O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
“O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi
O‘zbek tili fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Ajratilgan izoh bo'laklar semantikasi
307- guruh
Bajardi:
Tekshirdi:______________________
Mavzu: Ajratilgan izoh bo'laklar semantikasi
Reja:
Kirish …………………………………………………………………………3
I. Ajratilgan izoh bo'laklar haida ma’lumot va ilmiy tadqiqotlar.
1.Ajratilgan bo‘laklar va ularning mazmuniy murakkablashuvi……………………………………………………………….5
1.2 Gapda ajratilgan izohli bo`lak ilmiy tadqiqoti (B.Mengliyev)…………………………………………………………………..10
IIbob Ajratilgan izoh bo'laklar semantikasi
2.1 Izohlash orqali gap bo‘laklarini ajratish haqida ma’lumot……15
2.2.Tartibni o‘zgartirish orqali gap bo‘laklarini ajratish. …………22
2.3.Ajratilgan bo‘lakli gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi…………………………………………………………………………19
Xulosa……………………………………………………………………………25
Kirish
«Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta'sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin», - dedi Prezidentimiz joriy yilning 21 oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimida . binobarin bizning buyk tilimz har asrlarda qadralnib yuksaklarga ko`tarilib kelinadi .
Mavzuning dolzarbligi: Jamiyat hayotida ro`y bеrgan tub o`zgarishlar barcha sohalar kabi ilmu fanning tubdan o`zgarishi, yangicha rivoj topishiga sabab bo`ldi. O`zbеkistonning o`z istiqloliga erishishi o`zbеk til-shunosligining rivoji va uning taraqqiyoti yo`llarini bеlgilab bеrishda, o`rganishda yangi davr ochdi. Prеzidеntimiz Islom Karimov «Har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yеr osti va yеr usti boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, birinchi navbatda o`zining yuksak madaniyati va ma'naviyati bilan kuchlidir»,- dеgan edilar. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo`lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish millat ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan yo`nalashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat bеrib kеlinmoqda.ushbu kusra ishidan maqasd ham Ajratilgan izohli gaplarni chuquroq tahlil qilib uni tadbiq qilishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |