31 mavzu. Kadrlarni boshqarish axborot tizimi


Kadrni boshqarish samaradorligi


Download 108.92 Kb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi108.92 Kb.
#1389613
1   2   3   4
Bog'liq
31 mavzu. Kadrlarni boshqarish axborot tizimi

Kadrni boshqarish samaradorligi bu — tizimda hujjatlarni rasmiylashtirish, ular bilan ishlash, mazkur xizmatda ish yuritishni oqilona tashkil etishga ham ko’p jihatdan bog’likdir. Har bir korxona va tashkilotning personalni boshqarish xizmati xodimlaridan amaldagi qonunchilik me’yorlarini chuqur bilishlari, ularga qat’iy amal qilishlari talab qilinadi. Bugungi kunda korxona va tashkilotlar faoliyati turli sohalarini muvofiq-lashtirishga qaratilgan huquqiy me’yorlarning eng asosiylari qatorida quyidagilarni keltirish mumkin:
—O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
—O’zbekiston Respublikasi qonunlari;
—O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari, qarorlari;
—O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari;
—vazirlik va idoralarning me’yoriy hujjatlari.
Korxona va tashkilotlarning personalni boshqarish xizmatlari o’z faoliyatida, ayniqsa ish yuritishda O’zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga qat’iy amal qilishlari talab qilinadi:
—Davlat tili to’g’risida;
—Standartlashtirish to’g’risida;
—Arxivlar to’g’risida;
—Elektron imzo to’g’risida.
Kadrni boshqarish xizmatida ish yuritishni to’g’ri tashkil etish ayniqsa muhimdir.
Ish yuritish atamasi ilmiy muomalaga vama’muriy amaliyotga XVIII asrning ikkinchi yarmidan kirib kelgan bo’lib, qaror qabul qilish yoki „ish yuritish” bilan bog’liqfaoliyatni anglatadi. Hozirgi vaqtda ish yuritish korxona,
tashkilot, muassasa ma’muriy boshqaruv faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanib, hujjatlashtirish hamda rasmiy hujjatlar bilan ishlashni, hujjat-axborot bazasini tashkil etishni anglatadi.
Boshqaruvni hujjatlar bilan ta’minlash — ish yuritishning hozirgi davridagi axborot-texnologik xususiyatini ko’rsatuvchi hujjatlarni yaratish, ular bilan ishlash, saqlashdan iborat texnologik jarayon hisoblanadi. Boshqaruvni hujjat bilan ta’minlashning asosiy tamoyillari O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, korxonalar to’g’risidagi qonunda, shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlarida huquqiy jihatdan asoslab berilgan.

Download 108.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling