307- guruh Bajardi: Tekshirdi: Mavzu: Ajratilgan izoh bo'laklar semantikasi Reja: Kirish


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 176.66 Kb.
bet2/7
Sana10.02.2023
Hajmi176.66 Kb.
#1186183
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
word

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishinidan ko`zlangan maqsad ajratilgan izohli gaplar grammatik tushunchalrni o’rganishva tahlil qilish . Shu jarayonda sintaksisga oid bilimlarni gap va uning bo’laklari tushunchasini, bosh va ikkinchi darajali bo’laklarni o’rgatish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq 4 qilishdan iborat. Ana shu maqsadni amalga oshirish uchun kurs ishi oldiga quyidagi vazifalar qo`yildi: Ajratilgan bo‘laklar va ularning mazmuniy murakkablashuvi, Gapda ajratilgan izohli bo`lak ilmiy tadqiqoti (B.Mengliyev), Izohlash orqali gap bo‘laklarini ajratish haqida ma’lumot, Tartibni o‘zgartirish orqali gap bo‘laklarini ajratish

I. Ajratilgan izoh bo'laklar haida ma’lumot va ilmiy tadqiqotlar.
1.Ajratilgan bo‘laklar va ularning mazmuniy murakkablashuvi
Gapning ajratilgan bo‘laklari o‘zlari aloqada bo‘lgan bo‘laklarning ma’nosinita’kidlab, bo‘rttirib yoki izohlab, aniqlashtirib(konkretlashtirib) keladi.
Ajratilgan bo‘laklaryuqoridagi vazifalarga muvofiq ikki xil yo‘l bilan ajraladi:1) tartibni o‘zgartirish; 2) bir nomni boshqacha nomlash.
Sifatlovchi aniqlovchi, odatda, aniqlanmishdan oldin keladi. Ba’zan tinglovchining diqqati sifatlovchiga tortilganda, so‘zlovchi uning odatdagi tartibini o‘zgartirib, sifatlanmishdan keyin keltiradi. Natijada sifatlovchi gapning boshqa bo‘laklaridan boshqacha ohang bilan ajralib qoladi. Sifatlovchining ma’nosi odatdagi tartib bo‘yicha qo‘llangan sifatlovchiga nisbatan bo‘rttiriladi, alohida ta’kidlanadi. Gapdagi eng ahamiyatli, yangi axborot tashuvchi qismga aylanadi.
Tartibi o‘zgartirilgan, lekin sifatlovchilik xususiyatini saqlab qolgan sifatlovchi aniqlovchilar ajratilgan bo‘lakka aylanadi: Bu o‘zbek yigiti –tanti, mehribon.
Rangi o‘chgan, Umri kechgan kuz guli, Bir yoli pastroq egil gapida sifatlovchi aniqlovchilar odatdagi tartibda qo‘llangan. – Kuz guli – Rangi o‘chgan, Umri kechgan gapida esa ularning tartibi o‘zgartirilgan va ajratilgan bo‘lakka aylangan.
Ajratilgan sifatlovchi aniqlovchilar yozuvda boshqa bo‘laklardan doimo vergul bilan, agar sifatlovchi aniqlovchilarni o‘zi uyushgan bo‘lib, ichida vergul bilan ajratilgan bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak boshqa bo‘laklardan tire bilan ajratiladi.
Nutq jarayonida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan so‘zni tinglovchiga tushunarli bo‘lish uchun uning yoniga ma’lum bo‘lgan so‘zni qo‘yib bayon qilish mumkin. Bu esa bir nomni boshqacha nomlash sanaladi:Julqunboy – Abdulla Qodiriy mening eng sevimli adibim. Lingvistika – tilshunoslik mening sevgan fanim bo‘ladi.
Ba’zan ma’nosi umumiyroq bo‘lgan so‘zning ma’nosini aniqlashtirish uchun uning yoniga konkretroq, aniqroq ma’no bildiruvchi so‘z keltiriladi: Bog‘chadagi do‘stimni –Qodirni ko‘rib qoldim.
Ayrim hollarda esa ma’lum bir narsa boshqa narsaga o‘xshatilib, ularning nomi yonma-yon ishlatiladi: Shu farzandimni – ko‘zim qorasini –elning ardog‘ida bo‘lishini xohlayman.
Natijada bir tushunchaning ikkita nomi vujudga keladi. Ikkita nom bo‘lishi, har ikki nomning bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi, har ikkisining ham bir xil grammatik shaklda bo‘lishi bilan bunday ajratilgan bo‘laklar uyushgan bo‘laklarga o‘xshaydi.
Solishtiring: Unda, Halimning ukasida, qiziqarli kitoblar ko‘p. Bu gapdagi unda, Halimning ukasida bo‘laklariikki kishini bildirsa va sanash ohangi bilan talaffuz qilinsa, uyushgan bo‘lak, bir kishini bildirib, ikkinchisi birinchisidan biroz to‘xtamdan so‘ng pastroq ohang bilan talaffuz qilinsa, ajratilgan bo‘lak bo‘ladi.
Gapning hamma bo‘laklari ajratilishi mumkin. Qaysi gap bo‘lagining so‘rog‘iga javob bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak o‘sha gap bo‘lagining nomi bilan yuritiladi.
Ular boshqa bo‘laklardan maxsus to‘xtam bilan ajralib, gap urg‘u (mantiqiy urg‘u)sini oladi:Tursunali akaga, shunday katta olimga, kuyov bo‘lish hazil gap emas. (Bu gapda birinchi axborot Tursunali akaga kuyov bo‘lish hazil gap emasligi gapning asosiy qismi orqali, ikkinchi axborot esa Tursunali akaningkatta olimligi ajratilgan bo‘lak orqali ifodalangan). Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatga –Roziyani avvalgiday go‘zal, shod ko‘rish niyatiga– Sattor bir lahzada yetdi.Sizga, o‘rta bo‘yli qizga, atlas juda yarashibdi.
Ajratilgan bo‘laklar tuzilishiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi:
a) bir bo‘lak holida: Boyagi yigitning, Avazning, qo‘li gul ekan.
b) birikmali bo‘lak holida:Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamroh bo‘lib qoldi.
Ajratilgan bo‘lak o‘zi izohlayotgan bo‘lakdan doimo keyin keladi va yozuvda vergul, tire va ba’zan qavs bilan ajratiladi.
Ajratilgan bo‘laklar, gapdagi qaysi bo‘lakka oid ekanligiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi: ajratilgan hol, ajratilgan aniqlovchi, ajratilgan izohlovchi (ega), ajratilgan to‘ldiruvchi, ajratilgan kesim.
Gap tarkibidagi ma’lum bo‘lakning ma’nosini ta’kidlab, izohlab keluvchi, boshqa bo‘laklardan to‘xtam va ohang jihatidan ajralib turuvchi bo‘laklarga ajratilgan bo‘laklar, shunday bo‘lakli gaplarga esa ajratilgan bo‘lakli gaplar deyiladi. Ajratilgan bo‘laklar ishtirok etgan gaplar mazmunan murakkablashadi. Gapning asosiy qismi ifodalagan axborotga ajratilgan bo‘lakdan anglashilgan qo‘shimcha axborot qo‘shiladi.
Masalan, Тursunali akaga, shunday katta olimga, kuyov bo‘lish hazil gap emas. (O‘.Usmonov) Bu gapda birinchi axborot Тursunali akaga kuyov bo‘lish hazil gap emasligi gapning asosiy qismi orqali, ikkinchi axborot esa Тursunali akaning katta olimligi ajratilgan bo‘lak orqali ifodalanadi.
Yuqorida bayon qilinganidek, ajratilgan bo‘laklar ikki xil vazifani bajaradi:
• a) ma’lum bir bo‘lak ma’nosini ta’kidlash, bo‘rttirish;
• b) ma’lum bir bo‘lakning umumiy ma’nosini izohlash, konkretlashtirish, tushunarsiz ma’nosini tushuntirish.
Ajratilgan izoh bo’lakli gaplar
O’zidan oldingi bo’lakni izohlagan bo’lak ajratilgan izoh bo’lak dеyiladi: Mеn ishni mana shundan, ya'ni tushuntirishdan boshladim.
Ajratilgan bo’laklarning uyushiq bo’laklardan farqi shundaki, ular bir tushunchaning ikkita nomidir, ya'ni bir shaxs yoki bir narsa ikki marta nomlanadi, uyushiq bo’laklar esa bir nеcha shaxs yoki narsani ifodalaydi.
Gap bo’laklarining ajratilishida gapda so’z tartibining o’zgarishi, gap bo’laklarining kеngayishi, bir bo’lakning o’zidan oldingi bo’lakni izohlashi, bir bo’lakni boshqalaridan ajratib bo’rttirib ko’rsatish zaruriyati kabilar sabab bo’lishi mumkin. Ko’chada borar, g’amgin va o’ychan. Ukasi, ko’zlari chaqnagan, unga g’azab bilan qaradi. Oldinda, muyulishda, bir qora ko’rindi. U har kuni, quyosh tikka kеlganda, shaharga tushadi. Ajratilgan bo‘lakning bu ikki xil vazifasi uning ajratish usuli orqali ham bilinib turadi..
Ajratilgan bo‘laklar yuqoridagi vazifaga muvofiq ikki xil yo‘l bilan ajratiladi:
Sifatlovchi aniqlovchi, odatda, aniqlanmishdan oldin keladi. Ba’zan tinglovchining diqqati sifatlovchiga tortilganda, so‘zlovchi uning odatdagi tartibini o‘zgartirib, sifatlanmishdan keyin keltiradi. Natijada sifatlovchi gapning boshqa bo‘laklaridan boshqacha ohang bilan ajralib qoladi. Sifatlovchining ma’nosi odatdagi tartib bo‘yicha qo‘llangan sifatlovchiga nisbatan bo‘rttiriladi, alohida ta’kidlanadi. Gapdagi eng ahamiyatli, yangi axborot tashuvchi qismga aylanadi.
Ajratilgan sifatlovchi aniqlovchilar yozuvda boshqa bo‘laklardan doimo vergul bilan, agar sifatlovchi aniqlovchilarni o‘zi uyushgan bo‘lib, ichida vergul bilan ajratilgan bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak boshqa bo‘laklardan tire bilan ajratiladi. Nutq jarayonida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan so‘zni qo‘llasangiz, tinglovchiga tushunarli bo‘lish uchun uning yoniga ma’lum bo‘lgan so‘zni qo‘yib bayon qilasiz. Masalan, Lingvistika — tilshunoslik, mening sevgan fanim bo‘ladi.
Ba’zan ma’nosi umumiyroq bo‘lgan so‘zning ma’nosini aniqlashtirish uchun uning yoniga konkretroq, aniqroq ma’no bildiruvchi so‘zni keltirasiz.Masalan:Litseydagi dugonamni — Nodirani ko‘rib qoldim. Ayrim hollarda esa ma’lum bir narsani boshqa narsaga o‘xshatib, ularning nomini yonma-yon ishlatamiz. Masalan: Shu farzandimni — ko‘zim qorasini — elning ardog‘ida bo‘lishini xohlayman.
Natijada, bir tushunchaning ikkita nomi vujudga keladi. Ikkita nom bo‘lishi, har ikki nomning bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi, har ikkisining ham bir xil grammatik shaklda bo‘lishi bilan bunday ajratilgan bo‘laklar uyushgan bo‘laklarga o‘xshaydi. Solishtiring: Unda, Halimning ukasida, qiziqarli kitoblar ko‘p. Bu gapdagi unda, Halimning ukasida bo‘laklari ikki kishini bildirsa va sanash ohangi bilan talaffuz qilinsa, uyushgan bo‘lak, bir kishini bildirib, ikkinchisi birinchisidan biroz to‘xtamdan so‘ng pastroq ohang bilan talaffuz qilinsa, ajratilgan bo‘lak bo‘ladi.
Bunday ajratilgan bo‘laklar gapning boshqa bo‘laklaridan vergul, ba’zan tire bilan ajratiladi. Gapning hamma bo‘laklari ajratilishi mumkin. Qaysi gap bo‘lagining so‘rog‘iga javob bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak o‘sha gap bo‘lagining nomi bilan yuritiladi.
Masalan
1. Komil buvaning uyi shu yong‘oqzorning ichida — Bo‘rijarning qoq ustida emish.
2. Dadam harsillab nafas olib, narigi tomonga — pastga tushdi.
3. Ovqatdan keyin ayvonda, xontaxta atrofida o‘tirib choy ichdik. Dadam sharqirab oqib yotgan ariq bo‘yida, bir tup sadaqayrag‘och tagida to‘xtadi.
4. Chindan ham bomba ancha orqaga — o‘rmonzorga borib tushadi.
5. Yangi yil kechasi — nemislar mastalast bo‘lib Rojdestvo bayrami qilayotganida hujumga o‘tdik!
6. Endi u rosmana raisga — Umar zakunchiga aylangan edi.
7. Ochil akaning daftari ancha nariga — o‘tlar ustiga otilib ketgan, varaqlari ochilib, xira oydinda oqarib ko‘rinardi.
8. Biz — er-xotin yog‘ zavodida ishlaymiz.
9. Qo‘zivoy hammani har yoqqa surib, uch-to‘rt qadam orqaga, Sherzod cho‘nqayib o‘tirgan doska tomonga tisarildi.(O‘ Hoshimov)
a) tartibni o‘zgartirish;
b) bir nomni boshqacha nomlash.
Ajratilgan izohlar
Ajratilgan izohlarning ayrim turlari gapning biror -bo‘la-g‘ini izohlab, unga bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ma'lumot beradi.
Masalan:Har yoqqa xabarshlar —7 ili uzun jaryailar —Chopa-yaopa ketdilar. (H. O.) ,Fursating borma, qaynatangdan, Zunnunxo‘jadan so‘rabkelganmisan? — deda. (A. Q.)
Ajratilgan izohlar ajratilgan bo‘laklarning boshqa turidano‘z xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu farqlardan birishundaki, bu xil ajratilgan bo‘laklar o‘zlari ifodalayotganma'noni boshqa gen bo‘laklaridan ajratib ifodalabgina qolmay»ulardan oldin kelgan boshqa bir bo‘lakning ma'nosini hamizohlab keladi. Yuqoridagi birinchi misolda — xabarshlar, ik-kinchisida tili uzun jaryailar so‘zlari izohlanadi.
Ajratilgan izohlar shaklan har xil bo‘lganidek, ma'no turlari ham har xildir. Bosh kelishikdagi ajratilgan izohlardapredikasiya (hukm) kuchli bo‘ladi.Har bir ajratilgan bo‘lakning asosiy vazifasi ma'lum bibo‘lakni aniqlash, izohlash, ta'riflash, turli modal munosabat-larni ifodalashdir. Bundan tashqari, har bir ajratilgan izohqo‘shimcha ma'no nozdkliklarini ham ifodalaydi. Bu ma'nomunosabatlari va ma'no turlari, ajratilgan bo‘lakning tarkibi, o‘rni, shakliga ko‘ra, turlicha bo‘ladi.Odatda, ajratilgan izohlar alohida ohang bilan talaffuzztiladi, har ikki tomonida to‘xtam bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ular oddiy gap bo‘laklaridan farqlanadi, Ammo hozirgi o‘zbek adabiy tilining o‘ziga xos xususiyati shundaki, boshqa tillar uchun qat'iy bo‘lgan bu qoida o‘zbek tilida ma'lum darajada farq qiladi: ko‘pincha ajratilgan bo‘lakdan oldin ma'lum to‘xgam bo‘lsa ham, undan so‘ng to‘xtam ko‘pincha bo‘lmaydi — ajratilgan bo‘lak so‘nggi bo‘lak bilan umumiy ohangga ega bo‘ladi. Bu holatda ajratilgan bo‘lak va uning tarkibi yoki qismi alohida ohang bilan aytilsa ham, ajratilgan bo‘laklarning oxiriga kelganda, ohang o‘zgarib, umumiy gap ohangiga tenglashadi va bu holda ajratilgan bo‘lakning oxirgi qismi yoki tarkibining talaffuzi oddiy gap bo‘laklari ohangidan farqlanmay qoladi.Masalan: Biros xat o‘z oralaridan ishga yuborilgan va. har bir salomnonalari bilan unga ma'naviy lsuya berib turadigan ishchilar jamoasidan, sinfdbsh do‘stlaridan kelgan ekan(P. T.)

1. Ajratilgan ega o’zidan oldin kishilik olmoshlari, ot va otlashgan so’zlar bilan ifodalanib kеlgan egani izohlaydi: Biz, yoshlar, buni esdan chiqarmasligimiz kеrak


2. Ajratilgan kеsim o’zidan oldin kеlgan kеsimni izohlaydi: 1) fе'l-kеsim: Mеn uni ko’ndirishga harakat qildim – yalindim, yolvordim, hatto tiz cho’kdim. 2) ot-kеsim: U shoir – inson ruhining bilimdoni.
3. Ajratilgan izoh to’ldiruvchi o’zidan oldingi to’ldiruvchini izohlab kеladi: Menga–oddiy ishchiga shunchalik hurmat ko’rsatishdi.
To’ldiruvchi tashqari, boshqa, o’rniga, bilan, birga kabi so’zli birikmalar bilan ifodalanganda ham ajratiladi: Mеndan tashqari, sinfimizdagi barcha o’g’il bolalar ishtirok etishibdi.
4. Ajratilgan izoh aniqlovchi o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi:
1) ajratilgan izoh qaratqich-aniqlovchi o’zidan oldingi qaratqich-aniqlovchini izohlaydi: Bir nеcha kishilarning, ayol va erkaklarning qorasi ko’rindi.
2) ajratilgan sifatlovchi-aniqlovchi sifatlanmishdan kеyin kеlib uni izohlaydi (ba'zi darsliklarda bu tеrs sifatlovchi-anihlovchi dеb ataladi (18; 72): Gullar tеrdim, chiroyli.
5. Ajratilgan izoh hol gapda o’zidan oldingi holni izohlab kеladi. Quyidagi hol turlari ajratiladi:1) o’rin: Uning qo’lidan ushlab ichkariga, mеhmonxonaga, boshladi. 2) payt: Anjuman bugun, soat bеshda, boshlanadi. 3) ravish(vaziyat): Qo’llar ishlar tеz – mo’'jizakor. 4) maqsad: Shaharga borish uchun, ya'ni o’g’lini ko’rish uchun, ulov qidirdi 5) miqdor-daraja: Bugun sizni yana, ikkinchi marta kеchirishdi.
Ko’pincha ravishdosh va sifatdosh bilan ifodalangan hollar ham kеngaygan holda ajratilishi mumkin: O’zidan o’zi hadiksirab, atrofga olazarak boqadi. Otasi, ikki qo’ltig’ida narsa ko’targan holda, yo’lga tushdi.

Download 176.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling