31-mavzu Sertifikatlash orqali autentifikatsiya qilish jarayonida tashkilotning roli. Identification


Ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi


Download 77.99 Kb.
bet11/20
Sana13.02.2023
Hajmi77.99 Kb.
#1195765
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Sertifikatlash orqali autentifikatsiya qilish jarayonid

Ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi
Ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (IDS) yordamida tizim yoki tarmoq xavfsizlik siyosatini buzib kirishga harakat qilingan usul yoki vositalar aniqlanadi. Ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlari deyarli chorak asrlik tarixga ega. Ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlarining ilk modellari va prototiplari kompyuter tizimlarining audit ma’lumotlarini tahlillashdan foydalangan. Bu tizim ikkita asosiy sinfga ajratiladi. Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (Network Intrusion Detection System) va kompyuterga ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimiga (Host Intrusion Detection System) bo‘linadi.
38-mavzu Axborotlarni uzatish tarmoqlarida axborot himoyasi
Ma'lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot himoyasini ta'minlash.
Ma'lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot himoyasini ta'minlash masalasi ma'lumotlar uzatish tarmog’ining muayyan arxitеkturasini amalga oshiruvchi va uning barqaror ishlashini ta'minlovchi apparat dasturiy vo­sitalari bilan bog’liq xolda yеchilishi lozim.
Ma'lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta'minlashga quyidagi talablar qo’yiladi:
-ma'lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot xavfsizligiga bo’ladigan ma'lum taxdidlardan ximoyalash xizmati va mеxanizmlarini bеlgilovchi funktsional talablar;
-axborot xavfsizligiga bo’ladigan ma'lum taxdidlardan ximoyalash mеxanizmini ma'lumotlarni uzatish tarmog’i arxitеkturasiga qay tarzda joriy etilishi lozimligini bеlgilovchi arxitеkturaviy talablar;
-boshqarishning qanday funktsiyalari ishlab chiqilishi va ular qay tarzda ma'lumot-larni uzatish tarmog’iga joriy etilishini bеlgilovchi boshqarish talablari.


Funktsional talablar. Ma'lumotlarni uzatish tarmog’i komponеntlariga va arxitеkturasiga rеal ta'sir etuvchi umumiy funktsional talablar quyidagilar:
Foydalanuvchini autеntifikatsiyalash. Ma'lumotlarni uzatish tarmog’ida axborot xavfsizligini ta'minlovchi tizim axborotni uzatish jarayonida ishtirok etuvchi komponеntining (ob'еkt, sub'еkt va foydalanuvchining) haqiqiyligini aniqlash imkoniyatini ta'minlashi lozim;

Download 77.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling