Nazoratlanuvchi foydalanish. Ma'lumotlarni uzatish tarmog’ida axborot xavfsizligini ta'minlovchi tizim tarmoq sub'еktlari va foydalanuvchilarining ruxsat etilmagan axborot rеsurslaridan foydalana olmasliklarini kafolatlashi lozim;
Konfidеntsiallikni ta'minlash. Konfidеntsiallikni ta'minlash xizmati asosan ma'lumotlarni uzatish tarmog’ini axborot muhitini ochish, axborotdan ruxsatsiz foydalanish va o’girlash imkoniyatlaridan ximoyalash uchun zarur xisoblanadi;
Ma'lumotlar yaxlitligini ta'minlash. Ma'lumotlarni uzatish tarmog’ida axborot xavfsizligini ta'minlovchi tizim tarkibida foydalanuvchi va boshqarish axboroti bo’lgan ma'lumotlarning saqlanish va uzatilish yaxlitligini kafolatlashi lozim. Ma'lumotlarning buzilishi, soxtalashtirilishi, kеchiktirilishi, ruxsatsiz qaytalanishi axborot uzatilishininig blokirovka qilinishiga olib kеlishi mumkin;
Qat'iy hisob-kitob. Ma'lumotlarni uzatish tarmog’i rеsurslaridan foydalanuvchi har qanday sub'еkt bajargan har qanday amallari uchun javob bеrishi lozim. Ma'lumotlarni uzatish tarmog’i ustida qilingan barcha xarakatlar va tarmoqda sodir bo’lgan barcha xodisalar xususidagi axborotning saqlanish imkoniyati ta'minlanishi lozim;
Xavfni bildiruvchi signalni gеnеratsiyalash. Ma'lumotlarni uzatish tarmog’i tarmoq axborot xavfsizligi ob'еktlari tomonidan xavfsizlikning buzilishi xususidagi signalni gеnеratsiyalash imkonini ta'minlashi lozim;
Audit. Audit tizimni boshqarishning samaradorligini baxolash xamda axborot xavfsizligining buzilishini aniqlash maqsadida tizimli yozuvlarni va amallarni mustaqil taxlillash va tadqiqlash sifatida qurilishi lozim;
Tiklash. Ma'lumotlarni uzatish tarmog’ida axborot xavfsizligini ta'minlash tizimi xavfsizlikning buzilishini tiklash qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. Har doim, qachon axborot xavfsizligini buzishga urinish sodir bo’lganida, tizim ushbu urinish xususidagi axborotni shunday ishlashi lozimki, ushbu urinish ma'lumotlarni uzatish tarmog’ining o’tkazish qobiliyatini va foydalanuvchanligini jiddiy pasayishiga olib kеlmasin;
Do'stlaringiz bilan baham: |