘zini tashkil eta olishini ko‘rish mumkin


Download 176.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling