31 mavzu. Kadrlarni boshqarish axborot tizimi
Download 108.92 Kb.
|
31 mavzu. Kadrlarni boshqarish axborot tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Ishlab chiqarish kadri (ishchilar)
- Boshqaruv kadri
31 - mavzu. KADRLARNI BOSHQARISH AXBOROT TIZIMI 31.1. Kadrni boshqarishning mohiyati va maqsadlari 31.2. Kadrni boshqarish xizmatida ish yuritishning mohiyati 31.3. Kadrni boshqarishda axborot texnologiyalari 31.4. Kadrni boshqarishda maxsus davlat axborot resurslari Tayanch iboralar: Kadrni boshqarish, boshqaruv, kadrlar siyosati, kadrni boshqarish xizmatlari, axborot ta’minoti, dastur moduli ANNOTATSIYA Kadrni boshqarish - alohida xodim va umuman korxona manfaatlarini ta’minlash maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, axloqiy va huquqiy munosabatlar tizimidir1. Ishlab chiqarish kadri (ishchilar)-odatda moddiy ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlardan iboratdir. Asosiy kadr - asosan ishlab chiqarish, mahsulotni yig’ish bilan band ishchilar, yordamchi kadr - asosan korxonaning xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalarida band ishchilar. Ishlab chiqarish kadrining mehnat mahsuli tovar (binolar, mashinalar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari va hokazolar) sifatida namoyon bo’ladi. Boshqaruv kadri (xizmatchilar) - odatda ko’proq aqliy mehnat bilan band bo’lib, ishlab chiqarishda boshqaruvni amalga oshiradilar. Boshqaruv kadri ham ikki asosiy toifaga bo’linadi: rahbarlar va mutaxassislar. Rahbarlarning mutaxassislardan asosiy farqi shundan iboratki, rahbarlar qaror qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar va ular o’zlariga bo’ysunuvchi xodimlarga ega. Boshqaruv ko’lamiga muvofiq boshqaruv barcha funktsiyalari uchun mas’ul liniya rahbarlari (ular mazkur korxona uchun asosiy hisoblangan faoliyat bilan shug’ullanuvchi bo’linma rahbari hisoblanadilar) hamda boshqaruv muayyan funktsiyalarini amalga oshiradigan funktsiyali rahbarlar bir-biridan farqlanadi. Bundan tashqari, korxona boshqaruvi yuqori bo’g’in rahbarlari (direktorlar va ularning o’rinbosarlari), o’rta bo’g’in rahbarlari (sex va bo’linmalar rahbarlari) va quyi bo’g’in rahbarlari (uchastka va brigada boshliqlari, ustalar) mavjuddir. Korxona mutaxassislarini ular mehnati natijalariga muvofiq uch asosiy guruhga ajratish mumkin: Download 108.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling