307- guruh Bajardi: Tekshirdi: Mavzu: Ajratilgan izoh bo'laklar semantikasi Reja: Kirish
Tartibni o‘zgartirish orqali gap bo‘laklarini ajratish
Download 176.66 Kb.
|
word
2.2.Tartibni o‘zgartirish orqali gap bo‘laklarini ajratish
Gap tarkibidagi ma’lum bo‘lakning ma’nosini ta’kidlab, izohlab keluvchi, boshqa bo‘laklardan to‘xtam va ohang jihatidan ajralib turuvchi boiaklarga ajratilgan bo‘laklar, shunday boiakli gaplarga esa ajratilgan bo‘lakli gaplar deyiladi. Bunday gaplar gap urg‘u (mantiqiy urg‘u)sini oladi. Ajratilgan bo‘laklar ishtirok etgan gaplar mazmunan murakkablashadi. Gapning asosiy qismi ifodalagan axborotga ajratilgan boiakdan anglashilgan qo‘shimcha axborot qo‘shiladi. Masalan, Tursunali akaga, shunday katta olimga, kuyov bo ‘lish hazil gap emas. Bu gapda birinchi axborot Tursunali akaga kuyov bo‘lish hazil gap emasligi gapning asosiy qismi orqali, ikkinchi axborot esa Tursunali akaning katta olimligi ajralilgan bo‘lak orqali ifodalanadi. Yuqorida bayon qilinganidek, ajratilgan bo‘laklar ikki xil vazifani bajaradi: a) m a’lum bir bo‘lak ma’nosini ta’kidlash, bo‘rttirish; b) o‘zi ifodalagan mazmunning m a’nosini izohlash, konkretlashtirish, tushunarsiz ma’nosini tushuntirish. Bu xil ajratilgan boMaklar ham ikki xil bo‘ladi: ajratilgan sifatlovchi aniqlovchilar: Borlig‘imla farzandingman, sodiq, mehribon, Ozarbayjon, Ozarbayjon! b) ajratilgan ravishdosh qurilmalari: Ey Farg'ona! Tushkun kunlar bolasini tishida tishlab, yuvib, tarab, sevib, о ‘pib, quchib, opichlab, ey baxtlarni balog ‘atga yetkazgan ona! Har ikki holatda ham ajratilgan bo‘lak boshqa gap bo‘laklaridan o‘ziga xos (ko‘tariluvchi yoki pasayuvchi) ohang bilan ajralib turadi. Ajratilgan bo‘lakning bu ikki xil vazifasi uning ajratish usuli orqali ham bilinib turadi. Esda saqlang. Ajratilgan bo‘laklar yuqoridagi vazifaga muvofiq ikki xil yo‘l bilan ajratiladi: a) tartibni o‘zgartirish; b) bir nomni boshqacha nomlash. Tartibini o‘zgartirish orqali gap bo‘laklarini ajratish Sifatlovchi aniqlovchi, odatda, aniqlanmishdan oldin keladi. Ba’zan tinglovchining diqqati sifatlovchiga tonilganda, so‘zlovchi uning odatdagi tartibini o‘zgartirib, sifatlanmishdan keyin keltiradi. Natijada sifatlovchi gapning boshqa bo‘laklaridan boshqacha ohang bilan ajralib qoladi. Sifatlovchining m a’nosi odatdagi tartib bo‘yicha qo‘llangan sifatlovchiga nisbatan bo‘rttiriladi, alohida ta ’kidlanadi. Gapdagi eng ahamiyatli, yangi axborot tashuvchi qismga aylanadi. Esda saqlang. Tartibi o‘zgartirilgan, lekin sifatlovchilik xususiyatini saqlab qolgan sifatlovchi aniqlovchilar ajratilgan bo‘lakka aylanadi. Masalan, Bu о‘zbek yigiti - tanti, mehribon. Ajratilgan bo‘laklar: a)bir bo‘lak holida keladi: Boyagi yigitning,Avazning, qo'li gul ekan; b) birikmali bo‘lak holida keladi. Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamroh bo 'lib qoldi. Ajratilgan bo‘laklar, gapdagi qaysi bo‘lakka oid ekanligiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi: ajratilgan hollar, ajratilgan aniqlovchilar, ajratilgan izohlovchilar, ajratilgan to‘ldiruvchilar. Ajratilgan hol. Yuqoridagi mashqdan ma’lum bo‘ladiki, hollar ham, to‘ldiruvchilar ham, aniqlovchilar ham ajratilgan holda qo‘llanishi mumkin. Ajratilgan hoi o‘zidan oldin kelgan holning ma’nosiga aniqlik kiritadi, izohlaydi. Ajratilgan boMak vazifasida ko‘pincha o ‘rin, payt hollari keladi Vositasiz to‘ldiruvchi ham, vositali to‘ldiruvchi ham ajratilgan bo‘lak sifatida qo‘llanishi mumkin: Nasihatimni, otangning so ‘zini, esingda tut. Xatni uning о ‘ziga, Muqaddasga, bering. Ajratilgan aniqlovchi shaxs yoki narsaning belgisini, kimga yoki nimaga qarashliligini ta’kidlab, ayirib ko‘rsatish uchun qo‘llanadi: Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, eshikyonida dag'-dag' titraydi. (A. Q.) Bizning, о‘quvchi yoshlarning, о ‘zimizga yarasha or-nomusimiz bor. Ajratilgan izohlovchilar, asosan, izohlanmishdan keyin keladi va o‘ziga xos ohang bilan aytiladi. Ajratilgan izohlovchilar ko‘pincha egaga taalluqli bo‘ladi: ‘glim, qo ‘zichog ‘im, orom olib uxlayapti, - dedi ona. Birozdan so ‘ng Hasan aka, fizika о ‘qituvchisi kirib keldi. A jratilgan bo‘laklarda tinish belgilarining qo‘llanishi 1. Ajratilgan bo‘lak ikki tomondan vergul bilan ajratiladi. Bayroq, havo rang, mag ‘rur hilpirab turar. Ajratilgan aniqlovchilar aniqlanmishidan bevosita oldin kelgani uchun undan so‘ng to‘xtalish boim aydi, vergul qo‘yilmaydi. Fe’l bilan yonma-yon kelgan ravishdosh va ravishdosh qurilmalardan keyin ham tinish belgisi qo‘yilmaydi: Kechagi, ya’ni urushdan oldingi hayotning naqadar maroqli ekanini... bilgandir. Salim otaning, mashhur dehqonning bu tashabbusi keng quloch yoydi. Kimdir mehmonlarni ancha yergacha kuzatib qo 'ydi. (A Q.) Ajratilgan bo‘lak y a ’ni, masalan kabi so‘?lar bilan bog1 lanishi mumkin. Bunda vergul ana shu so‘zlardan oldin qo‘yiladi. 2. Agar ajratilgan bo‘lak kengayib, uyushib gap oxirida kelsa, undan oldin tire qo‘yiladi: Paxtakor о ‘zbekman - zabardast, mag ‘rur, Sharqning mayog 7 deb atalur yurtim. (G ‘.G ‘.) 3. Ajratilgan bo‘lak gap orasida kengayib yoki uyushib kelsa ham har ikki yoki bir tomoniga tire yoki vergul va tire qo‘yiladi: Ismi barlos - sodda, dilovar - ov va qush ilminingpiridir. (O.) 4. Ajratilgan sifatlovchi aniqlovchilar yozuvda boshqa bo‘laklardan doimo vergul bilan, agar sifatlovchi aniqlovchilarni o‘zi uyushgan bo‘lib, ichida vergul bilan ajratilgan bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak boshqa bo‘laklardan tire bilan ajratiladi. Masalan: Boboq xo'roz — go ‘shtdor, kelishgan - xo ‘rozlarning eng sarasidir, Ajratilgan bo'lak o‘zi izohlayotgan bo'lakdan doimo keyin keladi va yozuvda vergul, tire va ba’zan qavs bilan ajratiladi. Gapning ajratilgan bo`laklari Sodda gap tarkibida ayrim hollarda ajratilgan bo`laklar ham qatnashishi mumkin. Ajratilgan bo‘laklar odatda o`zlari aloqador bo`lgan so`zlarning ma’nosini izohlab, bo`rttirib, aniqlashtirib keladi va boshqa bo`laklardan maxsus to`xtam (pauza) bilan ajratilib, mantiqiy urg`u oladi. Masalan: Soyda, qo`sh yong`oqning tagida, oppoq qorga ko`milib uzoq turdi. (O.YOqubov). Ish qanchalik qiyin bo`lmasin, biz, ayniqsa yoshlar, ishtiyoq bilan, g`ayrat va shijoat bilan ishlardik. (CH.Aytmatov). Birinchi gapda «qo‘sh yong‘oqning tagida» o‘rin holi o‘zidan oldin kelgan «soyda» so`zining ma’nosini, ikkinchi gapda «yoshlar» o‘zidan oldin kelgan «biz» so`zining ma’nosini izohlab, asosiy gap bo`laklaridan to`xtam (pauza) bilan ajratilgan. Ajratilgan bo‘laklarning ham ikkisi ham oddiy gap bo`lagi shaklida qo`llangan. Ajratilgan bo`laklar oborot shaklida ham bo‘lishi mumkin. Masalan: Vohid Mirobidov-ku, uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib, qulog`ining yonidan o`tkazib yubordi. (O.YOqubov). Keltirilgan gapda «uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib» ravishdosh oboroti kesimdan anglashilgan ish-harakatning qanday holatda bajarilganini ta’kidlab, alohida ohang yordamida ajratilgan. Demak, ajratilgan bo`laklar ikki xil shaklda: 1) oddiy gap bo`lagi shaklida va 2) oborot shaklida bo`lishi mumkin. Ajratilgan bo`laklar qaysi gap bo`lagiga oid ekanligiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: 1. Ajratilgan aniqlovchilar. 2. Ajratilgan izohlovchilar. 3. Ajratilgan to`ldiruvchilar. 4. Ajratilgan hollar. Ajratilgan aniqlovchilar Ajratilgan aniqlovchilar ikki xil: ajratilgan sifatlovchi, ajratilgan qaratuvchi. Ajratilgan sifatlovchi predmetning belgisini bo`rttirib ko`rsatish uchun ajratiladi. Masalan, «Muxtor, yalangbosh, majnuntollar tagida aylanib, xayol surib yurardi». (S.Soliev) gapida «yalangbosh» sifatlovchisi shaxsning («Muxtor») belgisini bo`rttirib berish uchun sifatlanmishdan keyin keltirilgan. Ajratilgan qaratuvchi. Bunda qaratuvchi o`zidan oldin kelgan boshqa bir qaratuvchini izohlash, aniqlashtirish yo`li bilan ajratiladi. Masalan: To`g`ri, uning yozganlari, aniqrog`i, mashinistkaga aytib turib, qog`ozga tushirganlarining aksari mazmunan sayoz bo`lar, oldingilarini takrorlardi. (T.Po`lat). Bu gapda «aniqrog`i, mashinistkaga aytib turib, qog`ozga tushirganlarining» aniqlovchisi, o`zidan oldin kelgan qaratuvchining («yozganlari»so`zining) ma’nosini izohlab, bo`rttirib kelgan. Ajratilgan izohlovchilar Izohlovchilar ko`pincha ajratilgan bo`ladi. Bunda ular izohlanmishdan keyin kelib, maxsus intonatsiya bilan talaffuz qilinadi. Masalan: Siz, Sunnatillo, o`zingiz juda aqlli, o`zi uzoqni ko`radigan odamsiz. (S.Soliev). Ko`rimsizgina jangchi – Ali tajang ... kelib o`zbekcha cho`kkaydi. (Oybek). Minbarni institutni oldinroq bitirganlar - yuqori kurs studentlari egalladi. (J.Abdullaxonov). Ajratilgan holler Ajratilgan hollar shakllari jihatdan ikki xil bo`ladi: Oborot shaklidagi ajratilgan hollar. Oddiy gap bo`lagi shaklidagi ajratilgan hollar. Oborot shaklidagi ajratilgan hollar o`z navbatida uchga bo`linadi: 1. Ravishdosh oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. 2. O`xshatish oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. 3. Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. Ravishdosh oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. Ravishdosh o`ziga oid so`zlar bilan kengayib keladi va bunday qurilma ravishdosh oboroti deb yuritiladi. Ravishdosh oboroti, odatda, ajratilgan bo`ladi. Masalan: Odamlar, qondan to`kilgan yong`oqday gurr etib, hamma vagonlardan baravariga perronga yopirilishdi. (T.Po`lat). Ravishdosh oboroti shaklidagi ajratilgan hollar ish-harakatning bajarilish holatini, paytini, shartini, sababini va shu kabi ma’nolarni ifoda etadi. Masalan: Bola, olmani eb bo`lgach, hola cho`pni qo`liga oldi. (A.Muxtor). O`xshatish oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. –day, -dek qo`shimchasini olib kelgan so`zlar ham kengayib ajratilishi mumkin. Masalan: Bu zavoda, hamma zavodlardagidek, oshxonada ilg`orlar stoli alohida. (A.Qahhor). Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. Ko`makchili qurilma shaklidagi hollar kesimdan uzoqda kelib, o`zlariga oid so`zlar bilan kengayib, gapning boshqa bo`laklaridan ajratilishi mumkin. Bunda qurilma qarshi, singari, kabi, tufayli, yarasha, holda kabi ko`makchilar bilan shakllanadi. Masalan: Nozik, oppoq bilagini daraxtga cho`zgan holda, qorayib pishgan shotutdan og`ziga tashlar ekan, tebrandi. (H.G`ulom). Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan hollar turli holatni, o`xshatishni ifodalaydi.Oddiy gap bo`lagi shaklidagi ajratilgan hollar o`zidan oldin kelgan holning ma’nosini izohlaydi. Uning so`rog`i, vazifasi izohlanayotgan holning so`rog`i va vazifasiga teng bo`ladi. Bunda ko`pincha payt va o`rin hollari ajratiladi. Ajratilgan o`rin holi: Qishloqdan bir qir narida - behisob qizg`aldoqlar dalani qizartirib, xiyol chayqalib turgan joyda - hulkar o`t o`rardi. (P.Qodirov). Oyko`l qishlog`ining o`rtasida, buloq bo`yida, usta Qambar bilan Norboy ota shunaqa ustundan uchtasini tiklashgan. (P.Qodirov).Ajratilgan payt holi: Ertaga, yigit, seni kuzatganim zahoti, orqamga qaytaman. (P.Markov). Ajratilgan to`ldiruvchilar Ajratilgan to`ldiruvchilar shakllanishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: 1. Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar. 2. Oddiy gap bo`lagi oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar. Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar kesimdan uzoqda kelib, qaraganda, ustiga, singari, bilan birga va shu kabi ko`makchilar yordamida shakllanadi:Oddiy gap bo`lagi shaklidagi to`lidiruvchilar, o`zidan oldin kelgan to`ldiruvchining ma’nosini izohlaydi, unga aniqlik kiritadi. Bunda vositasiz to`ldiruvchi ham, vositali to`ldiruvchi ham ajratilishi mumkin. Masalan: Sizga, o`rta bo`yli qizga, atlas ko`ylak juda yarashibdi. (YO.SHukurov). Bu norozilik, hech shubhasiz, uning dadasiga, Onaqo`ziga qarshi qaratilgan edi. (O.YOqubov). Bunday qarasa, biri – dadasining o`z qo`li bilan yozilgan xat, ikkinchisi dadasi xizmat qilayotgan qism komandiri – polkovnik tomonidan yozilgan xat ekan. (H.Nazir). Ana shu sanoqli kishilar orasida operatsiyaning harbiy jihatini – etkazib berishni ta’minlagan kapitan ham bor edi. (A.CHakovskiy). Ajratilgan bo`laklarda tinish belgilarining ishlatilishiAjratilgan bo`laklarda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi: 1. Ajratilgan bo`laklar, odatda, vergul bilan ajratiladi. Masalan: Biz, tibbiyot xodimlari, xalqqa jon-dildan xizmat qilamiz. (S.Soliev). 2. Ajratilgan bo`laklarning tarkibi keng bo`lsa yoki uning ichida verguli bo`lsa, bunday ajratilgan bo`laklar tire bilan ajratiladi. Masalan: Kotiba qiz – Ulfatoy o`rta bo`yli, oq yuzli, yonoqlari loladay, qop-qora qosh-ko`zli ayol – choynakda choy ko`tarib kirdi... (S.Soliev). Download 176.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling